6
7
-
Ma'ruza
Geoinformatsion tizimlarni sinflanishi, modellarning xususiyatlari va qoʼllash
uslubiyati.
Reja:
1.Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari
2.Geoaxborot tizimini turizmda qo‘llash masalalari
3.Ilmiy va amaliy faoliyatlarda geoaxborot tizimlari
1.Geoaxborot tizimini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari
GIS asosiy ilm va texnologiyalarga tayanadi va bunday soha fanlari bilan yaqin
aloqada bo‘ladi, jumladan: geografiya, kartografiya, aerokosmik metodlar, geodeziya,
fotogrammetriya, informatika, matematika, statistika va boshqalar (1-rasm).
Geografiya:
– GIS asosida geografiya tabiiy va
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, ularning kelib
chiqishi, o‘zaro bog‘liqligi va er yuzida tarqalishi mohiyatini tushuntiradi; uzoq
muddatli fazoviy tahlil tajribasiga asoslanib, ularni tadqiq
qilish metodlarini amalga
oshirish imkonini yaratadi; har qanday tadqiqot va qarashlarga GIS fazoviy
yondashish kerakligini ta’kidlaydi;
- geografiya fani o‘z oldida turgan vazifalarini echishda GISdan foydalanib, juda
zarur bo‘lgan kuchli metodik qurolga ega bo‘ladi.
Kartografiya:
- hozirgi vaqtda GISga kiritilayotgan asosiy manbalar - kartalar va
tasvirlanadigan asosiy ma’lumotlar ham kartalarda bo‘lib hisoblanadi;
- kompyuter grafikasi esa kartografik manbalarni raqamli bayon etishga o‘z
usullarini taqdim etadi;
-
kartografiya
GISdan
foydalanish
mobaynida
ixtiyoriy
kartografik
mahsulotlarni yaratish uchun kuchli vosita va juda katta
hajmdagi qurilmalarga ega
bo‘ladi.
1-rasm. GISning tadqiqot uslublari
Masofadan turib zondlash:
– samolyot yoki boshqa vositalardan olingan suratlar GIS uchun asosiy
geografik ma’lumotlar manbai bo‘lib hisoblanadi;
- masofadan turib olingan zondlash materiallari deshifrovka qilingach, GISning
boshqa turdagi ma’lumotlari qatlamlari bilan osongina birlashtiriladi;
- rasmlar orqali taxlil ishlarini GISning o‘ta murakkab analitik funksiyalari
yordamida bajariladi.
Geodeziya:
- Erda olib borilgan plan olish natijasidan yuqori aniqlikdagi topografik karta, u
asosida esa ko‘plab mavzuli kartalarni tuzish imkoni yaratiladi;
7
- Erning va boshqa planetalarning shakli va o‘lchamlari haqida sifatli
ma’lumotlar olishni, er yuzasidagi tayanch nuqtalarni
aniqlash metodlarini ishlab
chiqishni, erlardan foydalanishda ekin turlari chegaralarini aniq belgilashni
ta’minlaydi;
- qishloq xo‘jalik erlarining holatini va ulardan foydalanish karta va planlarni
GPS va elektron taxeometrlarni qo‘llash asosida tuzish metodlari va uslublari
o‘rganiladi.
Fotogrammetriya:
- er yuzasida joylashgan obektlarning o‘rnini, o‘lchamini
va shaklini aniqlash
metodlarini fotografik tasvirlar orqali ishlab chiqadi, bular esa aero- va kosmik
fotosuratlarni qayta ishlash texnologik jarayonining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Informatika:
- avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni
kiritish, tasvirlash va uzatishda, u
asosida esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi;
- kompyuter grafikasida erishilgan yutuqlar grafikli ob’ektlarni qayta ishlashda,
namoyish etishda, ayniqsa nashr qilish vositalarida keng ishlatilmoqda;
- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD) - ma’lumotlarni raqamli
ko‘rsatishda, katta hajmli axborotlarni tizimini o‘rganishda va qayta ishlashda, ularga
murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda etarli
darajada usullar bilan
ta’minlamoqda;
Matematika va statistika:
- GIS matematikaning turli sohalarida - geometriya, shakllar va ma’lumotlar
bazasi nazariyasi, boshqarishni optimallashtirish, statistika
va boshqarish tizimlarini
loyihalashda, fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilishda va modellashtirishda keng
qo‘llanilmoqda.
Hozirda GIS Er yuzasining millionlab tadqiqotchilariga xizmat qilayotgan soha
hisoblanadi. Ular GISni turli sohalarda qo‘llamoqdalar – global muammolarni
o‘rganishda (xududlarning ifloslanishi, qishloq xo‘jaligini
qayta tashkil etish, tabiiy
ofatlarni o‘rganish va h.k.) va amaliy masalalarni echishda (punktlar orasidagi
masofalarni aniqlashda, yangi aholi punktlarini
optimal joylashtirishda, elektr
energiyasi va neft va gaz tarmoqlarini o‘tkazishda, mahaliy boshqarish
tashkilotlarining er munosabatlari masalalarini echishda va h.k.). Bunday yirik
masalalar GISda qanday echiladi? Buning uchun GISning tuzilishi, ishlash prinsipi va
undan foydalanish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.