7.2.1. Neftning fizik xususiyatlari
Neftning fizik xususiyatlariga siqiluvchanligi, to’yinish bosimi, zichligi,
qovushqoqligi yoki ichki ishqalanishi va ustki tarangligi mansub. Avval zichlik
haqida ma’lumot beramiz.
Zichlik
(hajm massasi) deb 1 m
3
hajmdagi jins massasiga
aytiladi. Tabiiy holatdagi jismning zichligi uning massasini hajmiga nisbatiga teng.
SI sistemasida zichlik birligi qilib kg/m
3
(g/sm
3
) qabul qilingan. Texnikada
o’lchamsiz nisbiy zichlik miqdoridan foydalaniladi. Bu miqdor o’rganilayotgan
modda zichligining standart modda zichligiga nisbati orqali topiladi. Qattiq va suyuq
jismlar uchun standart modda sifatida 4
0
S temperaturadagi suv qabul qilingan. Neft
va neft mahsulotlarining nisbiy zichligi 20
0
C da aniqlanadi va 4
0
C suv zichligi
nisbatiga teng bo’ladi. Neft zichligi quyidagi formula bilan aniqlanadi
V
G
ρ
,
bunda G – neft namunasining og’irligi, V – neft namunasining hajmi.
Neft zichligi 0,730 dan 1,06 g/sm
3
gacha o’zgaradi. Masalan, Ozarbayjon
neftlari zichligi 0,78-0,93, grozniy neftiniki 0,84-0,87, O’zbekiston Respublikasidagi
Buxoro-Xiva neft-gazli regionida 0,79-0,94, Surxondaryo regionida 0,94-0,98,
Farg’ona regionida 0,82-0,88 g/sm
3
ga teng.
Kaliforniya (AQSh) neftlari zichligi 0,78-0,93, Meksikadagi ba’zi bir neftlarniki
qariyb 1,05 g/sm
3
. AQShda neftning zichligi ANI (Amerika neft instituti) darajasida
60
0
F (qariyb 15,5
0
S)da aniqlanadi. Suvning zichligi bu sistema bo’yicha 10
0
ANIga
teng. ANI darajasidan ushbu sistemaga o’tkazib hisoblash quyidagicha (sobiq
Ittifoqda qabul qilingan);
АНИ
131,5
141,5
15
15
ρ
о
х
,
159
bundan 10
0
ANI
1
15
15
ρ
ga to’g’ri keladi.
Dostları ilə paylaş: |