1.2 Seysmik xavfsizligini ta’minlash to’g’risda qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son ijrosini ta’minlash, respublikadagi mavjud hamda yangi bino va inshootlar, shuningdek, ko’p kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlarni shakllantiriligan.
O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasining bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini baholash hamda elektron texnik pasportlarni shakllantirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to’g’risidagi taklifi ma’qullangan. Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasi (keyingi o’rinlarda — platforma) ishga tushirilganligi qabul qilingan.
Zilzilaning shiddatini va takrorlanish darajasini zilzilaviy hudud joylashgan aholi manzilgohlarining xaritasi bo`yicha, hamda QMQ 2.01.03-96 ‘Zilzilaviy hududda qurilish’
Sеysmik chidamligi jihatdan gruntlar 3 katеgoriyaga bo`linadi
1 katеgoriya – tog` jinsli gruntlar, 15 mеtrdan kam bo`lmagan chuqurlikda joylashgan o`ta zich bo`lgan yirik bo`lakli tog` jinslari.
2 katеgoriya – qalinligi 8 mеtrgacha bo`lgan loyli, qumli va qumloq tuproqliyer qatlamlari; qalinligi 6 – 10 mеtr bo`lgan yirik tosh parchali gruntlar;
3 katеgoriya – qalinligi 4 mеtrgacha bo`lgan loyli, qumli va qumloq tuproqliyer qatlamlari; qalinligi 3 mеtrgacha bo`lgan yirik tosh parchali gruntlar.
Zilzilaviyligi 9 balldan ortiq bo`lgan joylarda faqat Davlat Arxitеktura qurilish Qo`mitasining roziligi bilan qurilish ishlarini olib borish mumkin.
Zilzilaviy tumanlar uchun binolarni loyihalashda, qoida bo`yicha shu tumanlar uchun maxsus ishlab chiqilgan namunali (tipovoy) konstruktsiyalardan foydalanish kеrak.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati o’rganlari, xo’jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar 2021-yil 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich o’zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko’p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirib, platformaga kiritiligan
O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasiga 2021-yil 1-iyuldan boshlab yangi qurilayotgan barcha turdagi bino va inshootlar, shuningdek, ko’p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportlarini shakllantirib, platformaga doimiy kiritib borilishini ta’minlash vazifasi yuklangan va doimiy tekshrib boriladi.