Ma’lumki geografiya eng qadimgi fanlardan biri. Uning asosiy vazifsi biror mamlakat hududida va butun er sharidagi tabiat, aholi va xo‘jalikni o‘rganishdan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda geografik tadqiqotlar natijalaridan, tabiiy resurslar, qishloq xo‘jaligi uchun erlar ochishda, sanoat korxonalari barpo etiщda aholi turar joylari, infrastraktura tarmoqlarini oqilona joylashtirishda keng qo‘llanil-moqda.
Hozirgi kundagi maktab geografiyasining asosiy mazmuni 60- yillarning oxirlarida shakllantirildi. Unga maktablarimizda 30-yillarda ishlab chiqilgan dasturlar asosida ta’lim tarbiya ishlari olib borildi. 60-yillardan boshlab tabiiy geografiya fanida chuqur o‘zgarishlar ruy berdi, yangi-yangi tabiiy boyliklar ochildi, quruqlik va dunyo okeanidagi fundamental tadqiqotlarning o‘tkazilidi, bular maktab geografiyasi mazmuniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Geografiya hududlar va mamlakatlarni tasvirlovchi fan bo‘lib qolmasdan, balki bevosita amaliy tadqiqotlar olib boruvchi fundamental fanga aylandi.
Geografiya fanlari tizimi ikki yirik qismga: tabiiy hamda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga bo‘linadi. Tabiiy geografiya geografik qobiqni, voqea va hodisalarini hamda unda sodir bo‘ladigan qonuniyatlarni o‘rgansa, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya jamiyatdagi voqea va hodisalar, ishlab chiqarish, xo‘jalik va aholini joylashishi qonuniyatlarini tadqiq kiladi. Tabiiy va iqtisodiy geografiya o‘z navbatida bir qancha fanlarga bo‘linadi. Tabiiy hududiy komplekslarni tashkil etgan qismlarni o‘rganish tabiiy geografiyaning (geomorfolgiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanalogiya, tuproqshunoslik va boshqalar.) qator maxsus tarmoqlariga to‘g‘ri keladi. Bu fanlar umumiy er bilimi va mintaqa tabiiy geografiyasi bilan chambarchas bog‘liq.
Iqtisodiy geografiya o‘z navbatida ikkita asosiy qismga bo‘linadi: umumiy iqtisodiy geografiya (butun yer sharida aholining va xo‘jalikning joylashishi tarkibini o‘rganish) va mintaqaviy (regional) iqtisodiy geografiya (alohida mamlakatlar va hududlar misolida aholi va ishlab chiqarishning joylashishini o‘rganadi) bo‘linadi. Iqtisodiy geografiya o‘z navbatida bir necha tarmoq fanlarga: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, shaharlar, qishloqlar geografiyasi kabi o‘nlab tarmoqlarga bo‘linib ketadi. Geografiya fanlari tizimiga tabiiy va iqtisodiy geografiyaga deyarli bir xil aloqador bo‘lgan mamlakatshunoslik va kartografiya fanlari ham kiradi. Maktab geografiyasi geografiya fani to‘plagan bilimlarni o‘quvchilarga yetkazishda quyidagilarga amal qilishi maqsadga muvofiq:
1. O‘quvchilar yoshiga mos keladigan va ular o‘zlashtira oladigan darajadagi bilimlarni berishi;
2. O‘quvchilarga to‘la shakllangan va hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan bilimlarni berishi kerak.
Maktab geografiyasining hozirgi shakldagi mazmunini belgilashda geograf-metodist olimlar N.N.Baranskiy, A.S.Barkov, A. A.Borzov, A.A.Polovinkin, I.A.Vitver, S.V.Chefranov, P.T.Terexov, V.G.Erdeli, X.X.Xasanov, Z.M.Akramov, O.A.Mo‘minov, P.G.Musaev, P.G‘ulomov va boshqalarning xizmatlari katta bo‘ldi. Ilmiy texnika taraqqiyoti va geografiya fanining ko‘proq amaliy fan bo‘lishi maktab geografiyasi mazmunini sifat jihatdan o‘zgarishiga yordam berdi. 50-yillardan boshlab maktab dasturlari mazmuniga amaliy ishlar kiritila boshlandi. Hozirgi kunda esa har bir kurs maxsus amaliy ishlar tizimiga ega. Amaliy ishlarni uyushtirishning majburiyligi ta’limni hayot bilan yaqinlashtirishga yordam beradi.
Maktab geografiyasining mazmuni hozirgi zamon geografiya fani taraqqiyoti bilan belgilanadi, ya’ni geografiya fani qanchalik rivojlansa, maktab geografiyasi ham unga bog‘liq holda shunchalik rivojlanishda bo‘ladi. Geografiya ta’limi jarayonida o‘quvchilar asosiy geografik tushunchalar va qonuniyatlar tizimini egallashlari kerak. Ta’lim jarayonida geografik ob’ektlar va hodisalar, sabab-oqibat nuqtai-nazaridan eritilishi lozim. O‘quvchilar tabiiy geografiya asoslarini bilishlari uchun geomorfologiya, iqlimshunoslik, okeanologiya, quruqlik gidrologiyasi, tuproqshunoslik, geologiya, geofizika, geoximiya va boshqa fanlardagi ma’lumotlarni bilishlari va o‘rganishlari kerak. Ayniqsa hozirgi kunda tabiiy geografiya mazmuniga tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va uni qo‘riqlash, inson bilan tabiat o‘rtasida ketaetgan jarayonlar haqidagi bilimlar keng o‘rin olishi kerak.
Iqtisodiy geografiyani o‘rganish o‘quvchilarga iqtisodiy geografik o‘rin, tabiiy sharoit va boyliklariga iqtisodiy jihatdan baho berish, territorial ishlab chiqarish kompleksi, geografik mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllari, agrosanoat kompleksi, dehqon fermer xo‘jaligi iqtisodiy rayonlar, shaharlar, qishloqlar kabi tushuncha va kategoriyalar haqida bilimlar berilishi lozim. Ayniqsa o‘quvchilar aholi joylashishi va mehnat resurslari, hududiy mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni joylashtirishning muhim qonuniyatlari va hududiy ishlab chiqarish komplekslarining vujudga kelish qonunlari, bozor iqtisodi munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nlab tushunchalarni puxta egallashlari kerak.
Barcha fanlar qatori geografiyaning ham eng asosiy usuli kuzatishdir. Geografik ob’ekt va hodisalarni uzoq vaqt jarayonida kuzatish shu ob’ektlar haqida batafsil va atroflicha bilimlar olish imkoniyatini yaratadi. Qisqa muddatli kuzatishlar (maktab geografiya maydonchasi va ekskursiyalar)da keng tarqalgan. Biron yo‘nalish bo‘yicha vaqt va zamonda kuzatish olib borishda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bunda rel’ef geologik tuzilish, o‘simliklar, tuproqlar haqida ma’lumotlar to‘plash mumkin. Maktab sharoitida yo‘nalish bo‘yicha kuzatishlar, ekskursiyalar olib boriladi.
Landshaft va iqtisodiy kuzatishlar jarayonida statistik ma’lumotlar to‘planadi, ular iqtisodiy va iqtisodiy-geografik ma’lumotlarni umumlashtirishda foydalaniladi. Yuqoridagi usullar tabiiy va dala sharoitida keng qo‘llaniladi. Ulardan geografiya ta’limida taqqoslab dars o‘tishda keng ishlatiladi. Geografiya ta’limida laboratoriya metodidan ham samarali foydalanish zarur. Tog‘ jinslari, foydali kazilmalar, tuproqlar, suvlarning natural namunalari geografiya kurslaridagi amaliy ishlarni uyushtirishda juda ko‘l keladi. Geografiya o‘qitishda yer haqidagi umumiy belgilarni berishda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan yana biri geografik ob’ektlarning modellardan foydalanish hisoblanadi. Modellarning eng asosiy turlariga: globus, kartalar va statistik materiallar kiradi. Kartografik tadqiqot metodlarisiz geografiya tali-mini tasavvur etish qiyin. Kartografik tadqiqot metodlari o‘quvchilardan juda yuqori darajada tayyorgarlikni talab qiladi.