Matematik bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish.
Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv materiallari o’zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi
Baholash- ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir
Bilimlarni tekshirish va baxolashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda o’quv materialining o’zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega buladi. Baholash natijasida, ta’lim beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi material o’zlashtirilgan u, qaysi biri hali yetarli darajada o’zlashtirilmaganligi yoki umuman o’zlashtirilmaganligi ma’lum buladi. Bu ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo‘lib hisoblanadi
Umumiy qabul qilingan natija, standartlariga asoslanganlik
Umumlashtiruvchi baholashni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish
Ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o’tkazilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Bu uni baholashga tayyorgarlik ko’rishga olib keladi.
Baholashni o’tkazish shartlari unga jiddiy yondashishiga, diqqatni chalg’itadigan yoki tasodifiy o’zilishlardan o’zini chetga olishga hamda ta’lim oluvchini o’z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi.
Baholash o’tkazish sharoitida o’quvchi o’zini erkin tutishi va noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak.
Baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima berishi, u qachon, kim tomonidan va qanday o’tkazilishini bilishlari muhim adamiyatga egadir, har bir quyilgan baho o’quv natijasini tushunish va uni mujassamlashtirish uchun adamiyatlidir.
Ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim.