Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


ASOSIY QISM I BOB. ISHLAB CHIQARISHDA YORITISH VA UNING MANBALARI



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə2/10
tarix02.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#71830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ISMOILOV BUNYOD MEHNAT MUHOFAZASI 2222

ASOSIY QISM
I BOB. ISHLAB CHIQARISHDA YORITISH VA UNING MANBALARI
1.1 Yoritish manbalari, turlari, usullari
Yorug'lik manbalariga nisbatan sanoat korxonalarini yoritish ikki usulda:
1) tabiiy quyosh yorug‘ligi yordamida yoritish (bunda quyosh tarqatayotgan nurdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi yoki quyosh nurining ta’sirida yorug'lik tarqatayotgan osmonning diffuziya yorug'ligidan foydalaniladi);
2) quyosh yordamida yoritishning iloji bo'lmagan sanoat korxonalari xonalarini va quyosh botgandan keyin umuman sanoat korxonalarini elektr nurlari yordamida sun’iy yoritish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Tabiiy yorug'lik o'zining barcha xususiyatlari bilan sun’iy yoritilishdan keskin farq qiladi. Tabiiy yorug'lik inson ko'rish organlari va boshqa fiziologik jarayonlarning borishi uchun zarur bo'lgan ultrabinafsha nurlarga boy va bu yorug'lik bilan yoritilgan xonalarda ishlash ko'z uchun juda foydali. Tabiiy yorug'lik yoritilish zonasi bo'ylab bir tekis tarqaladi.

1-rasm. Tabiy yorug’likni tarqalishi
Sanoat korxonalarini tabiiy yorug'lik bilan yoritish yon tomondan maxsus qoldirilgan oynalar orqali, juda katta sanoat korxonalarining yuqori tomonida maxsus qoldirilgan oynalariframugalar va bu ikki holatni kombinatsiya qilgan holda amalga oshiriladi. Sun’iy yoritish sanoat korxonalarining binolarini umuman bir xilda yoritish, umumiy yoritish va umumiy yoritishga qo'shimcha ravishda ish joylarini maxsus yoritish bilan qo'shib kombinatsiyalashtirilgan yoritilish usullari yordamida amalga oshiriladi. Sanoat korxonalarini faqatgina ish joylaridagi yoritilish bilan qanoatlanishga mutlaqo ruxsat etilmaydi. Sanoat korxonalarining xonalari bir tekisda umumiy yoritilish usuli bilan yoritilgan bo'lishi shart. Bunda ba’zi bir joylarda ma’lum miqdorda oshirilgan yoki qisman kamaytirilgan holatlarga yo'l qo'yiladi, lekin har qanday holda ham umumiy sanoat korxonalari uchun sanitariya talablarini qondiradigan yoritilish bo'lishiga erishish kerak. Mashinasozlik sanoati korxonalari ish joylari kombinatsiyalashtirilgan yoritilish bilan ta’minlanishi zarur.
Bunday yoritilish ikki tomonlama ijobiy samaralar beradi, birinchidan ish joylarida, ayniqsa, ish bajarilayotgan zonalarda va yuzalarda har qanday qorong'ilik va soyalarni bartaraf etadi hamda bu ish joylari uchun kerak bo'ladigan yorug'lik miqdorini aniq hisoblash 112 imkoniyatini beradi.
Ikkinchidan, umumiy yoritilishga nisbatan kam energiya sarflashga erishiladi. Ish joylarini yoritish usulidan tokarlik, shlifovka qilish va boshqa mashinasozlik stanoklarida qo'llaniladi. Bundan tashqari, bu usuldan ish sifatini tekshirish uchastkalari, shuningdek, ish joylariga keskin soyalar soladigan vertikal o'rnatilgan ulkan mashinalaming ish bajarish zonalarini (masalan, press ustanovkalari va shtampovka qilish joylarini) yoritishda foydalaniladi. Bir xildagi ishlar bajariladigan sexlar (masalan, quyish sexlari, yig'ish sexlari va boshqalar) umumiy yoritilish usulida yoritilishi mumkin. Ba’zi bir bajarilishi aniq, zarur bo'lgan ishlar jamlangan zonalar ham (masalan, razmetka qilish stollari, OTK stollari va boshqalar) ham umumiy yoritilish usulida yoritilishi mumkin. Bunday joylar maxsus lokalizatsiya qilingan umumiy yoritish asboblaridan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ish bajarish vazifasiga ko'ra sun’iy yoritilishlar: ishchi yoritilish, avariya yoritilishi va maxsus yoritilishlarga bo‘linadi. Ishchi yoritilish sanoat korxonalarining hamma xonalari, hududlari, o'tish joylari, transport vositalarining harakatlanish zonalarida zarur. Avariya yoritilishi sanoat korxonalaridagi ishchi yoritilishning to'satdan o'chib qolishi mumkinligini nazarda tutib, bunday hoi yuz beiganda ishlab chiqarish zonalaridagi minimal yoritilishni ta’minlash maqsadida hisobga odinadi.
Avariya yoritilishi asosan ishchi yoritilishning to'satdan uzilib qolishi, portlash, yong'in, ishchilarni zaharlanish va baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin bo'lgan holatlar vujudga kelganda, shuningdek, bu hodisa texnologik jarayonning uzoq vaqt to'xtab qolishga olib keladigan, jumladan, elektr stansiyalari, dispetcher punktlari, aholini suv bilan ta’minlash nasos stansiyalarining to'xtab qolishiga sabab bo'ladigan zonalarda ko'zda tutiladi. Avariya yoritilishi umumiy yoritilishning 5%-dan kam bo'lmagan yorug'lik bilan ta’minlashi va bu yorug'lik, yorug'likning umumiy sistemalariga nisbatan sanoat xonalarida 2 lk dan kam bo'lmagan yorug'likni ta’minlashi kerak (bunda yoritilish normalarga asosan olinadi). Avariya yoritilishlari, shuningdek, 50 kishidan ortiq ishchi ishlaydigan sanoat korxonalarining evakuatsiya yo'llari, o'tish joylari, zinapoyalar va boshqa chiqish joylariga o'matiladi. Bunda yoritilish sanoat korxonalari pollarini, zinalarini va o'tish joylarini kamida 0,5 lk va ochiq hududlarini kamida 0,2 lk dan kam bo'lmagan yorug'lik bilan yoritishi kerak. 100 kishidan ortiq ishchi 113 ishlaydigan sanoat korxonalarining chiqish joylari yorug'lik signallari (ko'rsatkich signallar) bilan ta’minlanishi kerak. Avariya yoritilishi ishchi yoritgichlar bilan bog'lanmagan mustaqil manbalarga ulanishi kerak.
Avariya yoritilishlari yoritgichlari sifatida faqat cho‘g‘lanuvchi va lyuminissent lampalardan foydalanish mumkin. Maxsus yoritilish turlariga qo'riqlash maqsadidagi va navbatchi yoritilishlarni kiritish mumkin. Bunday yoritilishlar uchun umumiy yoritish vositalarining bir qismidan yoki avariya yoritgichlaridan foydalanish mumkin. Ba’zi bir hollarda ishlab chiqarish xonalari havosiga ishlov berish va ichimlik suvlarining hamda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini saqlash maqsadida bakteritsid yoritilishlardan foydalaniladi. Bunda maxsus lampalar yordamida hosil qilingan ultrabinafsha nurlarinig 0,254-0,257 mkm uzunlikdagi to‘lqinlarga ega bo'lgan yorug'lik nurlari yaxshi natija beradi. У1.3. Sanoat korxonalarini yoritishga qo'yiladigan asosiy talablar Sanoat korxonalarida unumli ish sharoitini tashkil qilish va ishchilarning ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ko'zni toliqishdan saqlovchi yoritish vositalarini tashkil qilish sanoat korxonalari oldiga qo'yilgan asosiy sanitariya-gigienik talabdir.
Bunday sharoit tashkil qilish uchun sanoat korxonalarini yoritish sistemalariga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1. Ish joylarini yoritish sanitariya-gigienik normalar asosida ish kategoriyalariga moslashgan bo'lishi kerak. Ish joylarini maksimal yoritish, albatta, ish sharoitini yaxshilashga olib keladi. Bunda ish olib borilayotgan obyektning ko'rinishi yaxshilanadi buning natijasida ish unumi ortadi.

