Geografiyaning rivojlanish tarixi Reja


Qadimgi yoki antik davr bosqichi



Yüklə 302,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix27.09.2023
ölçüsü302,85 Kb.
#149888
1   2   3   4   5   6   7
Geografiyaning rivojlanish tarixi

Qadimgi yoki antik davr bosqichi
. Ibtidoiy odamlarning o‘zi yashab turgan 
joyni o‘rganish, yashash uchun qulay, tabiiy resurslarga boy joylarni topish va 
tasvirlashga bo‘lgan intilishlari asnosida dastlabki Geografik bilimlar 
to‘planib borgan. Er.avv. 2-ming yillikda finikiyaliklar O‘rta dengizdan 
Gibraltar bo‘g‘izi orqali suzib o‘tib, Afrika qirg‘oqlari bo‘ylab Hindistongacha 
suzib borganlar. Shu paytdan Osiyo va Yevropa nomlari paydo bo‘lgan. 
Bu davrda yunonlar va rimliklar o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan hududlarni 
tasvirlab yozish bilan birga xaritalarini ham tuzdilar. Gomer er.avv.XII asrda 
O‘rta dengiz va uning atrofini tasvirlovchi dunyo xaritasini tuzdi. 
Pifagorning shogirdlari er.avv. VI asrda Yerning sharsimonligini aytdilar. 
Aristotel, er.avv.IV asrda, Yerning sharsimonligini, issiqlik mintaqalari 
mavjudligini 
mantiqiy 
jihatdan 
isbotladi. 
Olamning
markazida 
Yer 


turadi degan geotsentrik nazariyani ilgari surdi. Eratosfen er.avv. III asrda birinchi 
bo‘lib Yerning kattaligini o‘lchadi va "Geografika” nomli kitobini yozib, 
geografiya
fanining
mustaqil
fan
bo‘lib 
chiqishiga 
asos 
soldi. Eramizning II asrida Ptolemey 8 jildlik "Geografiya” asarini yozdi va 
xaritalarni tuzishda kartograf ya proyeksiyalar va daraja to‘rini ixtiro qildi, 
dastlabki "Atlas” ni yaratdi. Shu davrda Strabon ham 17 jilddan iborat "Geografiya” 
asarini yozdi. 
Bu 
bosqichning 
asosiy 
natijalari: geografiya fani vujudga keldi va "geografiya” nomli kitoblar yozild
i, dunyo xaritalari tuzildi, geografik koordinatalar va daraja to‘ri ixtiro qilindi, 
Yerning sharsimonligi mantiqiy isbotlandi va o‘lchamlari aniqlandi.
O‘rta asrlar bosqichi. 
Bu davrda geografiya, umuman, ilm-fan, asosan 
Sharqda, 
xususan, 
O‘rta 
Osiyo, 
Misr, 
Eronda 
rivojlandi. 
Geografiya fani, asosan o‘lkashunoslik, kartografiya, geodeziya yo‘nalishida 
rivojlandi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy IX asrda Yerning sharsimon 
ekanligini isbotlab, uning o‘lchamlarini nisbatan aniq o‘lchadi. "Surat-al-Arz” nomli 
kitob yozib, Sharq geografiyasiga asos soldi. 
Geografiya 
fanining 
rivojida Abu 
Rayhon 
Beruniyning 
xizmati 
beqiyos. Uning geografiyaga oid 22 ta asari bo‘lib, shundan 12 tasi geodeziya
4 tasi kartografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 3 tasi mineralogiyaga oid va 
hozirgi kunda ham dolzarb hisoblanadi. U yasagan globus esa Yerning 
sharsimonligini
isbotlash
va
tushuntirishda, 
Shimoliy 
yarimshar 
tabiatini o‘rganishda tengi yo‘q manba bo‘lgan. U yunon va rim olimlaridan 
farq qilib olamning geliotsentrik tuzilishi nazariyasini rivojlantirishga hissa 
qo‘shgan. 
Abdurazzoq Samarqandiy Hindistonga sayohat qilib, Eron, Pokiston
Arabiston dengizi haqida boy ma’lumotlar to‘pladi. Ahmad Farg‘oniy astronomiya, 
iqlimshunoslik gidrologiya fanlariga oid asarlar yaratdi. U Nil daryosining suv 
sarfini o‘lchaydigan "Nilometr” asbobini yaratib, daryolarning suv sarfini o‘lchash 
va unga bog‘liq ishlarni to‘g‘ri rejalashtirishga asos yaratdi. Umar Xayyom 


tomonidan ko‘plab xaritalar tuzildi. Yoqut Hamaviy geografik lug‘at – o‘sha 
davrdagi geografik bilimlar ensiklopediyasini tuzdi.Zahiriddin Muhammad 
Bobur "Boburnoma” asari orqali geografiya faniga katta hissa qo‘shdi.
Bu davrda yevropaliklar ham sayohatlar uyushtirib, geografik bilimlarning 
boyishiga
sezilarli
hissa
qo‘shdilar.
982-
yil Erik Rauda Grenlandiyani, uning o‘g‘li Leyve Eriksson esa Shimoliy 
Amerikaning 
shimoli-sharqiy 
sohillarini 
o‘rgandi. 
1271–1295-yillarda 
venetsiyalikMarko 
Polo Xitoyga 
safar 
uyushtiradi
va
uning 
ma’lumotlari Ptolemeyning xaritasida tasvirlanmagan joylarni to‘ldiradi. 1466–
1472-yillarda A.Nikitin Hindistonga sayohat qilib "Uch dengiz osha sayohat” 
asarini yozadi. 

Yüklə 302,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin