M.V. Lomonosov geografiya fanini rivojlantirishga katta hissa qo`shdi. Jumladan, uning rahbarligida Rossiyaning birinchi atlasi va mamlakatning ikkita kartasi nashr etildi. Maktablarda geografiya darsliklari aniq va to`liq ma’lumotlar bilan to`ldirildi. 1786 yilda Rossiyada xalq maktablarining ustavi qabul qilindi. Unga ko`ra ikki tipdagi maktablar:
1. Kichik maktablar (ikki yillik)
2. Asosiy maktablar (to`rt yillik) tashkil etildi. Asosiy maktablarda so`nggi ikki yil davomida uch nomdagi geografiya kurslari o`qitilar edi. Dastlab, o`quvchilarga Yevropaning umumiy geografiyasi, keyin Rossiya geografiyasi, oxirida umumiy geografiya o`qitilib, bunda dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib, so’ngra dunyodagi alohida mamlakatlarga ta’rif berilar edi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o`qitilar edi. XIX asr boshida Rossiyadagi barcha o’quv muassasalarida geografiya fanini o`qitishga e’tibor kuchaytirildi.
Gimnaziya maktablarini uchinchi sinfida haftasiga 14 soat geografiya o`qitilar edi. Bundan dastlab yer haqidagi umumiy ma’lumotlar berilib so`ngra dunyodagi alohida mamlakatlarda ta’rif berilardi. Yuqori sinflarda Rossiya geografiyasi va geografik statistika fanlari o’qitilar edi. E. F. Zablovskiy, K.A.Arsenev tomonidan yaratilgan darsliklar qo`llanilar edi. K.D.Ushiniskiy geografiya ta’limini rivojlantirish yuzasidan bir qator ilg`or g`oyalarni o`rtaga tashladi. U darsliklarni rasmlar bilan boyitish, oddiydan murakkabga qarab ma’lumotlarni joylashtirishni ta’kidlab, ko’rsatib berdi. K.D.Usheniskiy bergan takliflar rus olimi D.D.Semyonov tomonidan hisobga olinib 1860-1867 yillar davomida uch qismdan iborat “Geografiya darslari” nomli kitob yaratildi. Unda o`lka geografiyasini o`rganishga, darslarni ko`rgazmali materiallar bilan boyitishga, o`quvchilarni mustaqil tarzda kartalar chizishga, har bir geografiya darsini ma’lum tizim asosida oddiydan murakkabga qarab o`rganishga e’tibor kuchaytirildi. D.D.Semyonov tomonidan yaratilgan darsliklar 15 martagacha qayta nashr qilinib, XIX asrning oxirigacha maktablarda o’qitildi. O`sha davrda K.Smirnov va D.Linberg tomonidan yaratilgan darsliklar ham maktablarda o’qtilar edi. Bu darsliklarning kamchiligi shunda ediki, ular murakkab tilda yozilib, rasm va chizmalari yo’q edi. Bu darsliklarda geografik nomlarga e’tibor kuchaytirilgan bo’lsada, ammo har bir matndan keyin savol va topshiriqlar yo`q edi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida geografiyaga oid ilg`or pedagogik g`oyalar aks ettirilgan G. I. Ivanov, A. A Kruber, A. S. Barkov, S. G. Grigorev muallifligida yangi darsliklar yaratildi. Darsliklarda geografik nomenklatura qisqartirildi, rasmlar bilan boyitildi, qo`shimcha ma’lumotlar, qiziqarli faktlar kichikroq shriftlar bilan darslikka kiritildi.
Maktab geografiyasini takomillashtirishda nashr qilingan bir qator yangi metodik qo`llanmalar alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Jumladan N. Rayevskiy, S. Mecha, E. YU. Petri, S. P.Arjanova, A.P.Nechayev, B. P. Budanov tomonidan yaratilgan metodik qo`llanmalarda o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish, geografiyaga doir rasmlar bilan ishlash, savol va topshiriqlarni oddiylashtirish va boshqa yo`nalishlarda ilmiy metodik g’oyalar yaratildi.
1914 yilda maktabning yangi o`quv rejasi qabul qilindi. Unda geografiya faqat quyi sinflarda emas, balki yuqori sinflarda ham o`qitilishi ko`rsatib qo`yildi. 1915 yilda Moskva shahrida butun Rossiya geografiya o`qituvchilarining I syezdi o`tkazildi. Syezd ishtirokchilari o`z chiqishlarida geografiya fanini yana chuqurroq o`rganish yuzasidan o`z takliflarini berishdi. 1921 yilda taniqli geograf olim D.N. Anuchin rahbarligida geografiyadan umumdavlat o`quv dasturining loyihasi ishlab chiqildi. Unda ikkita asosiy masala ko`zda tutilgan edi.
1. O`quvchilarning geografiyani mustaqil o`rganishga qiziqishlarini oshirish.
2. O`quvchilarning o`z o`lkasi geografiyasini chuqur o`rganishiga e’tiborini kuchaytirish ta’kidlanadi.
1924 - 1927 yillar davomida maktab ta’limida DOK tomonidan yaratilgan maxsus dastur asos qilib olindi. Uning maqsadi maktab ta’limini mehnat bilan bog`lashga qaratilgan tizimni vujudga keltirishdan iborat edi. Maktabda alohida fanlar o`rniga “Tabiat, mehnat, jamiyat” deb nomlanuvchi yo`nalishlar tuzildi. Bunday ta’lim o`quvchilarni chuqur georafik bilimlar bilan qurollantirishga jiddiy zarar yetkazdi. 1927 yildan boshlab geografiya fani ya’na mustaqil fan sifatida maktablarda o`z o`rniga tiklandi. Maktab geografiya ta’limini takomillashtirishda 1932 yil 25 avgustda BKP ning o`quv dasturlari haqidagi qarorida maktab geografiya ta’limiga quyidagi o`zgarishlar kiritildi: Ayniqsa, O`rta Osiyodan yetishib chiqqan Muhammad al – Xorazmiy va