Geografiya yoki joʻgʻrofiya (yunoncha Geo (γη) yoki Geya (γαια) — "Yer" hamda grafein



Yüklə 163,85 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix31.03.2023
ölçüsü163,85 Kb.
#92021
Geografiya - Vikipediya



Geografiya
Geografiya yoki joʻgʻrofiya (yunoncha
Geo (γη) yoki Geya (γαια) — "Yer" hamda
grafein (γραφειν) — "tasvirlamoq" yoki
"yozmoq yoxud "xaritalamoq") — Yerning
geografik qobigʻi, uning struktura va
dinamikasi, alohida komponentlarini
hududlar boʻyicha oʻzaro taʼsiri va
taqsimlanishini oʻrganadigan fanlar
majmui. Antik dunyo gʻarb olimlari Yer
yuzasining manzarasini Geografiya soʻzi
bilan ifodalaganlar. Geografiya terminini


dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194
yillarda yashagan) kiritgan. Oʻrta Osiyoda
9— 10-asrlardan boshlab Geografiya soʻzi
maʼnosida „surati arz“, „etti iqlim“, „Kitob
almasolik valmamolik“ („Mamlakatlar va
masofalar kitobi“) iboralari qoʻllanilgan.
19-asrda va 20-asr boshlarida oʻzbek
tilida Geografiya arabcha talaffuz bilan
„jugʻrofiya“ shaklida yozilgan. Keyinroq
Geografiya shakli rasmiy tus oldi. Hoz.
davrda „Geografiya“ oʻrniga „Geografiya
fanlari sistemasi“ iborasini qoʻllash ilmiy
jihatdan toʻgʻriroqdir.


Geografiya fanlari sistemasi 3 asosiy
tarmoqqa boʻlinadi: a) tabiiy, yaʼni tabiiy
geografik fanlar — ularga tabiiy
geografiya (umumiy yer bilimi,
landshaftshunoslik va paleogeografiyani
oʻz ichiga oladi), geomorfologiya,
iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi,
okeanologiya, glyatsiologiya,
geokriologiya, tuproklar Geografiyasi va
biogeografiya kiradi; b) ijtimoiy va
iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va
regional iqtisodiy Geografiya, xoʻjalik
tarmoqlari Geografiyasi (sanoat
Geografiyasi, qishloq xoʻjaligi
Geografiyasi, transport Geografiyasi va


b.), aholi Geografiyasi, siyosiy Geografiya;
v) haritagrafiya. Undan tashqari
Geografiyaga mamlakatshunoslik, tibbiy
Geografiya, rekreatsiya va harbiy
Geografiyaham kiradi. Keyingi yillarda,
koinotni oʻrganish rivojlanishi bilan
selenografiya (Oy Geografiyasi), kosmos
yershunosligi kabi sohalar ham vujudga
keldi. Yer sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik
kemadan turib Yer yuzasining suratini
olish va haritasini tuzish usullari ham
yaratildi. Geografiya eng qadimgi
fanlardandir. Odamzod paydo boʻlgandan
keyin muayyan davr oʻtgach, tabiiy muhit
bilan jamiyatning oʻzaro munosabatlari
natijasida, ovchilik, yerni ishlash va
savdo-sotiq ehtiyojlariga koʻra yaqin-uzoq


masofalarga borib kelish, tevarak-atrofni
bilish va turli-tuman xalklar oʻrtasida
oʻzaro muomala qilish boshlangan.
Odamlar ilmiy-amaliy maqsadlarda
dengiz yoʻllarini va joylarning tabiatini,
xoʻjaligi va xalqlarini oʻrganib turganlar.
Shu yoʻllar bilan geografik maʼlumotlar
toʻplangan, devor va toshlarga bitilgan,
qogʻozga yozilgan. Mil. av. qadimgi
dunyoning madaniyat markazlarida
(Turon, Shimoliy Hindiston, Xitoy, Bobil va
Ossuriya, Misr va Yunonistonda)
dastlabki ilmii xulosalarga erishildi. Doira
360 gradusga boʻlindi, sutka 24 soat deb
belgilandi, geografik kenglik va uzunlik
ifodalari yuzaga keldi. Yer shar shaklida
degan fikr maydonga keldi (yunon


olimlari Fales, Pifagor, Eratosfen va
Aristotel), dastlabki globus va ibtidoiy
harita yasaldi (Anaksimandr), dunyo
qitʼalariga nom berildi. Iskandariyalik
matematik va geograf Eratosfen (mil. av.
3-asrda) Yer aylanasining uzunligini
oʻlchab koʻrgan va Yer meridianining
(hoz. oʻlchov birligida) 39816 km ligini
aniqlagan. Bu esa haqiqiy uzunligiga
ancha yaqindir. Yer yuzida issiq, moʻʼtadil
va sovuq mintaqalar borligi, yaʼni
geografik zonallik tushunchasi ham
qadimgi dunyo Geografiyasining nazariy
yutuqlaridandir. Oʻsha davrda baʼzilar Yer
yuzida suvlik koʻp desalar, boshqalar,
aksincha, quruqlik koʻp der edilar.
Shuningdek, Quyosh bilan Yerning


munosabati xususida ham ikki mulohaza
boʻlgan. Ayrim olimlar (ayniqsa
Ptolemey) olamning markazini Yer
hisoblab, Quyosh va sayyoralar esa uning
atrofida aylanadi (geotsentrik nazariya)
desalar, boshqa olimlar geliotsentrik
nazariyani ilgari surdilar, yaʼni olamning
markazi Quyoshdir, Yer va b. sayyoralar
uning atrofida aylanadi deganlar.
Aleksandr (Iskander Makduniy)ning Eron,
Turon va Hindistonga yurishlari hamda
finikiyaliklarning Oʻrta dengiz va Afrika
tevaragidagi suzishlari geografik
tasavvurlarni birmuncha kengaytirdi.
Umuman, yunon olimlari Sharqdagi ilm-
fan markazlarining yutuqlaridan xabardor
boʻlganlar va ulardan oʻz asarlarida


foydalanganlar. Strabon (mil. av. 63 yil —
mil. 21 yil) dunyo Geografiyasidan 17 jildli
kitob yezdi (2 jildi umumiy Geografiya, 8
jildi — Yevropa, 1 jildi — Afrika, 6 jildi —
Osiyo), Klavdiy Ptolemey (90—168 yillar)
Geografiya va haritagrafik
proyeksiyalarga doyr 8 jild kitob yezdi.
Turonlik va eronliklarning muqaddas
kitobi Zend Avestoda ayrim geografik
maʼlumotlar bor. Unda dunyodagi
mamlakatlar — Eronvej, Sugd, Muru
(Marv), Baxdi (Baqtriya), Nisoim (Jan.
Turkmenistan), Hoʻruyu (Xirot), Hafta
Hendu (Yetti Hindiston) va b. tilga
olingan, baʼzilari taʼriflangan.


Oʻrta asrlarda vizantiyalik Zemarx (6-asr)
Sharqiy Dashti Qipchoqqa sayohat qildi,
normanlar (skandinaviyaliklar) 9—10-
asrlarda Atlantika okeanining shimolida
suzib, Islandiya, Grenlandiya va Shimoliy
Amerikagacha safar qildilar, rus
pomorlari Shimoliy Muz okeanidagi ayrim
orollarni oʻzlashtira boshladilar. 13-asr
oʻrtalarida Fransiya qiroli Lyudovik IXning
elchisi sifatida Oʻrta Osiyoga Rubruk kelib
ketdi, italiyalik Plano Karpini
Mongoliyagacha yetib bordi. Oʻrta
asrlarda yevropaliklarning geografik
tasavvurlariga eng katta taʼsir etgan
voqea — Marko Poloning 25 yil davom
etgan Xitoy sayohati (13-asr oxiri) boʻldi.
Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida


madaniyatning yuksalishi, bir qancha
mustaqil davlatlarning barpo etilishi,
savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya,
Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda
Geografiya fani ancha rivoj topdi. Uning
eng yirik namoyandalaridan biri
Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-asr
oxiri — 9-asr oʻrtalari) Geografiyaga doyr
„Surat ul-arz“ kitobini yezdi. Unda
dunyodagi 537 shaharning koordinatalari
va qisqacha izohi berilgan. Aslida bu
kitob kattagina bir geografik atlasning
izohnomasi boʻlgan. Xorazmiy bu kitobini
yozishda Ptolemeyning „Geografiya“
asaridan qisman foydalangan. Bu bilan
qadimgi dunyo Geografiyasining merosi
saqlab qolindi. 9-asrdan eʼtiboran arab va


fors tillarida yaratilgan barcha geografik
asarlar Xorazmiy kitobiga asoslangan.
Shunday qilib, Xorazmiy butun Sharq
Geografiyasining asoschisi boʻlib qoldi.
Ahmad Fargʻoniy (9-asr) va Abu Abdulla
Jayxoniy (9—10-asr)lar ham geografik
asarlar yaratishdi. Fargʻoniy Misrdagi Nil
daryosi suvining sathini kuzatish uchun
Qohira shahri yonida „miqyos jadidi“ —
nilometrni yaratganini alohida taʼkidlash
lozim. Bundan tashqari Quyosh tutilishi,
Yerning yumaloq shaklda ekanligini
isbotlagan. Yerning oʻlchamlari toʻgʻrisida
hoz. zamon maʼlumotlariga juda ham
yaqin boʻlgan kattaliklarni ishlab chiqqan.
Abu Zayd ibn Sahl Balxiy (850—934)
„Suvor ulaqolim“ („Iqlimlar surati“)


geografik asarini yozib, unga koʻpgina
haritalarni ilova qildi, Abu Zayd asarini
eronlik Istahriy va Ibn Havqal yana
kengaytirib, „Kitob almasolik valmamolik“
asarini yozdilar. 10-asrda yashagan arab
geograflari Masʼudiy va Muqaddasiylar,
12-asr olimi Idrisiy oʻz zamonasi ahdini
dunyo Geografiyasi bilan tanishtirishda
katta xizmat qildilar. Sharq Geografiyasi
faniga Beruniy va Ibn Sinoning taʼsiri juda
katta boʻldi. Beruniyning barcha yirik
asarlari („Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar“, „Hindiston“, „Mineralogiya“,
„Geodeziya“, „Maʼsud qonuni“) koʻp
jihatdan Geografiyaga taalluqli. Beruniy
Sharqda birinchi boʻlib globus yasadi,
„Maʼsud qonuni“ kitobida 603 joyning


geografik koordinatalarini aniqlab yozdi,
boshqa bir kitobiga dunyo haritasini ilova
qildi. Beruniy Hindistonda turib, Yer
aylanasining uzunligini oʻlchadi.
„Geodeziya“ kitobida Amudaryoning
oqimi oʻzgargani va Qoraqum choʻlining
paydo boʻlishini tasvirladi va h. k. U
nazariy jihatdan ilk bor gʻarbda, Atlantika
okeani ortida katta quruqlik mavjudligini
taʼkidlagan. 5 asrdan soʻng yevropaliklar
bu quruqlikning Amerika qitʼasi ekanligini
kashf etganlar. 11-asrda balxlik Nosir
Hisrav 7 yil davomida sayohat qilib, 15
ming km yoʻl bosdi — Movarounnahrdan
Afrika shim.gacha, Arabiston va
Hindistongacha sayohat qilib,
„Safarnoma“ kitobini yozdi. Maxmud


Koshgʻariy Markaziy Osiyodan Kichik
Osiyo yarim orolgacha kezib, turkiy
qabilalarning tili, urf-odatlari, shaharlari,
daryo-koʻllari, togʻyaylovlarini tasvirlagan
„Devonu lugʻotit turk“ asarini yozib
qrldirdi. Kitobga dunyo haritasi ham ilova
qilingan. 13-asr boshida Marv sh.da (hoz.
Turkmanistonning Mari sh.dan 30 km
sharada) yashagan Abdulla Yoqut
Hamaviy „Mujam ul-buldon“ geografik
lugʻatini yozgan. Shimoliy afrikalik
(marokashlik) arab Ibn Battuta 14-
asrning eng mashhur sayyohidir, u 25 yil
mobaynida 100 ming km dan ortiq
masofani kezib chiqdi — Arabiston ya. o.,
Hindiston, Xitoy, Sumatra o.,
Movarounnahr, Janubiy Yevropa va


Sahroi Kabirni sayohat qildi. 15-asr
boshlarida Samarqand rasadxonasida
temuriy hukmdor Mirzo Ulugʻbek
rahbarligida astronomik va geografik
jadvallar tuzi l di. Ali Qushchi
Samarqandda va Istanbulda geografik
asarlar yozdi. 16-asr boshida Zahiriddin
Muhammad Bobur Hindistonga kelib,
mashhur tarixiy-geografik asar —
„Boburnoma“ni yaratdi. 15-asr oʻrtasi —
17-asrda Buyuk geografik kashfiyotlar
natijasida deyarli barcha materiklarning
shakli belgilandi, yer yuzasining katta
qismi tadqiq qilindi, nomaʼlum
mamlakatlarning tabiati va xoʻjaligi
haqida maʼlumotlar olindi. 17-asrning 1-
yarmida yashagan gollandiyalik geograf


B. Vareniusning „Umumiy geografiya“
kitobi oʻsha davrning eng yirik geografik
asari boʻldi. Varenius birinchi boʻlib Yer
haqidagi bilimlar sistemasidan umumiy
geografiya va xususiy regional
geografiyani ajratdi. 16—17-asrlarda
haritagrafiya boʻyicha katta
muvaffaqiyatlarga erishildi, haritagrafik
proyeksiyalar ishlab chiqildi (Geografiya
Merkator). 18-asr oxiri va 19-asr
davomida Afrika, Janubiy Amerika,
Avstraliyaning ichki rayonlarida geografik
tadqiqotlar olib borildi. 19—20-asrlarda
Markaziy Osiyoda ilmiy tadqiqotlar
qilindi.


Tabiiy geografiya. Oʻzbekistonda, bu-tun
Oʻrta Osiyodagi kabi, oʻlkaning ta-biiy
sharoiti hamda tabiiy resurslarini
kompleks tadqiq etish va geografik
gʻoyalarning bu jarayon bilan bevosita
bogʻliq holda rivojlanishi 4 asosiy ilmiy
yoʻnalishda amalga oshib, takomillasha
bordi. Bular: qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy,
ekologik-geografik va regional
landshaftshunoslik yunalishlaridir.
Oʻrta Osiyoda tabiiy-geografik
tadqiqotlarning qiyosiy-tasviriy (tasviriy
geografiya) yoʻnalishi 19-asrning 2-
yarmi — 20-asr boshida vujudga keldi.
Turli hududlarning geografik tasvirini
yaratishda P. P. Semyonov-Tyanshanskiy,


I. V. Mushketov, A. P. Fedchenko. V. A.
Obruchev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg
kabi rus tabiatshunoslari hissa qoʻshdilar.
Bu yoʻnalish N. L. Korjenevskiyning
qiyosiy-tasviriy geografik tadqiqotlarida
oʻz ifodasini topdi. Respublikada bu ilmiy
yoʻnalishda N. G. Mallitskiy, O. Yu.
Poslavskaya, N. D. Dolimov, M. Q.
Qoriyev, O. A. Moʻminov koʻp yillar ilmiy
faoliyat koʻrsatib, oʻlkaning turli qismlari
va butun Oʻzbekistonni tabiiy geografik
tasvirlashga munosib hissa qoʻshdilar.
Oʻzbekistonda geografik
tadqiqotlarningtabiiy- tarixiy yoʻnalishi
20- a. boshida oʻlkani ruslar tomonidan
oʻrganish jarayonida shakllandi. Bu ilmiy


yoʻnalish turli hududlar tuproq va oʻsimlik
qoplamini landshaftlar fonida majmuali
oʻrganish metodikasi va
metodologiyasiga asoslangan va uning
yirik markazi Oʻrta Osiyo Davlat
universiteti tarkibidagi Tuproqshunoslik
va geobotanika instituti edi.
Ekologik-geografik yoʻnalish 1920—
30yillarda shakllandi.
Bu yoʻnalishning vakillari ekolog va
geograflar D. N. Kashkarov (1878—
1941)va Ye. P. Korovin (1891-1963) edi.
Oʻrta Osiyo choʻllari va baland togʻlari
oʻziga xos tabiiy kompleks va „hayot
makoni“ sifatida qiyosiy ekologik va


geografik jihatdan oʻrganildi. Bu
maktabning ilmiy gʻoyalarini yangi yuqori
bosqichga koʻtarishda Oʻzbekiston
akademiklari zooekolog T. 3. Zohidov va
botanik-geograf hamda ekolog Q. 3.
Zokirovlar salmokli hissa qoʻshdi. T. 3.
Zohidov choʻllar ekologik
biotsenologiyasi, Q. 3. Zokirov esa Oʻrta
Osiyo fitoekologiyasi, oʻsimlik qoplamini
ekologik toifalashtirish hamda integral
balandlik mintaqalari (choʻl, adir, togʻ,
yaylov)ni ajratish masalalari boʻyicha oʻz
yoʻriqnomalarini yaratdilar.
Regional landshaftshunoslik yoʻnalishi
yuqoridagi uch kompleks yoʻnalish va
koʻplab tarmoq geografik yoʻnalishlarning


sintezi sifatida vujudga keldi. Bu
yoʻnalishga doyr ilk tadqiqotlar 1929—30
yillarda olib borildi. Oʻrta Osiyo kompleks
tabiiy-tarixiy rayonlashtirildi va ayrim yirik
hududlarning landshaft haritalari tuzildi.
1943-yil Oʻrta Osiyoning ekologik
tamoyillar asosida majmuali geografik
rayonlashtirish konsepsiyasi va sxemasi
yaratildi. 1950-yillar oxiridan Oʻrta Osiyoni
tabiiy rayonlashtirish va landshaft
haritalarini yaratish bilan Oʻrta Osiyo
davlat universitetining geograf olimlari
shugʻullandilar. 1960—70 yillarga kelib,
Oʻzbekistonda mahalliy landshaftshunos
olimlarning safi shakllandi. Ular Moskva
(P. B. Baratov, A. A. Rafikov, M. U.
Umarov, P. N. Gʻulomov, A. Mamatov, B.O.


Baxriddinov, O. Raxmatullayev, S.
Abdullayev, I. Abdugʻaniyev), Sankt-
Peterburg (A. Saidov, M. Rasulov, Sh.
Ergashev, T. Rahimov, Yu. Sultonov), Lvov
(L. Alibekov, T. Jumaboyev), Voronej (A.
Abdulqosimov), Boku (S. A. Nishonov),
Ashxobod (I. Nazarov), Qozon (T.
Ollonazarov) va Toshkent (Sh. S. Zokirov,
I. A. Hasanov, A. Zayniddinov, A. Soatov)
landshaftshunoslik maktablariga
mansubdirlar. Ularning har biri muayyan
hududlarni rayonlashtirish va landshaft
xususiyatlarini tahlil qilish, tabiiy
resurslarni baholash bilan shugʻullandilar.
Meliorativ geografiya (A. A. Rafiqov, I. A.
Hasanov), rekreatsiya geografiyasi (3.
Mahamatillayev, A. Zokirov), landshaftlar


rekultivatsiyasi (H. Vahobov) va
geokimyosi (I. N. Stepanov, Oʻ.
Abdunazarov, H. Maʼsudov) boʻyicha ham
tadqiqotlar oʻtkazdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi Seysmologiya instituti
tarkibidagi Geografiya ilmiy tadqiqot
boʻlimi 1958-yildan boshlab geografik
tadqiqotlar olib bordi.
Tabiiy geografiya, landshaftshunoslik va
ekologiyaga doyr tadqiqotlar Toshkent
sh.dan tashqari Samarkand (L. Alibekov,
A. Abdulkrsimov. O. Rahmatullayev),
Jizzax (S. A. Nishonov), Fargʻona (O. Yu.
Sultonov, A. Maqsudov, I. Abdugʻaniyev),


Buxoro (I. Nazarov), Qarshi (A. Mamatov,
S. Abdullayev) va b. shaharlarda ham olib
boriladi.
Geomorfologiya. Oʻzbekistonda
geomorfologiya va u bilan bogʻliq
toʻrtlamchi davr shakllanishi
geomorfolog Yu. A. Skvorsov va geolog
N. P. Vasilkovskiylar nomi bilan,
Respublika geomorfologiyasining keyingi
yutuqlari geograf-geomorfologlardan —
O. Yu. Poslavskaya, N. A. Kogay, G. F.
Tetyuxin, M. M. Mamatqulov, E. D.
Mamedovlarning koʻp yillik tadqiqotlari
bilan bogʻliq.


Meteorologiya va iqlimshunoslik. Bu
soha boʻyicha respublikada mumtoz
iqlimshunoslik (klimatografiya), sinoptik
meteorologiya va dinamik iqlimshunoslik,
mikroiqlimshunoslik, agrometeorologik
hamda agroiqlimshunoslik,
bioiqlimshunoslik va shahar
iqlimshunosligi ilmiy yoʻnalishlari vujudga
keddi.
Mikroiqlimiy va agrometeorologik
tadqiqotlar 20-yillarda Mirzachoʻlda voha
iqlimini oʻrganishga doyr ishlar bilan
boshlandi. 1950- yillardan Oʻrta Osiyo
davlat universitetida agrometeorologiya,
yerga yaqin havo qatlamlari fizikasi
boʻyicha muntazam tadqiqotlar olib


borildi va unda L. N. Babushkin, A. T.
Muqminova, M. A. Orifxonova kabi
koʻplab meteorolog hamda
iqlimshunoslar ishtirok etdi.
Agrometeorologik va agroiqlimiy tadqiqot
ishlarini rivojlantirishga S. A.
Sapojnikova, F. A. Muminov, D.
Matmurodov, A. S. Hasanov, A.
Abdullayev kabi tadqiqotchilar ham
munosib hissa qoʻshdilar.
Sinoptik meteorologiya va dinamik
ikdimshunoslikka doyr ishlar Toshkentda
V. A. Jorjio, V. A. Bugayevlar faoliyati
(1930—60 yillar) bilan bogʻliq.


B. A. Ayzenshtat Oʻrta Osiyo landshaftlari,
xususan qumli choʻllarning balansini
oʻrganish bilan shugʻullandi.
Gidrologiya. Oʻrta Osiyo gidrologiyasi
bilan E. M. Oldekop va L. K. Davidovlar,
1950—70 yillarda togʻ gidrologiyasi bilan
V. L. Shuls shugʻullandi. U Oʻrta Osiyoni
geografik-gidrologik tamoyillar asosida
rayonlashtirdi va oʻlka suv oqimining
asosiy qonuniyatlarini bayon etdi. V. L.
Shulsning rahbarligida L. I. Shalatova, I.
R. Alimuhamedov gidrolog tadqiqotchilar
yetishib chikdi.
Oʻrta Osiyo gidrologiyasi boʻyicha ilmiy
ishlar O. P. Shcheglova va uning


shogirdlari G. Ye. Glazirin, A. R. Rasulov,
R. S. Saidova, F. Hikmatov va b.ning
faoliyati bilan bogʻliq.
Respublikada sel oqimlarini geografik va
gidrologik oʻrganish bilan F. K. Kocherga,
P. M. Karpov, T. Mustafaqulov, R. G. Vafin,
V. P. Pushkarenko, S. Toʻlaganov va A.
Saidovlar shugʻullandilar.
Gidrologik tadqiqotlar majmuida daryo
oʻzanidagi dinamik jarayonlarni oʻrganish
S. T. Altunin va A. M. Muhamedov
rahbarligida amalga oshirildi.
1960-yillardan R. A. Alimov, A. 3. Zohidov,
V. P. Svetitskiy, N. I. Zudina va b. obikor


yerlar suv balansi va tuz rejimini
oʻrganish boʻiicha ishlar olib bordilar.
Xoʻjalikka xizmat koʻrsatish nuqtai
nazaridan gidrologik bashorat boʻiicha
oʻtkazilgan tadqiqotlar P. M. Mashukov
va 3. V. Jorjiolar nomi bilan bogʻliq.
Gidrologik jarayonlarni modellashtirish
muammolari boʻyicha Yu.N. Ivanov, Yu.
M. Denisovning tadqiqotlari diqqatga
sazovor. Obikor dehqonchilik bilan bogʻliq
gidrologiya muammolari ham olimlarning
diqqat markazida boʻldi (G. N. Trofimov,
N. K. Lukina, Ye. M. Vidineeva, Q.
Domlajonov va b.).


N. L. Korjenevskiy 1930-yil Oʻrta Osiyo
muzliklarining katalogi (jadvali)ni yaratdi
va koʻpgina togʻ muzliklarini birinchi
boʻlib tavsifladi. Keyinchalik
Oʻzbekistonda G. Ye. Glazirin, V. G.
Konovalov, V. F. Suslov, A. S.
Shchetinnikov, V. Nozdryuxin, A. A.
Kreyter, M. A. Nosirov, A. Akbarov kabi
glyatsiolog mutaxassislar yetishib chiqdi.
Oʻrta Osiyo koʻllarini oʻrganishga
olimlardan N. L. Korjenevskiy, L. A.
Molchanov, N. G. Mallitskiy, A.M. Nikitin
va b. hissa qoʻshdilar.
Oʻzbekistonda gidrometeorologik
tadqiqotlarning asosiy markazlari V.A.


Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo regional
gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot
instituta (Toshkent), Oʻzbekiston Milliy
universiteti, Oʻzbekiston Fanlar
akademiyasining Geologiya va geofizika
hamda Suv muammolari institutlaridir.
Ilmiy va amaliy gidrologik tadqiqotlar
asosan gidrometriya, suv eroziyasi va
oʻzan jarayonlarini oʻrganish (A. R.
Rasulov, T. Joʻrayev, S. R. Saidova, M.
Mirziyotov, F. Xikmatov), gidrokimyo (E.
Chembarisov, K. Domlajonov),
gidroekologiya (A. Nazarov, A.
Abdurahmonov, 3. Sirliboyeva),
gidromelioratsiya (Sh. Yunusov, E.
Joʻrabekov) va irrigatsiya tarixi (A.


Razzoqov), suv resurslarini oʻrganish (Sh.
Murodov, S. Karimov, U. Tursunov),
muzlikshunoslik (M. A. Nosirov, A.
Akbarov), koʻlshunoslik (O. Nuriddinov)
kabi yoʻnalishlar boʻyicha muvaffaqiyatli
davom etmoqda.
Tuproqlar geografiyasi. 1920-yil Oʻrta
Osiyo universiteti tarkibidagi
Tuproqshunoslik va geobotanika
institutida tuproqshunos N. A. Dimo
rahbarligida tuproq qoplami geografik
landshaftlarning tarkibiy qismi va
koʻzgusi, ayni vaqtda qishloq xoʻjaligi
ishlab chiqarishining asosi hamda
resursi sifatida oʻrganildi.


Regional tuproqshunoslikning xilmaxil
muammolari ustida A. M. Rasulov, A.
Maksudov, H. Maqsudov va A. Neʼmatov,
J. S. Sattorov va L. Tursunovlar
tadqiqotlar olib borgan.
Oʻzbekistonda geografik tuproqshunoslik
Oʻrta Osiyo tuproqlarini geografik,
ekologik va geokimyoviy jihatdan
oʻrganish asosida rivojlandi (Oʻ.
Abdunazarov, H. Maʼsudov, L. Kamolov va
b.).
Biogeografiya. Biogeografik tadqiqotlar
maktabining asoschilari zoolog D. N.
Kashkarov bilan botanik Ye. P. Korovindir.


Oʻzbekistonda biogeografik tadqiqotlar
ayni vaktda ularning ikki asosiy
tarmogʻi — botanik geografiya va
zoogeografiya yoʻnalishlarida ham
shakllandi. 1920—40 yillarda oʻlka
oʻsimliklari va hayvonoti geografik-
ekologik oʻrganildi (M. P. Popov, R. I.
Abolin, Ye. P. Korovin, P. A. Baranov, I. A.
Raykova, M. M. Sovetkina, I. I. Granitov).
Oʻzbekistonda botanik geografiyaning
rivojlanishi va milliy ilmiy kadrlarni
yetishtirishda akademik K- 3. Zokirov va
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining
muxbir aʼzosi I. I. Granitov salmoqli hissa
qoʻshdilar.


1950-yillardan boshlab oʻsimliklar
geografiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi
boʻyicha oʻzbek botaniklaridan — M. M.
Orifxonova, P. Q. Zokirov, X.
M. Oxunovning ilmiy asarlari bosilib
chiqdi. Shuningdek, botanik-geografik
ilmiy tadqiqotlar rivojiga D. K. Saidov, M.
M. Nabiyev, T. A. Odilov, O. X. Hasanov, A.
I. Usmonov, Oʻ. Pratov, S. S. Soatovlar
ham muayyan hissa qoʻshdilar.
Hayvonlar geografiyasiga doyr
tadqiqotlarni Oʻzbekistonda zooekolog D.
N. Kashkarov va zoogeograf N. A.
Bobrinskiylar olib bordi. Oʻzbekiston
zoogeografiyasining keyingi rivoji T. 3.


Zohidov, I. I. Kolesnikov, R. N.
Meklenbursev, H. Solihboyev, Gʻ. S.
Sultonov, V. P. Kostin, G. I. Ishunin va
b.ning ilmiy faoliyati bilan bogʻliq.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya.
Respublikada iqtisodiy va demogra-fik
tadqiqotlar 1920-yillardan boshlangan.
Iqtisodchi hamda geograflar G. N.
Cherdansev, N. N. Kojanov, N. K.
Yaroshevich, Yu. I. Poslavskiy, A. I.
Golovin va b. iqtisodiy rayonlashtirishning
nazariy va amaliy muammolari, Oʻrta
Osiyo ishlab chiqaruvchi kuchlarini
hududiy joylashtirish hamda ri-
vojlantirish masalalari, aholi va qishloq


aholi turar joylarini mufassal oʻrganish
muammolari bilan shugʻullandilar.
50-yillarda 3. M. Akramov, K. N.Bedrinsev,
K. I. Lapkinlar qishloq xoʻjaligini iqtisodiy
tahlil qildilar.
50—60-yillarda Oʻzbekistonning hududiy
ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish,
majmuali rivojlantirish, rayonlashtirish
hamda bashorat qilish uch asosiy ilmiy
yoʻnalish — qishloq xoʻjaligi geografiyasi,
aholishunoslik, aholi geografiyasi va
ijtimoiy geografiya yoʻnalishlarida
tadqiqotlar olib borildi.
Iqtisodiy rayonlashtirish va majmuali
iqtisodiy geografik tadqiqotlar. Oʻrta


Osiyo va Oʻzbekistonni iqtisodiy
rayonlashtirish masalalariga 40-yillarda
Toshkentda yashagan geograf V. M.
Chetirkin katta eʼtibor berdi. Keyinchalik
uning asosiy fikr va gʻoyalari Z.M.
Akramov, K. N. Bedrinsev, A. K. Bedrinsev,
I. K. Narziqulov va b.ning ijodiy
izlanishlarida ri-vojlantirildi.
Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini
majmuali oʻrganishga doyr yirik
tadqiqotlar 1950-yillarda Oʻzbekiston
Fanlar akademiyasi Ishlab chiqaruvchi
kuchlarni oʻrganish kengashi (SOPS)
tomonidan boshlab berildi. Iktisodiy
geografik va majmuali geografik
tadqiqotlarni olib borishda 1958-yil


tashkil etilgan Oʻzbekiston Fanlar
akademiyasining Geografiya boʻlimi katta
rol oʻynadi.
Qishloq xoʻjaligi geografiyasi. Oʻzbeki
ston qishloq xoʻjaligini majmuali
oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit
va resurslariga qishloq xoʻjaligi nuqgai
nazaridan baholashga doyr tadqiqotlar
olib borildi (K. I. Lapkin). Oʻzbekistonning
chorvachiligini (qarang A. Abirqulov),
agrar-sanoat majmuini (A. R. Roʻziyev va
A. M. Sodiqov), Fargʻona vodiysining
qishloq xoʻjaligini (O. Abdullayev)
oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar amalga
oshirildi. Oʻzbekistan qishloq xoʻjaligini
turli regionlar va tarmoqlar boʻyicha


tashkil etish muammolari oʻrganildi (R. A.
Xodiyev, T. E. Egamberdiyev, T. Tojimov, S.
S Saidkarimov, T. Jumasv, K. K.
Qurbonov, Sh. Azimov, R. U. Usmonov).
Aholishunoslik va aholi geografiyasi.
Aholishunoslik muammolarini ilmiy
oʻrganish N. V. Smirnov, T. I. Raimov, O. B.
Otamirzayev, A. S. Soliyev, A.A.
Qayumovlarning tadqiqotlarida oʻz
ifodasini topdi.
1960-yillarda Toshkent universitetining
geografiya ilmiy tadqiqot boʻlimida M. K.
Qoraxonov rahbarligida majmuali
aholishunoslik muammolari turli
yoʻnalishlarda tadqiq etildi, ayni vaqtda


qishloq joylarini oʻrganish boshlandi (R.
Valiyeva, G. R. Asanov, E. Safarov).
1972-yil Toshkent Davlat Universitetida
Aholishunoslik muammolari ilmiy
tadqiqot laboratoriyasi ish boshladi.
Yirik poytaxt shaharlar (T. I. Raimov, E.
Toshbekov) va shahar
aglomeratsiyalarini (O. B. Otamirzayev, N.
X. Mamatqulov) hamda umuman
regiondagi aholi punktlari tizimlari,
urbanizatsiyaning rivojlanishini (T. I.
Raimov, O. B. Otamirzayev, A. S. Soliyev,
X. S. Salimov va b.) oʻrganish ham
geograflarning diqqat markazida boʻldi.


Oʻrta Osiyoda qishloq aholi turar
joylarining shakllanishi, hududiy
taqsimlanishi va rivojlanishi masalalari
tadqiq qilindi (G. R. Asanov, A. B. Botirov,
A. A. Kayumov, T. D. Jumasv, T.
Mallaboyev, E. S. Safarov, M. Ya.
Yangiboyev va b.). Aholining migratsiyasi
(S. N. Kononenko), tabiiy oʻsishi (M.
Boʻriyeva, A. Gʻaniyev), demografik
rivojlanishi (A. Saʼdullayev) masalalari
ham oʻrganildi. Ijtimoiy geografiyaning
ilmiy-nazariy asoslari ham tadqiq
etilmoqda (A. A. Kayumov). Respublikada
sanoat geografiyasi (S. Zokirov, N.
Sultonov va b.), transport geografiyasi,
maishiy xizmat geografiyasi,
geoekologiya va ijtimoiy ekologiyaning


iqtisodiy geografik jihatlari boʻyicha
tadqiqotlar olib borilmoqda.
Geografiya tarixi. Oʻrtaosiyolik oʻrta asr
geograflari va sayyohlari ilmiy merosini
oʻrganish bilan H. H. Hasanov
shugʻullandi. Oʻrta Osiyo tabiatini 17— 18-
asrlarda oʻrganish tarixi bilan A. V.
Pankov va R. L. Yugay shugʻullandilar. 19-
asrning 2-yarmidagi geografik tadqiqotlar
tarixini A. A. Azatyan, 3. N. Donsova. N. I.
Leonov, A. M. Ochilov oʻrgandilar.
Oʻrta Osiyoni 20-asrda geografik va
ekologik oʻrganish tarixi masalalarini R.
U. Rahimbekov oʻrgandi. Oʻrta Osiyo
geografiyasi tarixining ayrim masalalari


(I. Inogʻomov, A. M. Ochilov, U. Obidov va
b.) oʻrganildi.
Haritagrafiya. Oʻrta Osiyo va
Oʻzbekistonning umumiy geografik
haritalarini tuzish bilan geograf N. L.
Korjenevskiy shugʻullandi. Ye. P. Korovin
1933-yil tuzib, „Urta Osiyo va Kozogʻiston
oʻsimliklari“ monografiyasiga ilova qilgan
geobotanik harita muhim biogeografik,
ekologik va geografik ahamiyat kasb etdi.
1920-yillarda haritagrafiya bilan R. I.
Abolin, 1930—50 yillarda I. I. Granitov
shugʻullandi. 1940—50 yillarda
Oʻzbekistonning geografik jihatdan
muhim ahamiyatga molik tuproq va
tuproq-iqlim haritalari nashr etildi. 1960-


yillarda „Uz-Giprozem“ instituti ishlab
chiqarish hamda oʻquv maqsadlarida
1:1000000 va 1:1500000 masshtabli 10
dan ortiq qishloq xoʻjaligi haritasini va
landshaftlar haritasini nashr etdi. Usha
yillarda Oʻzbekiston barcha viloyatlarining
tabiiy-oʻlkashunoslik oʻquv haritalari chop
etildi (T.M. Mirzaliyev).
Oʻzbekistan haritagrafiyasining ilmiy
markazlari Oʻzbekistan Millim
universitetining Geodeziya va
haritagrafiya kafedrasi va Oʻzbekistan
Fanlar akademiyasining Seysmologiya i-ti
tarkibidagi Geografiya boʻlimidir.
Toshkent Davlat Universiteti
haritashunoslari (T. M. Mirzaliyev, Ye. G.


Brodskiy, A. E. Egamberdiyev, L. M.
Qoʻziboyeva, L. G. Soliyeva) tashabbusi
va ishtirokida 1981-yil Oʻzbekistonning
birinchi oʻquv maʼlumotnomali atlasi rus
va oʻzbek tillarida nashr etildi.
Geografiya boʻlimi 1981—2000-yillarda
Oʻzbekistonning 70 bosma taboqdan
ziyod akademik atlasi, Toshkent
shahrining atlasi, paxtachilik va tibbiy-
geografiya atlaslari, „Turkiston — umumiy
uyimiz“ albom atlasi, Oʻzbekistonning
ekologik haritasidan tashqari tabiatii
muhofaza qilish, choʻllashish va
landshaft haritalarini nashr qildi. L. X.
Gʻulomova haritagrafik tadqiqotlarda
kosmik usullardan foydalanish boʻyicha,


M. Asomov, Sh. Buzrukov, A. Bozorboyev,
J. Koraboyev, T. Qoraboyevalar
haritagrafiyaning turli yoʻnalish va
mavzulari boʻyicha tadqiqotlar olib
bormoqdalar.
Geografiya boʻlimi respublika hududini
majmuali tabiiy va ijtimoiyiqtisodiy
geografik oʻrganish, tabiiy muhitni
muhofaza qilish muammolari va
tabiatiing inson taʼsirida oʻzgarishini
bashorat qilish, mavzuli va hududiy atlas
va haritalar tuzish masalalari bilan
shugʻullanadi. Boʻlim tarkibida oʻlkani
majmuali geografik bashoratlash, atrof
muhit muhofazasi, haritagrafiya va
masofadan tadqiq etish laboratoriyalari


faoliyat koʻrsatmoqaa. Boʻlimda
hozirgacha 8 ta doktorlik va 50 dan ziyod
fan nomzodligi dissertatsiyalari himoya
qilindi. Boʻlim Rossiya, Xitoy, Fransiya,
Germaniya va MDH davlatlari Fanlar
akademiyasi larining ilmiy tadqiqot
muassasalari bilan ijodiy hamkorlik
qilmoqda. Oʻzbekistonda geografik
tadqiqot ishlari va geograf kadrlar
tayyorlash ishlari bilan Mirzo Ulugʻbek
nomidagi Oʻzbekiston millim universiteti,
Alisher Navoiy nomidagi Samarkand
davlat universiteti, Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat ped. universiteti, viloyat
universitetlari shugʻullanadi.


Amaliy geografiya hoz. zamon geografik
tadqiqot yoʻnalishlaridan biri. Asosiy
maqsadi geografik ilmiy va amaliy
bilimlarni yanada chuqurroq taxlil qilish,
tabiat va jamiyatdagi mavjud hamda
vujudga kelayotgan turli tabiiy-geografik,
geoekologik hamda ijtimoiy va iqtisodiy-
geografik muammolarni hal qilishdan
iborat. Bu soha tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy
geogr. hamda haritagrafiya fanlariga
tegishli. Yana q. Amaliy geografiya.
Geografiya taʼlimi. Oʻzbekistan hududida
Geografiya 18—19-asrlarda madrasalarda
umumiy holda, 19-asrning 80-yillarida
rus-tuzem maktablarida, 1900-yildan
yangi usul maktablarida dastur boʻyicha


oʻqitildi. 19-asr 90-yillaridan
Geografiyadan birinchi oʻquv
qoʻllanmasi — „Yer xususida ilmdan
olingan soʻzlar“ oʻzbek tilida nashr etildi.
1880-yillarda Hoji Yusuf Hayʼatiy (1842—
1924) geografik globus yasadi. 1905-
yilda yangi usul maktablari uchun
„Turkiston va unga yondosh
mamlakatlarning haritasi“ nashr qilindi.
20-asrda Turkistonda geografiya taʼlimi
rivojlandi. M. Behbudiyning „Qisqacha
umumiy geografiya“ (1902), „Aholi
geografiyasiga kirish“ (1903), Fotih
Karimning „Geografiya“ (1914),
Muhammad Aminkarimiyning „Jugrofiyai
riyoziy“ (1914), Munavvarqori


Abdurashidxon oʻgʻlining „Yer yuzi“
(1915), N.I. Balashovning „Turkiston
geografiya oʻqumligi“ (1922) darsliklari
nashr etildi. 1930-yildan1990-yilgacha
umumiy taʼlim maktablarida faqat
Oʻzbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si
mahalliy mualliflar yozgan darslik va
qoʻllanmalar asosida oʻqitildi. G.ni
oʻqitish metodikasi boʻyicha oʻquv
qoʻllanmalari, darsliklari nashr qilindi.
Geografiyaga oid O. Ibrohimovning
„Geografiya terminlari“ (1935), M.
Bektemirov va Saidrasulovning
„Qisqacha ruscha-oʻzbekcha geografiya
terminlari lugʻati“ (1940), N, Dolimov va
b.ning „Geografik terminlarning qisqacha
ruscha-oʻzbekcha lugʻati“ (1953), H.H.


Hasanovning „Geografik terminlar lugʻati“
(1964), S. Qorayev, P. Gʻulomov, R.
Rahimbekovning „Geografik terminlar va
tushunchalar izohli lugʻati“ (1979)
yaratildi. Bu davrda oliy geog. taʼlimi ham
ancha rivojlandi. davlat universitetlari va
pedagogika institutlarida Geografiya
fakultetlari ochildi. Oliy maktablar uchun
Geografiyadan darslik va oʻquv
qoʻllanmalari oʻzbek tiliga tarjima qilindi
hamda yangilari yozildi. Geografiya
taʼlimining yangi davlat standarti, oʻquv
dasturlari ishlab chiqildi. Bir qancha
yangi darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari,
geografik terminlar lugʻati va haritalar
yaratildi.


Preobrajenskiy V. S. i dr., Geografiya v
menyayushemsya mire. Vek XX. M.,
1997, 274 s; Hasanov H., Oʻrtaosiyolik
geograf va sayyohlar, T., 1964; Qoriyev
M., Oʻrta Osiyo tabiiy geografiney, 2-
nashr, T., 1968.
Ziyovuddin Akramov, Asomiddin Rafitsov,
Shuhrat Azimov.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 13-Iyun 2022, 16:53 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir.
Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/
w/index.php?title=Geografiya&action=edi
t) Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Geografiya&oldid=2627585" 
dan olindi

Yüklə 163,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin