Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə109/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

7.2. NEFTNING XUSUSIYATLARI 

Neft o’ziga xos hidli, yog’simon suyuqlik. Naftidlar qatorining birinchi vakili.


Neftning tarkibini uglevodorodlar (metanli, naftenli va xushbo’y) va uglerodsiz
komponentlar (asosan kislorod, oltingugurt, azot) tashkil etadi. Tarkibining asosiy
qismini ko’proq uglevodorodlarning metan (parafinli) yoki neftli qatori tashkil etadi.
yer ostida va ustida yaxshi siljish xususiyatiga ega. Odatda 1,2-2 km dan ortiq



157
chuqurlikda gazsimon uglevodorodlar bilan birga hosil bo’ladi. Uyumlarda neft turli


darajadagi engil va og’ir gazlar bilan to’yinadi.
Neftni element tarkibi: S 82,5-87%; N 11,5-14,5%; O
2
0,05-0,35%, kamdan-kam
0,7% gacha; S 0,001-5,5 goho 8%dan ko’p; N 0,02-1,8%. Dunyoda qazib olinadigan
neftning qariyb 1/3 qismida oltingugurt miqdori 1% dan ortiqroq. Neft kimyoviy
jihatdan uglevodorodlarning murakkab aralashmasi va geteroatomli (asosan
oltingugurtli, kislorod va azotli) organik birikmalardan iborat. Fizik nuqtai nazardan
neft murakkab tuzilishli kolloid-dispersli modda. Ko’pchilik neftning benzinli va
kerosinli fraksiyalarida xushbo’y uglevodorodlarning miqdori 3 dan 15% gacha,
qolgan qismida 16% dan 27% gacha. Neftning moyli distillyatlari uglevodorod
tarkibi bo’yicha aniq farqlanadi.
Erning hozirgi strukturaviy tuzilishida 600 dan ortiq neft havzasi mavjud.
Ularning maydoni bir necha ming km
2
dan million km
2
gacha bo’lib, jami 80 mln.
km
2
maydonni egallaydi. Shu jumladan 50 mln. km
2
gacha quruqlikda, qolgani
shelfda. Sanoatbop neftlilik 160 ta havzada aniqlangan, qolganlari qidiruv uchun
istiqbolli hisoblanadi. Neft zaxiralari kaynozoy (25%), mezozoy (55%) va paleozoy
(20%) davri jinslarida aniqlangan. Neftning dunyo bo’yicha zaxirasi 1994 yil
boshida 79,7 mlrd. t ga teng bo’lgan. Neft zaxirasi va konlari turli mamkalatlar va
regionlar bo’yicha notekis tarqalgan. Dunyo bo’yicha 30 mingta neft koni ochilgan.
SHulardan 80% dan ortig’ini 1 mln. t neft olinadigan konlar tashkil etadi. Nodir
konlar salmog’i (300 mln. t dan ortiq neft olinadigan konlar) dunyodagi hamma neft
konlarining 0,2% ga to’g’ri keladi, ammo yer kurrasidagi neft zaxirasining 70% shu
konlardadir. Neft konlari qit’alarga yondashgan akvatoriyalarda ko’plab topilgan.
19 asr oxiri 20 asr boshlaridan boshlab Farg’ona vodiysidan sanoatbop neft
olinaboshlangan. Fizik holatiga ko’ra uglevodorodlar CH
4
dan C
4
H
10
gacha

gazlar
C
5
H
12
dan C
16
H
34
gacha

suyuqliklar va C
17
H
36
dan C
35
H
72
gacha

qattiq (parafin)
turlarga ajraladi. Grozniy, Cheleken, Farg’ona vodiysi, G’arbiy O’zbekistondagi neft
konlarida neft tarkibining ko’p qismi metan qatoriga (C
n
H
2n+2
) mansub
uglevodorodlardan iborat.
Neftning bahosi engil va og’ir uglevodorodlarning miqdoriga, suyuq va qattiq
uglevodorodlar tarkibiga va qo’shimchalar borligiga qarab belgilanadi. Neft quyidagi
fraksiyalardan: 100
0
C gacha

birinchi navli benzin, 110
0
C gacha

maxsus benzin,
135
0
C gacha

ikkinchi navli benzin, 265
0
C gacha

kerosin («meteor» navi), 270
0
C
gacha

oddiy kerosindan iborat. Qolgani yog’ va mazutga tegishli bo’lib, 400-420
0
C
gacha isitib undan moy fraksiyalari olinadi.
Fraksiyalar miqdoriga ko’ra engil (benzinli, moyli) o’rtacha va og’ir (yoqilg’ili,
asfaltli va b.) neft farqlanadi. Neftning sifati uning tarkibida parafin, oltingugurt,
smola va sh.o’. moddalarning bo’lishiga bog’liqdir. Chunonchi, parafinning miqdori
bo’yicha neftlar quyidagicha farqlanadi: parafinsiz neftda

parafin 1 % dan ko’p
bo’lmaydi, kam parafinli neftda

1-2% va parafinli neftda

2% dan ko’p parafin
bo’ladi. O’rta Osiyo regionidagi neftlarda 4-5% gacha parafin mavjud.
Oltingugurt neftda erkin va birikmalar (sulfidlar, merkaptanlar va b.) shaklida
uchraydi. Neft tarkibida oltingugurt kam (0,5% gacha) va ko’p (0,5% dan ortiq)
bo’lishi mumkin.



158
O’zbekistonning Buxoro-Xiva neft-gazli regionidagi Kruk konidagi neft o’rtacha


va og’ir (0,8666-0,9006 g/sm
3
) turga mansub, neftdagi oltingugurtning miqdori 1,36
% dan 5,8 % gacha, parafin 0,86 dan 7,9 % gacha. Umid konidagi neft og’ir (0,8956)
va oltingugurtli (1,47 %). Shuningdek, Sharqiy Chegara konidagi neft og’ir turga
mansub (0,9146-0,9280). Oltingugurtning miqdori 1,6-2,34 %.
Tarkibidagi smola miqdoriga ko’ra smolasi kam, smolali va smolasi ko’p neftlar
farqlanadi. Birinchisida smolaning miqdori 8% dan kam, ikkinchisida

8

28% va
smolalisi ko’pida 28% dan ortiqroq bo’ladi.
Neftda xlor, yod, fosfor, margimush, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy va sh.o’.
elementlar ham oz miqdorda uchraydi. Bulardan tashqari neftning tarkibida kislorodli
birikmalardan naftenli va moyli kislotalar, asfaltenlar va smolalar ham uchraydi.
Buxoro-Xiva neft-gazli regionida joylashgan Sharqiy va G’arbiy Chegara konlaridagi
neft kam smolali, tegishlicha 1,78-2,33 va 2,33-2,83% ni tashkil etadi.
Sardob neft-gaz-kondensat konidagi neftda asfaltenlar 4,79%, neft og’irligi
o’rtacha

0,8795 g/sm
3
.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin