Geografiya o‘qitish metodikasi” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Reja


Geografiya o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 37,6 Kb.
səhifə2/5
tarix16.05.2023
ölçüsü37,6 Kb.
#113802
1   2   3   4   5
2. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Geografiya ta’limi metodikasi geografiya fani bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, u geografiya metodikasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Geografiya fanlari bilan aloqadorlik, maktab geografiyasi mazmunini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Maktab geografiyasi mazmuni uzluksiz takomillashib borishi tufayli keyingi yillarda maktab geografiya kurslarida tabiiy, hududiy ishlab chiqarish komplekslari, bozor iqtisodi kabi tushunchalarning kiritilishi, tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanish zaruriyatini tug‘dirdi. O‘quvchilarning TTK (TXM) va bozor iqtisodiga oid tushunchalar haqida puxta bilimga ega bo‘lishi ularga ekologik, iqtisodiy tarbiya elementlarini singdirish imkoniyatlarini ham vujudga keltiradi. Demak geografiya o‘qitish metodikasi ekologiya kartografiya, geologiya, iqtisod, fizika, biologiya va boshqa fanlar bilan mustahkam aloqaga ega.
Hozirgi kunda eng muhim muammolaridan biri geografiya darslarida jamiyat bilan tabiat, inson bilan tabiat o‘rtasidagi murakkab aloqadorlikni o‘rganish masalasi hisoblanadi. Shu tufayli ham maktab geografiya kurslariga geografik bilimlardan tashqari ekologik va iqtisodiy tushunchalar ham kiritila boshlandi. Geografiyaga yaqin bo‘lgan fanlar o‘qitish metodlari va vositalarini tanlashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Buni geografiya ta’limiga kartografik, statistik, kuzatish, taqqoslash metodlarining kiritilish va ishlatilishidan bilsa ham bo‘ladi. Chunonchi maktab geografiyasi kurslarini kartasiz, ko‘rgazmali qurollarsiz, texnika vositalarisiz va zamonaviy kompyuterlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Geografiya o‘qitish metodikasi geografiya fanining ba’zi bir tekshirish metodlaridan foydalanar ekan, o‘quvchilarning bilimlarini yaxshiroq o‘zlashtirishini va ularni geografiya fanining ba’zi tadqiqot usullari bilan tanishtirishni ko‘zda to‘tadi. Geografiya o‘qitish metodikasi pedagogika fani tarmoqlariga kiruvchi didaktika, psixologiya fanlari bilan ham chambarchas bog‘liq. Geografiya metodikasi didaktikaning asosiy koidalarini geografiya o‘qitish jarayoniga tadbiq etishda uning mazmuniga xos xususiyatlarni ham e’tiborga oladi. Didaktika geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniyat va munosabatlarni oydinlashtiradi va shu asosida o‘qitishning maqsadi, mazmuni, usullari hamda o‘qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi. Demak, didaktika barcha fanlar uchun ta’limning umumiy qonuniyatlari va nazariyalarini yaratsa, metodika didaktikaning fanlarni o‘qitish haqidagi umumiy nazariyasini ma’lum bir o‘quv fani, ya’ni geografiyani o‘qitish jarayoniga tadbiq etish bilan uni yanada aniqlashtiradi va to‘ldiradi. SHunga asosan, didaktika va geografiya o‘qitish metodikasi fanlari bir-birlarini to‘ldirib turadi deyishga to‘la asos bor.
Geografiya o‘qitishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman ruhiy faoliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o‘quv faoliyatiga samarali ta’sir yetib bo‘lmaydi. Shu tufayli geografiya metodikasi psixologiya fani bilan ham uzviy bog‘liqdir. Psixologiya fanining hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti maktabda fanlarni o‘qitish jarayonini ilmiy asosda har tomonlama chuqur tadqiq etish va uni o‘qitishni yanada takomillashtirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratib beradi. Geografiya o‘qitish metodikasi ham geografiya o‘qitish jarayonini o‘rganishda psixologiya faniga tayanadi.
Psixologiya o‘quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonuniyatlarini
o‘rgansa, metodika esa, o‘quvchilarning ruhiy faoliyatini ularning geografiya ob’ekti va hodisalarini o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarnigina tadqiq qiladi. Metodika bilan psixologiyaning eng muhim bog‘liqlik tomoni shundaki, bunda geografiya o‘qitishning mazmuni va metodlari bilan ruhiy faoliyat orqali erishiladigan natijalar o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlar tadqiq qilinadi.
Turli geografik ob’ektlarning kartadagi joylashishini fazoviy tasavvurlarsiz egallab bo‘lmaydi. Bunda albatta psixologiya fani bilimlariga tayaniladi. Demak, geografiya ta’limi metodikasi o‘qitishda yaxshi natijalarga erishish uchun o‘quvchilarning geografiya materialini puxta o‘zlashtirishi bilan o‘quvchilarning ruhiy faoliyati o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlarni ham o‘rganadi, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda psixologiya faniga tayanadi va psixologik tekshirish metodlaridan ham foydalanish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. SHunday qilib geografiya o‘qitish metodikasi pedagogika fanining mustaqil tarmog‘i bo‘lib, u o‘zining mustaqil tekshirish predmetiga ega bo‘lib, boshqa fanlarga tayangan holda mazmunan boyib, takomillashib boradi.


    1. Yüklə 37,6 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin