Vazn yig’ish usullari Mundarija



Yüklə 31,51 Kb.
səhifə1/8
tarix28.11.2022
ölçüsü31,51 Kb.
#70936
  1   2   3   4   5   6   7   8
Vazn yigish haqida


Vazn yig’ish usullari
Mundarija

  • Vazn yig’ilmasligi sabablari

  • Uy sharoitida semirish qoidalari

  • Semirish uchun nima qilish kerak

    • Kaloriyalarni hisoblash

    • Yomon odatlardan voz kechish

    • Ovqatlanish tartibi

  • Ayollar vazn olishi uchun

  • Erkak kishi massa yig’ishi uchun

  • Sog’lom vaznni hisoblash

  • Ozg’inlik xavfi

  • Foydali maslahatlar


Vazn yig’ilmasligi sabablari
Zamonaviy dietologiya organizmdagi modda almashinuvi va vaznning kamayishi / ortishi uchun mas’ul bo’lgan jarayonlarni o’rganish ustida doimiy ish olib bormoqda. Hozirgi kunda olingan natijalar natijasida me’yordan chetlashishning uch sababi aniqlangan:

  • Shaxsiy: noto’g’ri ovqatlanish, jismoniy faollikning yetishmasligi, jismoniy charchoq.

  • Tibbiy: qalqonsimon va / yoki me’da osti bezi kasalliklari, oshqozon-ichak trakti kasalliklari, gijjalar, umurtqa egriligi.

  • Psixologik: uzoq muddatli stress, depressiya, asabiy charchoq.

Uy sharoitida semirish qoidalari
Samarali tarzda semirish uchun albatta bir nechta qoidalarga rioya qilish kerak:

  • Asosiy maqsad tashqi idealga erishish emas. Harakatlardagi asosiy ustuvorlik salomatlikni saqlab qolish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lishi kerak.

  • Har qanday harakat oqilona bajarilishi darkor. Stereotip fikrlarga uchib, to’g’ri kelgan amallarni bajarish tavsiya etilmaydi. Misol uchun, har kuni fast-fud bilan ovqatlanish tezda semirishga yordam beradi. Biroq bu vazn qorinda to’plangan yog’ hisobiga bo’ladi, qolaversa yuzda toshma toshishi, sellyulit, oshqozon-ichak trakti kasalliklari kabi noxush asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

  • Ozg’inlik ichki a’zolar kasalliklari bilan bog’liq bo’lsa, u holda tibbiy yordamsiz natijaga erishib bo’lmaydi. Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun shifokorga murojaat qilish zarur.

  • Ishonch. Semirish yoki ozish uchun harakat qilayotgan ko’plab odamlar ushbu jarayonda psixologik omil qanchalik muhim ekanligini unutib qo’yishadi. Muvaffaqiyatga erishish uchun atrofda qulay ruhiy muhit yaratish lozim. Hayotdan stressni bartaraf etish, iloji boricha tabassum qilishga va ijobiy munosabatni saqlab qolishga harakat qilish kerak.


Yüklə 31,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin