ixtiro qilindi; yirik asarlar va kitoblar yaratildi, geografiya
fanining tarkibida bir
qancha mustaqil fanlar rivojlandi.
XIX asr va XX asrning 1-yarmida geografiyaning rivojlanishi. Bu
bosqichga kelib milliy geografiya jamiyatlari tashkil etilishi boshlandi. Jumladan,
Fransiya (1821), Germaniya (1828), Buyuk Britaniya (1830), Rossiya (1845),
Turkistonda esa 1897-yilda tuzilgan. Ko‘pgina davlatlar tomonidan yirik ilmiy
tadqiqot ekspeditsiyalari uyushtirildi. 1821-yil F.F.Bellinsgauzen va M.P.Lazarev
tomonidan Antarktida kashf etildi. 1823–1825-yillarda O.E.Kotsebu Dunyo okeani
bo‘ylab ekspeditsiyada marjon orollarining kelib chiqishini o‘rgandi, fizik E.Lens
esa
chuqurlikni
o‘lchash
uchun
birinchi
bor
batometrni
qo‘lladi. D.Livingston Afrikaning ichki qismlarini o‘rgandi. P.P.Semyonov-
Tyanshanskiy boshchiligida O‘rta Osiyoning ichki hududlari o‘rganildi. R.Piri
1909-yilda
Shimoliy qutbni, R.Amundsen esa 1911-yilda Janubiy qutbni zabt etdi.
A.Gumboldt Yevropa, Amerika, Osiyoga ekspeditsiya uyushtirib, juda
ko‘p ma’lumotlar to‘pladi. O‘simliklarning kenglik
zonalligi va balandlik
mintaqalanishi
qonuniyatini
aniqladi.
Mazkur
ma’lumotlarni
umumlashtirgan bir necha jildlik "Tabiat manzarasi”, "Kosmos” kabi yirik
asarlarini yozdi. Gumboldt
tabiatni bir butun, qat’iy qonuniyatli va uzluksiz
rivojlanadigan tizim sifatida qarab yangi geografiyani yaratdi.
Bu geografiyaning
vazifasi tabiatni rivojlanishda va bir butun, yaxlit hosila sifatida o‘rganish, tabiatdagi
qonuniyatlarni aniqlash, jism va hodisalar orasidagi aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sir
va bog‘liqliklarni ochish va boshqalardir.
Ch.Layel tomonidan yer po‘stining rivojlanish nazariyasi ishlab chiqildi.
V.V.Dokuchayev tomonidan tabiat zonalligi ta’limoti, A.A.Grigorev tomonidan
geografik qobiq ta’limoti, V.A.Vernadskiy tomonidan biosfera ta’limoti yaratildi.
Bu
bosqichning
asosiy
natijalari:
geografiya
jamiyatlari
tuzildi.
Shimoliy va Janubiy qutblar zabt etildi va dunyo xaritasida noma’lum bo‘lga
n hududlar qolmadi. Ilmiy geografiya vujudga keldi.
Okeanograf ya fani
shakllandi. Meteorologik va gidrologik stansiyalar bunyod etildi. Atmosfera va
okeandagi harakatlarning mohiyati ochib berildi. Yer po‘stining
rivojlanish
nazariyasi ishlab chiqildi. Bir necha ta’limotlar: tabiat zonalligi, geografik qobiq,
biosfera ta’limotlari yaratildi.
Dostları ilə paylaş: