2.3 SEYSMIK MUSTAHKAM BINOLARNI LOYIHALASH Zilzila paytida binolarning qulashi mislsiz falokatlarga olib keladi, shu boisdan ulaming seysmik mustahkamligiga jiddiy e’tibor talab etiladi. Bino loyihalanayotganda hisob va hayot sinovlaridan o’tgan ma’lum konstruktiv choralar amalga oshirilsa, inshootning zilzilaga qarshiligi ortadi. Tabiiyki, bunda qurilishning tannarxi qimmatlashadi. Quyida inshootlaming seysmik mustahkamligini oshirishga sarf etiladigan qo’shimcha xarajatlaming hajmini ixchamlashga qaratilgan umumiy ko’rsatmalarbayon etiladi.
Zilzilaga bardoshli binolar loyihasini tuzayotganda ulaming plandagi ko’rinishi simmetrik bo’lishiga hamda massa va bikrliklarning bir tekisda taqsimlanishiga erishishga intilmoq zanir. Devorlar va ramalarning binoning bo’ylama va ko’ndalang o’qlariga nisbatan simmetrik ravishda joylashtirish lozim. Shu yo’l bilan buralma tebranishlarning oldi olinadi yoki ulaming rivojlanishiga chek qo’yiladi. Bo’ylama va ko’ndalang devorlar bino plani uzra uzluksiz ravishda tutashib ketishi kerak. Planda ajralgan (uzilgan) devor o’zi tutashgan ikkinchi devorga ziyon yetkazishi mumkin. Agar biror sababga ko’ra devorning uzlukli bo’lishi talab etilsa, u holda uning konstruktiv davomini rama ko’rinishida olsa bo’ladi. Binoning plani iloji boricha sodda bo’lgani ma’qul.
Planda aylana, muntazam ko’pburchak. kvadrat yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi binolar zilzila kuchlariga qarshilik ko’rsatishda murakkab shaklli binolardan ustun turadi. Agar me’morchilik yoki ekspluatatsiya talablariga ko’ra planda murakkab shakldagi bino barpo etish lozim bo’lsa, u holda binoni antiseysmik choklar vositasida oddiy shaklli qismlarga ajratish kerak. Oddiy shaklli binolarning devorlari va konstruktiv elementlari turli yo’nalishlarda o’zaro teng yoki bir-biriga yakin mustahkamlik hamda bikrlikka ega boiadi; shu sababli gorizontal seysmik kuchning istalgan yo’nalishida bunday binolar teng qarshilik ko’rsatadi. Bunday binolar buralma tebranishlarga ham yaxshi bardosh beradi. Toshkentdagi san’at saroyining tomosha zali planda aylana shaklda bo’lganligi sababli, episentrga yaqin joylashgan bo’lishiga qaramay, 1966- yil zilzilasiga juda yaxshi bardosh bergan.
1-jadval
Bino yoki uning alohida qismlarining uzunligi normaga ko’ra cheklangan bo’ladi
Normada ortiqcha uzunlikdagi binoning ayrim bolaklari tebranishning turli fazalariga tushib qolsa, seysmik ta’sir kuchayib ketadi. Shu sababli uzun binolar antiseysimk choklar yordamida kichik qismlarga (otseklarga) ajratiladi.
Tejamkorlik nuqtayi nazaridan antiseysmik choklar temperatura va cho’kma choklar bilan qo’shib yuboriladi, ya’ni temperatura choki bir vaqtning o’zida ham antiseysmik, ham cho’kma chok vazifasini o’taydi. Cho’kma choklardan farqli o’laroq, antiseysmik choklarni binoning butun balandligi bo’ylab ajratish shart emas: poydevorlarni uzmay yaxlit qoldirish mumkin. Binoning konstmktiv yechimiga qarab, antiseysmik choklarni qo’sh devor yoki qo’sh ustun (kolonna) ko’rinishida olinadi.