Tinch okeanining mavjudligi va uning eng katta okean ekanligi, Yer yuzining katta
qismi quruqlik emas, suvlikdan iboratligi aniqlandi.
Ilmiy geografik ishlar bosqichi.
XVII asrga kelib fanlarning rivoj
lanishida keskin ildamlash ro‘y berdi. Geografiyada maxsus ilmiy ekspeditsiyalar
uyushtirila boshlandi. Bunday ekspeditsiyalardan eng muhimlari: 1725–1741-
yillarda V.Bering va A.Chirikov boshchiligidagi
rus ekspeditsiyasi, 1785–1788-
yillarda
J.Laperuz
rahbarligidagi
fransuz
ekspeditsiyasi,
1768–1779-
yillarda J.Kuk boshchiligidagi 3 marotaba dunyo bo‘ylab ingliz ekspeditsiyasi.
Bu ekspeditsiyalar tomonidan Kuril orollari, Kamchatka va Chukotka yarimorollari,
Osiyoning shimoliy qirg‘oqlari, Afrika va Janubiy Amerikaning ichki qismlari,
Avstraliyaning
sharqiy
sohillari,
Yangi
Zelandiya,
Yangi Kaledoniya, Janubiy Georgiya, Jamiyat, Gavayi, Kuk va boshqa
orollar o‘rganildi.
Yerning ichki qismlari, tektonik harakatlar haqidagi bilimlarning to‘planishi bilan
tabiiy geografiyadan geologiya ajralib chiqdi,
Yer yuzasi relyef, yer usti va osti
suvlari, iqlim, shamollar, o‘simliklar haqidagi
bilimlarning kengayishi esa
geomorfologiya, gidrologiya, meteorologiya va geobotanika fanlarining mustaqil
fan darajasida rivojlanishiga olib keldi.
Ushbu bosqichda ilmiy ishlar, ko‘pincha
o‘rganilgan yerlarning geografik tavsifga bag‘ishlangan bo‘lib, yangi kitoblar va
xaritalar ishlangan.
Bu bosqichda bir qancha nazariya va gipotezalar, kitoblar yaratildi. Bular: Kant-
Laplasning
kosmogonik
nazariyasi;
Pallasning
geologik
qatlamlarning
yoshi haqidagi nazariyasi; Leybnitsning tog‘ hosil bo‘lishida
vulqon harakatlari gipotezasi; M. Lomonosovning "Yer qatlamlari haqida”,
"Atmosfera hodisalari haqida” kitoblari, Kantning "Tabiiy
geografiyadan
ma’ruzalar” kitobi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: