deb nomlaydi. Keyinchalik Merkator o‘zi tuzgan xaritalarida har ikki
materikni ham shu nom bilan ataydi.
1498-yili portugaliyalik Vasko da Gama ekspeditsiyasi Afrikani aylanib o‘tib,
Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochdi. 1519–1521-
yillarda ispaniyalik Fernan Magellan ekspeditsiyasi dunyo bo‘ylab sayohatini
amalga oshirdi. Natijada Yerning sharsimonligi
amalda isbotlandi va Dunyo
okeanining yaxlitligi ma’lum bo‘ldi.
XVI asrda Angliya va Gollandiyalik sayyohlar ham Hindiston va Xitoyga dengiz
yo‘lini ochish maqsadida shimoli-g‘arbiy va shimoli-sharqiy yo‘nalishlarda
ekspeditsiyalar o‘tkazdilar. Natijada Shimoliy Amerika va Yevrosiyoning shi
moliy qirg‘oqlari va ko‘plab orollar o‘rganildi. Lekin dengiz yo‘lini ochishga
muvaffaq bo‘linmadi.
Shuningdek, Amerikaning ichki o‘lkalarini, ya’ni angli
yaliklar – AQSH hududini, fransuzlar – Kanada hududini tekshirdilar.
XVI asrning oxirlaridan boshlab Janubiy Osiyo, Avstraliya va Okeaniya hududlari
ingliz va gollandlar
tomonidan tekshirilib, zabt etila boshlandi. 1605-
yilda golland sayyohi Yanszon Avstraliya materigini kashf qildi. So‘ngra 1641–
1643-yillarda A. Tasman materikni aylanib chiqdi.
Shu davrda rus sayyohlari Sibir, Uzoq Sharq, Yevrosiyoning shimoliy va shimoli-
sharqiy qirg‘oqlarini, Shimoliy Amerikaning shimoli-g‘arbiy qismigacha bo‘lgan
hududlarni o‘rganib, xaritaga tushirdilar va tasvirlab yozdilar.
Yuqorida
aytilgan
va
boshqa
o‘nlab
ekspeditsiyalarda
to‘plangan
ma’lumotlar geografik bilimlarning kengayishiga va takomillashuviga olib keldi.
1544-yilda S. Myunsterning "Kosmografiya”, 1650-yili golland olimi
B.Vareniusning "Umumiy geografiya” nomli asari bosilib chiqdi. G.Merkator
xaritalarning
matematik asosini, kartografik proyeksiyalarni ishlab chiqdi.
Bularning bari ilmiy geografiya rivojlanishi uchun asos bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: