Taomnomaga ko’proq sut kiritish. Bu mahsulot kaloriya va oqsilning ajoyib manbai sanaladi. Sut bilan tayyorlanadigan bo’tqalar ajoyib nonushta bo’ladi. Uni mustaqil ichimlik sifatida iste’mol qilishni istasangiz, stakanga bir osh qoshiq quruq sut kukuni qo’shish tavsiya etiladi (shu tariqa undagi kaloriya va oqsil ko’proq bo’ladi, ammo to’yganlik hissi sezilmaydi).
Shirinliklar bilan siylash. Yangi pishirilgan tort yoki pirog kimga ham xush kelmaydi. Qarshi ko’rsatmalar bo’lmaganda, kishi vaqti-vaqti bilan bilan o’zini shirinliklar bilan mehmon qilishi mumkin. Faqat uni tayyorlash uchun tabiiy masalliqlar (sut, qatiq, smetana, o’simlik yog’i) tanlash kerak. To’yingan yog’lardan qochish tavsiya etiladi — agar ular suiste’mol qilinadigan bo’lsa, salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mashg’ulotlar. Sport to’plangan kaloriyalarni yoqib yuboradi degan stereotip fikrga ishonmaslik zarur. Mashg’ulotlar davomida mushaklar rivojlanib, kishi yog’ emas, mushak to’qimasi hisobiga vazn ola boshlaydi. Mushakning zichligi yog’nikiga nisbatan ko’proq ekanligi hisobga olinsa, bunda qomatning shakli buzilishidan havotirlanmasa ham bo’ladi.
Kishi o’z ustida ishlashi, har kuni kechagidan ko’ra yanada yaxshiroq bo’lishga intilishi kerak. Eng muhimi: sog’lom va jozibali bo’lish uchun avvalo o’z tanangizni yaxshi ko’rishingiz lozim. Bu sizga kuchli ilhom va motivatsiya bag’ishlaydi.