Geologiya va konchilik ishi


I.TABIIY VA TEHNOGEN FAVQULOTDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISH TARTIBI



Yüklə 115,46 Kb.
səhifə2/9
tarix13.03.2023
ölçüsü115,46 Kb.
#87509
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi

I.TABIIY VA TEHNOGEN FAVQULOTDA VAZIYATLARDA HARAKAT QILISH TARTIBI
Bizga ma’lumki, har bir mustaqil davlat o’zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda amalga oshirish imkoniyatlari o’sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki har bir davlat moddiy boyliklarini, texnikalarini, harbiy ahamiyatga molik bo’lgan inshootlarini, xalqini himoya qilishda, saqlashda yangi turdagi omillarni yaratadi va ishlab chiqadi. Bugungi kunda ko’pgina rivojlangan davlatlarda yangi-yangi zamonaviy, ommaviy qirg’in qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki butun jonli tabiyatga, atrof muhitga juda katta ziyon etkazadi. Dunyodagi 8 davlatda umumiy qirg’in qurollari mavjudligini ham yaxshi bilamiz. Yuqoridagi qurollar er yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari bugungi kunda dunyo miqiyosida juda katta xavf “terrorizm xavfi” paydo bo’ldi. Hammamizga ma’lum terrorchilarning na Vatani, na millati, na davlati mavjud. Ularning asosiy maqsadlari ko’proq moliyaviy manfaat ko’rish. Shuning uchun har bir davlat mudofaa qudratining asosini - fuqarolar muhofazasini tashkil etadi.
Fuqarolar muhofazasi - umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bo’lib, u har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarini muhofaza qilishda, ularning muttasil ishlashini ta’minlashda hamda qutqarish va tiklash ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Afsuski 1991 yilga qadar (tinchlik davrlarida) tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari, turli xil halokatlar yuz berdiki, xalqimiz, xalq xo’jaligimiz bundan jiddiy zararlandi. Mustaqillik davridagina favqulodda holatlarda fuqarolar muhofazasi tomonidan etarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va xududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mu’tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun O’zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Yangidan tashkil etilgan ushbu tizim O’zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi sifatida tinchlik davrlardagi tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish falokatlari va halokatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish vazifalarini bajaradi.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo’yilgan dadil qadamlardan biri-avval Mudofaa vazirligi qoshida Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, so’ngra esa, shu boshqarma negizida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilishi bo’ldi.
FVV ning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan.
FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishda mamlakatimizda yaratilgan kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar masalasida O’zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to’g’risida» (1999 y), «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi (2000 y) qonunlar, Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq qaror va farmoyishlarini aytish mumkin. qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSh, Germaniya, Frantsiya, Ukraina va boshqa etakchi davlatlarning fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan.
O’zbekiston fuqarolarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza etishning qonun bilan belgilangan asosiy tamoyillari: insonparvarlik, inson hayoti va sog’lig’ining ustuvorligi, axborotning o’z vaqtida berilishi va ishonchliligi, favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish choralarining ko’rilishidir.
Respublika FVDT O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil
11-dekabrdagi farmoniga asosan bosh vazir tomonidan boshqariladi. Hozirgi kunda FVDTning Respublika, mahalliy va ob’ekt bosqichidan iborat 14 ta hududiy va 40 dan ortiq funktsional qo’yi tizimdan iborat bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi o’z faoliyatini ko’rsatmoqda. Bu tizim yagona kontseptsiyani belgilsh, bashoratlash tahliliy ishlar, turli dasturlar yaratish va ularni amalga oshirish, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining doimiy tayyorgarligini ta’minlash, falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish hamda xalqaro hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bu tizimni yanada rivojlantirish va mustahkamlashda hukumatimiz tomonidan fuqarolarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlashni tashkil etish, FV larni tasniflash, avariya- qutqaruv tizimlarini kengaytirish, vazifalarini takomillashtirish va ularni zamoanviy jihozlar bilan ta’minlash, suv osti xizmatini yaratish kabi tadbirlar borasida katta yordam ko’rsatmoqda.
Shunday qilib, fuqarolar muhofazasi har qanday favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, moddiy resurslarni muhofaza qilish, fuqarolarni qanday hatti-harakat etishi, ularga qanday chora-tadbirlar bilan yordam berilishi, shikastlangan zonalarda qutqaruv va tiklov ishlarini olib borish, ishlab chiqarish tarmoqlarini muttasil ishlashini ta’minlash vazifalarini bajaradi.
Favqulodda vaziyat (FV)- ma’lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o’limiga, salomatligiga, tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.
Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligiga ko’ra, qo’yidagi guruhlarga bo’linadi:
Tasodifiy FV - er silkinishi, portlash, transport vositalaridagi avariyalar va boshqalar;
Shiddatli FV - yong’inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
Mo’tadil (o’rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarning otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
Ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar; qurg’oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Favqulodda vaziyatlar yana tarqalish miqyosiga ko’ra shikastlanganlar soniga hamda moddiy yo’qotishlar miqdoriga qarab 4 guruhga bo’linadi:
Lokal favqulodda vaziyat- biror ob’ektga taalluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha ob’ekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu ob’ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.
Mahalliy tavsifdagi favqulodda vaziyat- aholi yashaydigan hudud (aholi punkti, shahar, tuman, viloyat) bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq, biroq 500 dan kam bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq 0,5 million baravaridan ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi.
Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda- favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar FV paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 0,5 million baravaridan ortig’ini tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bo’lgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (globol) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan yoxud FV chet elda yuz bergan va O’zbekiston hududiga daxldor holat tushuniladi.
Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag’i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag’lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O’zbekiston davlati uchun, balki unga chegaradosh bo’lgan Turkmaniston, qozog’iston va boshqa davlatlar uchun ham falokat keltiruvchi vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O’zbekiston davlatining kuch va mablag’idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, Yunep va boshqa) mablag’lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko’ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko’ra):
Tabiiy tusdagi FV;
Texnogen tusdagi FV;
Ekologik tusdagi FV larga bo’linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
geologik hodisalar;
gidrometeorologik xavfli hodisalar;
favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.
B). Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyatlar kiradi:
Transportlardagi avariyalar va halokatlar;
Kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariyalar;
Yong’in-portlash xavfi mavjud bo’lgan ob’ektlardagi avariyalar;
Energetika va kommunal tizimlardagi avariyalar;
Bino va inshootlarning birdan qulab tushishi bilan bog’liq avariyalar;
Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog’liq avariyalar.
Gidrotexnik inshootlardagi halokatlar va avariyalar.
V). Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar asosan 3 xil bo’ladi:
Quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar;
Atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan vaziyatlar;
Gidrosfera holatining o’zgarishi bilan bog’liq vaziyatlar.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:
Zilzilalar, er surilishi;
Sel, suv toshqinlari va boshqalar;
Kimyoviy-xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o’tkir zaharli moddalarning ajralib chiqishi);
Portlash va yong’in xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;
Temir yo’l va boshqa transport vositalarda xavfli yuk tashish paytidagi avariya va falokatlar;
Xavfli epidemiyaning tarqalishi;
Radioaktiv manbalardagi avariyalar.
FV lar qo’yidagilar natijasida paydo bo’ladi:
Og’irlik kuchlari, er aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bo’ladigan, tez kechadigan jarayonlar;
Konsturktsiyalar yoki inshootlar materiallarini zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik ko’rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;
Inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruktsiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hokazo);
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoot materiallariga ta’siri (me’yordan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug’ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);
Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug’ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, ko’mir konlarida metan gazining portlashi va hokazo);
Fuqaro muhofazasi davlat tizimlari-harbiy davrda ham, tinchchlik davrida ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 mayda qabul qilgan «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonunida o’z aksini topgan.
Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini ham belgilab bergan.
Fuqaro muhofazasining vazifalari qo’yidagilardan iborat:
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari: Ma’lumki, fuqaro muhofazasi umumhalq mudofaa ishlaridan biri hisoblanadi. Hamma fuqarolarning fuqaro muhofazasi masalalarini hal qilishga faol ishtirok etishlari taqozo etiladi. Shuning uchun ham fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari va burchlari O’zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi (2002 y) qonunining 13 va 14-moddalarida aniq ko’rsatib o’tilgan. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari qo’yidagilardan iborat:
O’z hayoti va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi;
Umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin oydalanish;
V) Harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o’zlari yo’liqishlari mumkin bo’lgan xav darajasi va zarur xavsizlik choralari to’g’risida axborot olish;
G) Harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko’rsatiladi.
Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari qo’yidagilardan iborat:
Fuqaro muhofazasi sohasidagi barcha qonun hujjatlariga rioya qilishlari;
Fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o’tishlari;
V) Fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;
G) Jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko’rsatishni bilishlari;
D) Davlat organlariga, shuningdek, tashkilotlarga fuqaro muhoazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko’maklashishlari;
S) Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkini asray bilishlari shart.
Yuqoridagi majburiyatlarni to’liq bajarilishi, uqarolar muhofazasi tizimining mustahkamlanishini, jumladan, davlatning mudofaa qudratini oshirishni ta’minlaydi. Fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun Respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek, ob’ekt miqyosidagi muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi xizmatlarining turlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo’shinlari, tizimlaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi, shuningdek, muhofaza turlari faoliyatining boshqa jihatlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi boshlig’i tomonidan belgilab qo’yiladi. Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etishda FVV kuchlaridan tashqari O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarining qutqaruv tizimlari, qismlari jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining qo’shinlari O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat:
zararlanish o’choqlarida va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni amalga oshirish;
V) aholini va iqtisodiyot inshoatlariob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish;
G) aholi hayot faoliyatini ta’minlash, ob’ektlarni tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarishdan iborat
Fuqarolar muhofazasi tizimlari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan tiklov ishlarini (KVTI) amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish tamoyillariga ko’ra tashkil etiladi.
Fuqaro muhofazasi tizimlari bo’ysunishiga ko’ra-hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosida) hamda ob’ekt (iqtisodiyot inshoatlari obyektlaridagi) tizimlariga bo’linadi. Obyekt fuqaro muhofazasining boshligi etib osha korxonaning yoki tashkilotning boshligi tayinlanadi.
Fuqaro muhofazasi yana belgilangan vazifasiga ko’ra-umummaqsadli hamda xizmatli tizimlarga bo’linadi. Umummaqsadli tizimlar zararlangan o’choqlarda qutqaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar-qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko’rsatish, yong’inlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va ularni o’chirish, jamoat tartibini saqlash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka o’tkazish, avariya va texnikalarni tiklash, himoya inshootlarida xizmat ko’rsatish va boshqa maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlarga bo’linadi.Fuqaro muhofazasi tizimlariga O’zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko’rsatmasiga ega bo’lgan harbiy xizmatga mansublar, 1,2,3-guruh nogironlari, homilador ayollar, 8 yoshga to’lmagan bolalari bor ayollar, ayni paytda 3 yoshga to’lmagan bolalari bor o’rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno.Yuqorida ta’kidlab o’tilgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash maqsadida «O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli (1998 y) qarori qabul qilindi (ilovaga qarang).Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning asosiy vazifalarini, uning tashkil etilishini, tarkibini va faoliyat ko’rsatish tartibini belgilab beradi.



Yüklə 115,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin