Geologiyasi


 NEFT-GAZ-SUVLI QATLAMLARNING REJIMLARI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə147/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

8.5. NEFT-GAZ-SUVLI QATLAMLARNING REJIMLARI 

Neft, gaz va suv qatlamlar rejimi deganda ularni ishlatish va ishlatishda neft, gaz


va suvlarni harakatga keltiruvchi kuchlarning namoyonlanish xarakteri, ya’ni
bosimni yuzaga kelishi va yer osti suvlarining harakatlanish sharoitlari tushuniladi.
Qatlamlar rejimi suyuqlik va gazlarni quduq tomon harakatlantiruvchi kuchlar Bilan
ifodalanib, uning xarakteri qatlamning geologik tuzilishiga, undagi suyuqliklar va
jinslarning fizik-kimyoviy xossalariga, konning ishlatish sharoitiga bog’liq holda
o’zgaradi. Qatlam rejimi vaqt davomida uning debitini va bosimini hamda, quduqdan
suyuqlik chiqarish bilan bog’liq holda bosimning o’zgarish xarakterini ifodalaydi.
Qatlam rejimini har tomonlama bilish uchun uning faqat litologik-fizik
xususiyatlarini bilibgina qolmasdan, balki qatlam bosimini tavsiflovchi kon
ma’lumotlari, neft, gaz va suv debitlarini, neftlilik chegarasining siljishini va h.k.larni
o’rganish zarur.
Qatlamning neftlilik rejimini bilish konni ishlatishning oqilona tizimini
loyihalash va zamindan neft va gazni maksimal miqdorda chiqarib olish maqsadida
qatlam energiyasidan samarali foydalanish uchun kerak.
Neftli qatlamlar rejimlarini o’rganish bo’yicha dastlabki muhim ilmiy ishlar
1922-1927 yillarda Grozniy shahri hududida o’tkazilgan. Ayniqsa V.P. Yakovlev,
N.T. Lindtrop va bu boradagi ilmiy ishlari maqtovga sazovor bo’lgan. I.M. Gubkin
rahbarligida o’tgan yillik majlislar neftli qatlamlar rejimlarini o’rganishda katta
ahamiyatga ega bo’ldi.
Hozirgi vaqtda neftli, gazli va suvli qatlamlar butun maydon bo’ylab yagona
gidravlik bog’langan sistemani hosil qilishi aniqlangan (agar u tektonik buzilishlar
bilan alohida bloklarga bo’lib yuborilgan va linzasimon tuzilishga ega bo’lmasa).
Shuning uchun ham quduq ishlatilganda uning ta’siri faqat neft-gaz hududiga
tarqalmasdan, balki uni o’rab olgan suvbosimli zonalarga va ko’pincha to qatlam
chegaralarigacha etib boradi. Demak, uyumga ta’sir qiluvchi va quduq tubiga neft va
gazning oqib kelishini ta’minlovchi energiya va kuchlar zaxirasini o’rganishda
uyumning va uning atrof zonalarining tuzilishi hamda neft qatlami jinslari bilan



215
bog’liqligini ko’rib chiqish zarur. Neft va gazning quduq tubiga oqib kelishiga ta’sir


qiluvchi qatlam energiyasining manbalariga qatlam suvi bosimi energiyasini, bosim
kamayganda neftdan ajralib chiqadigan erigan va erkin gaz energiyasini, siqilgan
jinslar va suyuqliklarning elastik energiyasini, neftning o’z og’irlik kuchi ta’sirida
paydo bo’ladigan bosim energiyasini kiritish mumkin.
Neft va gaz bitta asosiy energiya yoki bir qancha qatlam energiyalarining bir
vaqtda namoyon bo’lishidan harakatlanishi mumkin; chekka suvlar bosimining
foydali ta’siri qatlamning yer yuzasiga chiqishi va quduq og’zidan qancha yuqoriga
ko’tarilishi qiymati hamda jinslarning o’tkazuvchanlik xususiyati va suyuqlikning
qovushqoqligi bilan aniqlanadi.
Jinslarning
o’tkazuvchanligi
yaxshi
va
suyuqlikning
qatlamda
qo’zg’aluvchanligi etarli darajada bo’lishi, shuningdek, qatlamning o’tkazuvchanlik
xususiyati suyuqlik chiqarib olishga mos kelishi chekka suvlar bosimi energiyasi
muntazam va uzoq vaqt namoyon bo’lishiga olib keladi. Qatlamda neft va gazning
harakatlanish jarayonlarida qatlamdagi suv-bosimli tizimning elastiklik energiyasi
juda muhim ahamiyatga ega. Qatlamda bosim pasayganda suyuqlik va jinslarning
elastik o’zgaruvchanligi juda kam bo’ladi. Lekin uyum va uni
ta’minlovchi
suv
bosimli tizim nihoyatda katta bo’lsa, jins, suyuqlik va gazlarning elastik energiyasi
neftning quduq tubiga qarab harakatlanishida muhim rol o’ynaydi.
Gaz energiyasi gaz qalpog’i mavjud bo’lganda siqilgan erkin gazning taranglik
energiyasi ko’rinishida yoki bosim kamayganda neftda erigan gazning undan ajralib
chiqishidagi energiya ko’rinishida bo’ladi. Uyumda siqilgan gaz energiyasining
zaxirasi odatda, gaz qalpog’ining hajmiga, neft zaxiralariga, qatlamning neftli va
gazli zonalari hajmlarining o’zaro nisbatiga, qatlam bosimi qiymatiga, gazning neftda
eruvchanligiga bog’liq bo’ladi. Agar gaz qalpog’i bilan egallangan qatlam hajmi neft
bilan egallangan qatlam hajmidan katta bo’lsa, erkin gazning taranglik
energiyasining namoyonlanishi nihoyatda samarali bo’ladi.
Qatlam suyuqliklarining og’irlik kuchi hisobiga paydo bo’ladigan bosim
energiyasi qatlamlar gorizontal tekislikka qandaydir burchak ostida yotgan holatlarda
namoyon bo’ladi. Bunda bosim qiymati mahsuldor qatlamlarning yotish burchagiga
bog’liq. Qatlamdagi suyuqlik sathi ko’pincha qatlamning ustki qismidan pastga
tushadi, bunday hollarda suyuqliklar erkin yuza bo’ylab siljiydi.
Qatlamda neft va gazning harakatlanish jarayonida ko’pincha har xil
ko’rinishdagi energiyalar bir vaqtda ta’sir qiladi. Lekin geologik sharoitlar va uyumni
ishlatish sharoitlariga ko’ra u yoki bu turdagi energiya asosiy bo’lishi, quduq tubiga
neft va gazning oqib kelishini ta’minlashda ustunlik qilishi mumkin.
Ta’sir qiluvchi kuchlar ustunligining kelib chiqishiga ko’ra, hozirgi vaqtda neft
uyumlarining quyidagi asosiy ish rejimlari ajratiladi:
1) suv bosimli rejim;
2) tarang (tarang suv bosimli) rejim;
3) gaz bosimli rejim (yoki gaz qalpog’i rejimi);
4) erigan gaz rejimi;
5) gravitatsion rejim.
Dastlabki uchta rejim siqib chiqarish rejimlarini, oxirgi ikkitasi qatlam
energiyasining zaiflashish rejimlarini ifodalaydi.



216


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin