8
Biror ob’ektni belgilab u haqida ma’lumot olish mumkin: masalan, binoning
narxini, kimga qarashli ekanini, holatini, ob’ektning o‘lchamini, uning shahar asosiy
muhandislik tarmoqlariga ulanganligini va h.k. Bu ko‘rsatkichlarni kompyuter
monitorida bevosita o‘lchash ham mumkin.
GISda maxsus qidiruv tizimi ham mavjud. Talabingizga binoan sizni qiziqtirgan
ob’ektlar ko‘rsatkichlari haqida talab shartlari tuziladi va avtomatik ravishda
talabingizga javob qaytariladi. Masalan, maydonning 0,1 ga dan kam bo‘lmagan va
temir yo‘l bekatidan 3 km uzoqda joylashgan barcha suv havzalari, 1 km dan
oshmagan masofada joylashgan er uchastkalari ekranda ko‘rsatilsin va h.k.
Maxsus vositalar orqali ma’lumotlarni analitik qayta ishlab, juda qiyin
masalalarni ham echish mumkin, ya’ni real borliqning modelini hosil qilish. Masalan,
suv va boshqa quvurlar trassasida ro‘y beradigan portlashlarni kutilishi mumkin
bo‘lgan kungilsiz holatlarni bashorat qilish; ifloslanishning tarqalish yo‘nalishini
tadqiq qilib, tabiiy muhitga etkaziladigan ofatni hisoblash, natijada unga qarab
rejalarni belgilash mumkin.
Dostları ilə paylaş: