379
oshiriladi. Bunda geologik tuzilishi oddiy, mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik
xususiyatlari o’zgarmas bo’lgan, I guruhga mansub konlar uchun kamida 20%
zaxirasi B toifa bo’yicha razvedka qilingan bo’lishi, geologik tuzilishi murakkab,
mahsuldor qatlam qalinligi va kollektorlik xususiyatlari o’zgaruvchan bo’lgan, II
toifaga mansub konlar uchun loyihalarni tasdiqlash va kon ob’ektlari, sanoat
inshootlarini qurilishiga kapital mablag’ ajratish C
1
toifali zaxiralar asosida ruxsat
etiladi.
v) ishlab turgan gazuzatgichlar yaqinida joylashgan kon(uyum)larni uch yil
muddatga tezkor hisoblangan zaxiralar asosida ishga
tushirish va keyinchalik
ularning zaxiralarini hisoblab Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlatish zarur.
I guruhga mansub konlardagi B toifali zaxiralar miqdori, neft va yonuvchi gazlar
zaxiralari tasnifida (1983 y.) ko’rsatilgan zaxira miqdoridan kam bo’lganda neft yoki
gaz qazib olish korxonalarini loyihalash va qurish ehtimoli Davlat Zaxiralar
Komissiyasida zaxiralar tasdiqlangandan so’ng hal qilinadi.
Davlat Zaxiralar Komissiyasida tasdiqlangan neft va yonuvchi gazlar zaxiralari
asosida foydalanishga topshirilgan ko’p qatlamli konlarda yangi intervallar va
yuqorida yotuvchi qatlamlarda zaxiralar aniqlangan bo’lsa,
ulardan foydalanishda
kon ob’ektlarini va sanoat inshootlarini qayta tiklashga katta hajmdagi qo’shimcha
kapital mablag’lar ajratilishi shart emas. Uyumlarni ishlatish quduqlarni burg’ilash
ma’lumotlari bo’yicha bajarilgan tezkor hisoblangan zaxiralar asosida amalga
oshirilishi mumkin.
Ishga tushirilgan neft va gaz kon(uyum)lari bo’yicha zaxiralarni yanada
yuqoriroq toifalarga o’tkazish foydalanish quduqlarini burg’ilash va ularda
tadqiqotlar o’tkazish chog’ida to’plangan ma’lumotlar, zarur hollarda esa qo’shimcha
burg’ilangan razvedka quduqlari ma’lumotlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.