Geologiya fanlari universiteti ijtimoiy farovonlik va tashqi samara


UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə2/4
tarix14.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#113517
1   2   3   4
9.МАЪРУЗА

5
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
ADOLATLI TAQSIMLANISHLAR
Farovonlik funksiyasi yordamida ijtimoiy farovonlikni ifodalash juda yaxshi usul, lekin u umumlashgan holda ijtimoiy farovonlikni ifodalaydi. Shu sababli u ko‘plab etik xususiyatlarni umumiy holda yig‘adi. Lekin aniq bir etik mezon bo‘lganda, yuqoridagi usul ishlamaydi.
Boshqacha yondashuvda aniq bir etik mezonni tanlab, iqtisodiyotdagi taqsimlanishni shu mezon bo‘yicha tahlil qilish. Adolatli taqsimlanishlarni o‘rganish shu oxirgi yondashuvga asoslanadi. Avvalo, qaysi usulni biz tovarlar majmuasini iqtisodiy individlar o‘rtasida taqsimlashda adolatli taqsimlash usuli deb hisoblaymiz? Undan keyin biz taqsimlanish usulining o‘zini tahlil qilamiz.
Faraz qilaylik, sizga qanchadir tovarlar majmuasini berdi. Siz ularni n – teng darajada olishi mumkin bo‘lgan insonlarga adolatli taqsimlashingiz kerak. Siz qanday taqsimlagan bo‘lardingiz? Ko‘pchilik shu tovarlarni n insonlarga teng miqdorda taqsimlaydi. Ularni teng darajadagi tovarlarni olishga loyiq deb faraz qilgan bo‘lsak, boshqa qanday taqsimlash mumkin?
Tovarlarni teng miqdorda taqsimlashning eʼtiborli tomoni – u simmetrik.
6
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
Har bir individ bir xil tovarlar majmuasini oladi, hech bir individ boshqa bir individning tovarlar majmuasini olishga intilmaydi, chunki hammada bir xil tovarlar majmuasi. Lekin teng taqsimlash Pareto samarali emas. Individlarning didi har xil bo‘lgani uchun ular bir-biri bilan tovar almashuvga tushadi.
Faraz qilaylik, shunday almashuv sodir bo‘ldi va natijada biz Pareto samarali taqsimlanish nuqtasiga erishamiz. Savol tug‘iladi: shu Pareto samarali taqsimlanish oldingiday, qaysidir maʼnoda, adolatli taqsimlanish bo‘ladimi, yaʼni oldingiday taqsimlanish simmetriklikni saqlab qoladimi?
Quyidagi misolni qaraymiz. Uchta har xil inson bor: A, V, S. A va V insonlarning didi bir xil, S ning didi A va V larning dididan farq qiladi. Tovarlar ular o‘rtasida teng taqsimlandi, deylik va A bilan S tovar almashuvga tushsin. U holda ikkalasining ham farovonligi oshadi. Endi V ning S bilan almashuv qilish imkoniyati yo‘q bo‘lgani uchun V da A ga nisbatan hasad uyg‘onadi. V o‘zining majmuasiga ko‘ra S ning majmuasini afzal ko‘radiva majmuasini S ning majmuasi bilan almashtirishni xohlaydi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin