5.Geoaxborot tizimi operatsiyalari
Fotogrammetrik ishlov berishga quyidagi jarayonlar kiradi:
- analitik fototriangulyasiya, yani fotogrammetrik uslublar bilan mavjud tayanch
nuqtalar koordinatalariga nisbatan joyning boshqa nuqtalari koordinatalarini aniqlash
usuli. Bu ish natijasida, faqatgina joyning boshqa nuqtalarining koordinatalarinigina
emas, balki joy stereomodelining planga olish vaqtidagi fazoviy joylashishini
ifodalovchi modelning tashqi orientirlash elementlari ham aniqlanadi. Oxirgi yillarda
bu ishlar bevosita GPS-priyomniklaridan foydalanib amalga oshirilmoqda;
- ob’ektlarni raqamlash (vektorlash) - joyning stereomodelini hosil qilish,
ob’ektlarni bir vaqtning o‘zida deshifrovka qilish (o‘qish) va ularni qabul qilingan
shartli belgilarda tasvirlash;
- relefning raqamli modelini hosil qilish va u asosida rangli yoki oq-qora
ortofotoplanlar yaratish.
YUqorida bayon etilgan jarayonlar - masofadan turib suratga olish va ushbu
materiallar asosida ortofotoplanlarni yaratish texnologiyasi, fotogrammetrik va
kartografik dasturli texnik vositalar, ERGEODEZKADASTRning barcha ishlab
chiqarish
bo‘linmalarida
(korxonalarida)
hozirda
keng
foydalanilayotgan
texnologiyaning biri bo‘lib hisoblanadi (4-rasm).
4-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tabiiy kartasi
6.Geoaxborot tizimining imkoniyatlari
Hozirgi vaqtda jahonda ko‘plab GISlar ishlab chiqilgan, lekin ularning
imkoniyatlari bir xilda emas. Zamonaviy GISlarni uchta yirik guruhga ajratish
12
mumkin. Birinchi guruhga istalgan kartalarni yaratish imkonini beruvchi, kuchli
rivojlangan, hujjatlashtirilgan va turli xususiyatli ma’lumotlarni kompyuterga kiritish
vositalariga ega bo‘lgan (degitayzerlar, skanerlardan tortib to kosmik tasvirlarga
ishlov berishgacha), juda katta hajmli axborotlarga ishlov beruvchi va quvvati ancha
katta ishchi stansiyalarni, yoki juda katta quvvatli shaxsiy kompyuterlarga va
tarmoqli kompyuter tizimlariga o‘rnatilgan dasturlarni keltirish mumkin. Bunday
toifali GISlarning yorqin vakillari - INTERGRAPH, PROGIS va ESRI hisoblanadi.
Bu tizimlar (GEOMEDIA, MGE, ArcInfo va h.k.) universal bo‘lib, ulardan turli
sohalarda samarali foydlanish imkoni bor.
Ikkinchi guruhga shaxsiy uy kompyuterlariga o‘rnatilgan GISlarni kiritish
mumkin, ular yuqorida keltirilgan tizimlarga qaraganda biroz kamroq imkoniyatlarga
ega bo‘lsada, birinchi navbatda ilmiy va amaliy-boshqarish masalalarini echishga
mo‘ljallangan. Bu tizimlarda tasvirning sifatiga, ishlanayotgan ma’lumotlar hajmiga,
ma’lumotlar muhofazasiga va ularni saqlashga qatiy talablar qo‘yilmaydi. Bu tizimlar
ko‘pchilik korxonalarda, tashkilotlarda va istalgan kichik ofislarda ishlatilishi
mumkin. Bunday tizimlarning asosiy vakillaridan MapInfo, AtlasGIS, ArcView va
boshqalarni misol keltirsa bo‘ladi.
Bu toifali tizimlarda yirik GISlarning (INTERGRAPH va boshqalar)
foydalanuvchiga mos keladigan versiyasi ishlatiladi. Boshida bu yirik tizimlar
quvvatli grafikli stansiyalar uchun yaratilgan, ularni kamroq quvvatli, xotirasi
cheklangan va ishlash tezligi past shaxsiy kompyuterlarga o‘tkazish nazarda
tutilmagan. SHunga qaramasdan bunday dasturlar shaxsiy kompyuterlarga
o‘rnatilmoqda. Albatta, dasturning ishlash tezligi sekin, tasvir sifati yaxshi emas,
boshqa zarur imkoniyatlari ham yo‘q. Lekin bu dasturlarda ishonchli bir yutuq bor - u
ham bo‘lsa, ishchi stansiyalardagidek o‘xshash versiyalari bilan mos kelishligini
ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlashidir.
Uchinchi guruhga shaxsiy uy va ma’lumotnomali maqsadlarda foydalaniladigan
GIS tizimlari kiritiladi. Bunday GISlar
―
yopiq
ǁ
xususiyatga ega bo‘lib,
foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarga yoki tizimga katta o‘zgartirishlar kiritishga
yo‘l berilmaydi, yoki kam o‘zgartirish kiritish imkoniyatini beriladi. Masalan,
ma’lumotlar bazasidagi yozuvlarni taxrir qilish yoki yangi yozuvlarni kiritish
mumkin emas. Bu GISlar ancha arzon bo‘lib, shaxsiy kompyuterlardan juda kam
imkoniyatlarni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |