Shunduy qilib, ko‘rish ishining har bir razryadiga farqlash obyekti- nlug burchnkli o‘lchami αulmos keladi.
αul = α0 / L;
bu yerdaα0farqlash obyektining eng katta o'lchami;
L farqlash obycktining ishchi ko‘zigacha bo'lgan masofa.
Ko`rishga asoslangan ishlarning razryadlari va ko`rsatkichlai 6-jadval
Ko`rish ishlarining aniqlik darajasi bo`yicha xarakteristikasi
Ko`rish ishlarining razryadlari
Farqlash obyektining eng kam o`lchami, mm.
Farqlash obyektining burchakli o`lchami α
Eng oliy aniqlik
Juda yuqori aniqlik
Yuqori aniqlik
O`rtacha aniqlik
Kam aniqlik
Qo`pol aniqlik
I
II
III
IV
V
VI
0.15 dan kam
0.15-0.30
0.30-0.50
0.50-1.0
1.0-5.0
5.0 dan ko`p
0.3*10-3 dan kam
0.3*10-3-0.6*10-3 0.6*10-3-1.0*10-3 1.0*10-3-2*10-3 2*10-3-10*10-3 10*10-3 dan ko`p
Ko'rishgayorug'likpulbsatsiyasihamsalbiyta’siretadi. Xonalarni 50 Gs chaslotali o'zgaruvchan tokda ishlaydigan gaz razryadli lampalar bilan yoritishda yoritilganlikning pulsatsiya koeffitsienti quyidatgi jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Yoritisliga talabni aniqlovchi navbatdagi muhim omil obyektdagi asosiy rangdan boshqa ranglami farqlanishi va asosiy rang xarakteristikasi hisoblanadi. Eng yuqori yoritilganlik 5000 lk bir razryadli (eng oliy aniqlikdagi) ishlar belgilangan. Eng каш yoritilganlik esa 74 lk ishlab chiqarish jarayonini vaqti-vaqti bilan umumiy nazorat qilish talab etiladigan IV razryadli ishlar uchun belgilangan. Qishioq xo‘jaligida bajariladigan ko‘rish ishlarining ko‘pchiligi o‘rtacha, kam va juda kam aniqlikni talab qiladigan ishlar bo‘lganligi sababli bu ishlab chiqarish xonalariga o‘rtacha yoritilganlik belgilangan. Masalan, mexanika sexida umumiy yoritilganlik 300 lk, cho'chqaxonalarda 50-75 lk bo‘lishi V2 boshqalar tavsiya etilgan.
7-rasm.Aralash usuldagi yortilganlik
Binodan tashqarida bajariladigan ishlarda ko‘rish ishlarining razryadiga bog‘liq ravishda ishchi yuzalarni yoritilganligi 2 dan 50 lk gacha qilib belgilangan.
Tabiiy yoritish va unga asosiy talablar. Xonalami tabiiy yoritish ularga quyosh yorugligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishi, osmonga tarqal- gan yorug‘lik va yerdagi har xil manbalardan yorugMikni qaytishi orqali amalga oshishi mumkin. Qayd qilingan yoritish ko‘rinishlari birgalikda tabiiy yoritishning o‘rtacha darajasini hosil qiladi va bu joydagi yorugMik iqlimini harakterlaydi va u yorug‘lik iqlimi koeffitsienti m bilan baholanadi, “ Tabiiy yoritish odamlar doimiy bo‘ladigan xonalar uchun mo'ljallanadi. Agarko'rish ishlarisharti bo'yicha tabiiy yoritish etarii bo‘lmasa uning kamchiligini toidirish uchun sun’iy yoritishdan foydalaniladi. Xonalami tabiiy yoritish yon tomon yoritish tuynuklari, yon to- mondagi yoritish derazalari, yuqorida yoritish tuynuklari, yuqorida yoritish fonarlari, yon va yuqori tuynuklar, kombinatsiyalashgan yoritishlar orqali amalga oshiriladi.
Tabiiy yoritish darajasi qisqa vaqt davomida o‘zgarishi mumkin- ligi sababli u ish joyini yoritilganligi bilan emas balki, tabiiy yoritilganlik koeffitsienti bilan normallashtiriladi (2.12 -rasm). Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti e quyidagicha aniqlanadi.
e = (E ich / E tash)100%;
bu yerda Eich- xonaning biror ichki nuqtasidagi tabiiy yoritilganlik, lk; E tash - ichki tabiiy yoritilganlik bir vaqtda, tashqi gorizontal yoritilganlik - lk.
Yoritilganlik insonning tashqi muhit bilan boglanishini aniqlovchi va inson miyasiga keluvchi tashqi dunyo to‘g‘risidagi ma’lumotlarning sifatini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. To‘g‘ri va me’riy miqdordagi yoritilganlik ish qurollari va jihozlarning rangini, o‘lchamlarini tezda aniqlashga imkon beradi va ishchining mehnat qobiliyatini uzoq muddatgacha saqlanib qolishiga, mehnat unumdorligining oshishiga, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatli bo‘lishiga sharoit yaratib, mehnat xavfsizligini oshiradi.
Ish xonalari va joylarini yoritishga asosan quyidagi talablar belgilangan:
– ish ob’ektlarini tez va engil farqlash imkoniyatini berishi zarur;
– yoritilganlik bir tekis bo‘lishi, hech qanday keskin soya bermasligi lozim;
– ob’ekt va u joylashgan joy rangi (fon) orasida ma’lum darajada farq (“kontrast”) bo‘lishi kerak;
– yorug‘lik manbai ko‘riladigan ob’ektda hech qanday yorug‘lik qaytishini (yaltirashlar)hosil qilmasligi kerak;
– yorug‘lik manbai ishchi ko‘zini qamashtirmasligi lozim;
– ishchi yuzalarning yoriliganlik darajasi vaqt oralig‘ida o‘zgarmasligi zarur.
Yoritilganlikka qo‘yilgan ushbu talablar nafaqat tadqiqotlarda, balki amaliyotda ham o‘z isbotini topgan. Me’yoriy yoritilganlik faqat yorug‘lik oqimiga bog‘liq bo‘lmasdan, yorug‘likni xona shipi va devoridan qaytishiga, fon bilan buyum orasidagi kontrast (ranglar farqi)ga ham bog‘liq holda belgilanadi. Masalan, qora ipni qora fonda ko‘rish uchun oq rangda joylashgan fonga nisbatan kamida ming marta katta yoritilganlik talab etiladi.