7 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Natijada bunday almashuv boshidagi simmetrik taqsimlanishning buzilishiga olib keldi.
Bundan kelib chiqadiki, teng taqsimlanishdan keyin ixtiyoriy erkin almashuvlar boshlang‘ich teng taqsimlanishning simmetriyasi saqlanishiga olib kelmasligi mumkin. Shunday savol qo‘yish mumkin: boshlang‘ich simmetriyaning saqlanishini taʼminlaydigan taqsimlanish bormi? Yaʼni bir vaqtning o‘zida Pareto samarali teng taqsimlanishni taʼminlaydigan taqsimlash usuli bormi?
Hasad va adolatlilik Quyidagi tushunchalarni kiritamiz: agar hech bir individ boshqa individning tovarlar majmuasini o‘zining tovarlar majmuasidan afzal ko‘rmasa, bunday taqsimlanishga teng huquqli deyiladi. Agar i individ j individ tovarlar majmuasini o‘zining tovarlar majmuasiga nisbatan afzal ko‘rsa, biz i individ j individga hasad (zaviduyet) qiladi deymiz. Agar taqsimlanish bir vaqtda Pareto samarali va teng huquqli bo‘lsa, biz uni adolatli taqsimlanish deymiz.
8 UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES Bu taqsimlanish teng huquqligini tekshirib ko‘ramiz. Faraz qilaylik, A isteʼmolchi V isteʼmolchiga hasad qiladi, deylik. Bu degani, A o‘zining tovar majmuasida V ning tovar majmuasi bo‘lishini xohlaydi. Shartli belgilarda quyidagicha yoziladi:
(X1A, X2A) < A (X1V, X2V)
A ning tovarlar majmuasi muvozanat narxlarda eng yaxshi majmua. Demak, V isteʼmolchining majmuasi A nikiga nisbatan qimmatroq degani. Buni quyidagicha yozish mumkin:
P1X1A + P2X2A) < P1X1V + P2X2V)
Lekin bu qarama-qarshilikka olib keladi.
Farazga ko‘ra, A va V lar bir xil majmuaga ega edi va shu nuqtadan almashuv boshlandi. Agar A, V ning majmuasini sotib ololmasa, unda V ham A ning tovar majmuasini sotib ololmaydi.
Shu sababli xulosa qilish mumkinki, A hech qachon V ga hasad qilishi mumkin emas. Biz erishgan raqobatlashgan muvozanat adolatli taqsimlanish bo‘lishi kerak. Shunday qilib, bozor mexanizmi baʼzi turdagi adolatlilikni saqlab qoladi: agar boshlang‘ich taqsimlanish teng taqsimlanish bo‘lsa, unda pirovard taqsimlanish adolatli bo‘lishi kerak.