Cheklangan ko’chirishlar – favqulodda vaziyatlar manbai shikast omillarining ehtimol bo’lgan ta’sir zonasi shahar kichik tumani yoki qishloq aholi yashash joyi chegarasi ichidan chiqmay, ko’chiriladigan aholi soni bir necha ming kishidan oshmagan taqdirda o’tkaziladi. Bunday holda ko’chirilgan aholi, odatda, favqulodda vaziyatlar zonasiga tutash aholi yashash joylariga yoki sha-harning shikastlanmagan tumanlariga (favqulodda vaziyatlar manbaining shikastlovchi omillari ta’sir zonasidan tashqarisida) joylashtiriladi.
Mahalliy ko’chirishlar– o’rtacha kattalikdagi shaharlar yirik shaharlarning alohida tumanlari, qishloq tumanlari favqulodda vaziyatlar zonasiga tushib qolgan hollarda o’tkaziladi. Bunda ko’chiriladigan aholi soni bir
necha mingdan o’nlab ming kishigacha yetishi mumkin bo’lib, ular odatda favqulodda vaziyatlar zonasi bilan yondosh xavfsiz joylarga joylashtiriladi.
Mintaqaviy ko’chirishlar– shikastalovchi omillar anchagina keng maydonga yoyilib, yirik shaharlarni ham o’z ichiga olgan, aholisi juda zich joylashgan bitta yoki bir necha mintaqa hududini qamrab olganda amalga oshiriladi. Mintaqaviy ko’chirishda favqulodda vaziyatlar zonasidan transportda (piyoda) olib chiqiladigan aholi doimiy yashab turgan joylardan anchagina uzoqqa ko’chirilishi mumkin.
2.2. Aholini FVda harakat qilishga psixologik tayyorlash. Insonning favqulotda vaziyatlar sharoitiga tushubqolishi hamisha uning ruxiyatiga og’ir tasir qilinishi bilan bog’liq.Tibbiy statistika malumotlariga qaraganda xalokatli favqulotda vaziyatlardan so’ng kopchilik odamlar og’ir ruhiy jarohat olishadi va keyinchalik ruhiy tiklanishga muxtoj bo’lishadi.Bunday sharoitda ulardan fuqaro muxofazasi tizimida o’qish jaroyonida olgan bilim va malakalarini oqilona va to’la qo’llay olishlarini kutish qiyin.
Ruhiy Tayyorgarlik-bu odamlarda ruxan chidamlilikni shakillantirish yoki quyilgan vazifalarni bajarish, xavfli vazifalarda fidokorona xarakat qilish qobiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini xosil qilish demaktir.Faoliyat jarayonida organizmning tashqi tasirlarga reaksiyasi doimiy bo’lib qolmaydi. Organizmo’zgarib borayotgan faoliyat sharoitlariga moslashishga xarakat qiladi . Bunda ruhiy zo’riqish holatlari yuzaga keladi.Bu holatni kanadalik fiziologik G.Sele stress deb nomlagan.