Geoinformatsion tizimlarni sinflanishi, modellarning xususiyatlari va qo’llash uslubiyati.
Geografik axborot tizimi — asosiy vazifalari fazoviy-geografik maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan kompyuter tizimidir.
Sodda qilib aytganda, geografik axborot tizimi (GAT) oʻz ichiga xaritashunoslik, statistik tahlil hamda maʼlumotlar bazasini mujassamlashtiradi. GAT keng tarmoqli soha boʻlib, xaritashunoshlik, masofadan zondlash, yer tuzish, tabiiy resurslarni boshqarish, fotogrammetriya, geografiya, shaharsozlik, samoviy video hamda mahalliy qidiruv tizimlarida keng foydalanib kelinmoqda. Bu ma'lumotlarni boshqarish, kartagrafik tasvirlar va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalangan fazoviy axborot tizimidir. GAT bu inson faolligi va dasturiy apparatning geografik ma'lumotni saqlash, boshqarish va tasvirlashga mo'ljallangan kampyuter tizimidir. GAT ilk bora XXasrning 60- yillarida AQSH va KANADAda harbiy maqsadlarda foydalanishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik bu tizim yordamida kadastr malumotlari sifatida keng foydalanilib kelmoqda.
Hozirgi kunda axborot tizimining ushbu boʻlimi jadal sur’atlar bilan oʻsib borishi natijasida u nafaqat texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy sohalarida ham qoʻllanilib kelmoqda. GATning qoʻllanilish sohalari keng boʻlib, u turli holatlarda, jumladan sogʻliqni saqlashda yangi klinika va shifoxonalarni geografik jihatdan mos va aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida, yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va jadvallarini tuzish hamda aniqlashda, avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni loyihalashda eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtirishda, yerlarninig holatini aniqlash va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot olishda juda qoʻl keladi.
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimlari haydovchilarga, piyodalarga sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilgan holda geofazoviy ma’lumotlar oʻrni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash orqali turli marshrutlarni navigatsiya qilishda, eng yaqin, eng qulay yoʻllarni izlab topishda qulaylik tugʻdirmoqda. Bir qarashda oddiy uyali telefonimiz orqali bunday ma’lumotlarni kartada bemalol olishimiz oson koʻrinadi, ammo bu qulaylik ortida geoaxborot tizimi qonunqoidalarini toʻgʻri qoʻllash kabi ishlar koʻlami yotadi. Agar geoaxborot tizimini bundan 10 yillar oldin faqatgina aniq bir mutaxassislar guruhigina ishlatishi mumkin, degan qoidalar mavjud boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib internet tarmogʻidagi veb-portallar, turli navigatsiya tizimlari, uyali telefonlardagi dasturlarning ishlab chiqilishi oddiy fuqaroning ham ushbu sohani bilishiga asos yaratdi.