Geografiya o’qitish metodikasi fani quyidagilarni o`rganadi.
Maktab geografiyasining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini (nima uchun o`qiymiz?)
Maktab geografiya ta’limining mazmunini (nimani o`qitamiz?)
Geografiya ta’limining shakl va metodlarini (qanday o`qitamiz?)
Geografiya o`qitish vositalarini (nima yordamida o`qitamiz?)
Maktabda geografiya fanini o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Geografiya fanini o`qitish maqsadlari.
Maktab geografiya ta’limining mazmuni.
Geografiya fanini o`qitish metodlari.
Geografiya fanini o`qitish va o`rganishning tashkiliy asoslari.
Sinfdan va maktabdan tashqari geografiya ta’limining asosiy mazmuni.
Geografiya ta’limining vositalari.
Maktabda o`quv jarayonining yuqorida sanab o`tilgan tarkibiy qismlari o`rtasida o`zaro bog’liqlik mavjud. Geografiya o`qitish metodikasi fani xuddi mana shu bog’liqlik qonuniyatlarini o`rganadi.
Pedagogika fanining ta’lim jarayoni bilan bog’liq qonuniyatlarini didaktika fani o`rganadi. Fanlarni o`qitish metodikalari esa didaktika fani qonuniyatlariga asoslanadi. Geografiya o`qitish metodikasi fanini shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin.
Qadimgi dunyoning eng mashhur astronom va geograflaridan biri Ptolomey ham geografiya faniga salmoqli hissa qo’shgan. U 8 tomdan iborat “Geografiya” nomli asar yozgan. Ayniqsa, Ptolomey tuzgan kartalar birmuncha mukammal bo’lgan. Uning kartalaridan bir necha yuz yillar davomida foydalanib kelingan.
Ayniqsa, O`rta Osiyodan yetishib chiqqan Muhammad al – Xorazmiy va
Al - Beruniylarning geografiya sohasidagi tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Geografiya fanini maktablarda o`qitish G`arbiy Yevropada XVII asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Rossiyada esa XVIII asrning boshidan geografiya mustaqil fan sifatida o`qitilgan.
Pyotr I Rossiyada iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirishi ta’limda aloqalarni kuchayishi munosabati bilan geografiyaga ehtiyoj kuchaydi. 1710 yilda noma’lum Yevropalik tomonidan “Geografiya yoki yerning qisqacha ta’rifi” darsligi nashr ettirildi.
1719 yilda Rossiyalik olim Iogann Gyubner tomonidan “Yerning umumiy ta’rifi” darsligi yaratildi. Bu darsliklarning bir qator kamchiliklari mavjud edi. Ular murakkab tuzilgan bo`lib, o`quvchilar yoshiga mos emasligi, ko`proq matematik geografiyaga doir ma’lumotlar bilan boyitilgani uchun ularni o`zlashtirish qiyin kechar edi.
XVIII asrning birinchi yarmida Kaspiy dengizining qirg`oqlarini, Shimoliy Muz okeanidagi orollarni, Kamchatkani va Kuril orollarini o`rganish yuzasidan katta ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. Maktablarda mashhur geograf olim V.N.Tatishev tomonidan yaratilgan “Rossiya geografiyasidan ocherklar” kitobi birinchi darslik sifatida foydalanildi.