2-rasm. Ish joylarini keragli miqdordagi yorug’lik bilan taminlanishi
Ba’zi bir aniq ishlami bajarganda yoritilishni 50 lk dan 1000 lk gacha oshirish bilan ish unumini 25% ga oshganligi ma’lum. Ko'z bilan ko'rib ishlash unchalik shart bo'lmagan qo'polroq ishlami bajarganda ham yoritilishni 50 lk dan 300 lk ga oshirish ish unumini 5—7% ga oshirgan. Ammo yoritilish ma’lum miqdorga yetgandan keyin undan keyingi yoritilishning oshirilishi yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun ham iqtisodiy samara beradigan yoritilishning oqilona variantini tanlash zarur.
2. Ish olib borilayotgan yuzaga va ko'zga ko'rinadigan atrofmuhitga yorug'lik bir tekis tushadigan bo'lishi kerak. Chunki agar ish olib borilayotgan yuzada va atrof-muhitda yaltiroq uchastkalar mavjud bo'lsa, unda ko'zning ularga tushishi va qaytib ish zonasiga 114 qaraganda ko'zning jimirlashishi va ma’lum vaqt ko‘nikishi kerak bo'ladi. Bu esa ko'zning tez charchashiga olib keladi.
3. Ishchi yuzalarda keskin soyalar bo'masligi kerak. Chunki ish yuzasida keskin soyalaming bo'lishi, ayniqsa, u soyalar harakatlanuvchi bo'lsa, bajarilayotgan obyektni ko'rinishini yomonlashtiradi, obyekt ko'zga noto'g'ri bo'lib ko'rinadi va bu ishning sifatini hamda unumdorligini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham sanoat korxonalari to'g'ri tushayotgan oftob nurlarini soyabonlar va boshqa oftobga qarshi vositalar bilan to'sishi kerak; chunki quyosh nurlari keskin soyalar paydo bo'lishiga olib keladi.
4. Ishchi zonalarda to'g'ri yoki nur qaytishi ta’sirida hosil bo'layotgan yaltirash bo'lmasligi kerak. Chunki ish zonalaridagi yaltirash ko'zning ko'rish qobiliyatini pasaytirib, ko'zni qamashtirishi mumkin. Yaltiroq yuzalar yoritish asboblarining yuzalarida, nur qaytarish ta’sirida hosil bo'ladigan yaltirashlar nur qaytarish koeffitsiyenti katta bo'lgan yuzalarda vujudga keladi. Yaltirashni kamaytirish yoritish asboblarining nur tarqatish burchaklarini tanlash va nur qaytarish ta’sirida hosil bo'ladigan yaltirashlami nur to'sish yo'nalishlarini o'zgartirish hisobiga erishish mumkii.
5. Yoritilish miqdori vaqt bo'yicha o'zgarmas bo'lishi kerak. Yoritilishning ko'payib-kamayishi, agar u o'qtin-o'qtin ro‘y beradigan bo'lsa, ko'zga zarar keltiradi, chunki ko'z yorug'lik o'zgarishlariga ko'nikishiga to'g'ri keladi. Bu esa ko'zning tez charchashiga olib keladi. Yoritilishning o'zgarmasligiga muhim o'zgarmas kuchlanishli manbalardan foydalanish yo'li bilan erishilishi mumkin.
6. Yorug'lik nurlarini optimal yo'nalish bilan yo'naltirish kerak; bunda ma’lum holatlarda detaining ichki yuzalarini ko'rish va boshqa hollarda detal yuzasidagi kamchiliklartii yaxshiroq ko'rish imkoniyati tug'iladi. Mashinasozlik sanoatida, masalan, rastochka stanogi uchun maxsus optik sistemaga ega bo'lgan yoritgichlardan foydalaniladi. Bu yoritgich hosil qilgan nurini to'plab, ishlov berilayotgan detaining ichki tomonini yoritadi. Bu to'plangan nurli nuqta 3000 lk atrofida yoritishni ta’minlaydi va stanokni to'xfatmasdan detal sifatini aniqlash imkoniyatini tug'diradi.
7. Yorug'likning lozim bo'lgan spektr sostavini tanlash zarur. Bu talab materiallarning rangini aniq belgilash zarur bo'lgan hollarda muhim rol o'ynaydi.
8. Yorug‘lik qurilmalari qo'shimcha xavf va zararliklar manbai bo'lmasligi kerak. Shuning uchun yoritish manbalari ajratadigan issiqlikni, tovush chiqarishini maksimal kamaytirish kerak.
9. Yoritish qurilmasi ishlatish uchun qulay, o'rnatish oson va iqtisodiy samarador bo‘lishi kerak.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin