Geologiyasi


 PEYZOO’TKAZUVCHANLIK XARITALARI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə146/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

8.4. PEYZOO’TKAZUVCHANLIK XARITALARI 

Qatlamning energetik xususiyatlarini ko’rib chiqishda izobara xaritalarini tuzish
orqali bosim taqsimlanishini o’rganishdan tashqari, qatlam bosimini qayta
taqsimlanish jarayoniga ta’sir qiladigan qatlam va suyuqlikning elastik
xususiyatlarini o’rganish kerak bo’ladi.
Ma’lumki, quduq ishga tushganda quduq tubi bosimi pasayadi, natijada neft
qatlamda quduq tomon harakatlana boshlaydi. Qatlam tizimining elastiklik
xususiyatlariga ko’ra quduqdagi bosimning o’zgarishi qatlamning quduqqa eng yaqin
bo’lgan zonasiga bir lahzada uzatilmaydi, balki bu jarayon bir qancha vaqt
mobaynida, asta-sekin sodir bo’ladi. Dastlab qatlam bosimi bevosita quduq tanasi
yaqinida kamayadi, so’ng bu kamayish jarayoni qo’shni zonaga, keyin uyum
chegaralarigacha
va
undan
tashqariga
-
mahsuldor
qatlamning
tabiiy
chegaralarigacha
tarqaladi.
Bosimning
quduqdan
to
qatlamning
tabiiy
chegaralarigacha bunday asta-sekin o’zgarishi qatlam bosimining qayta taqsimlanish
jarayoni hisoblanadi. Bu jarayon suyuqlik va jinslarning fizik xususiyatlariga bog’liq
holda uzoq vaqt davomida (bir necha soatdan bir necha kungacha) sodir bo’ladi.
Ishlayotgan quduqda bu vaqtni aniqlash uchun debit va bosim ketma-ket ikki
marotaba o’lchanadi (ma’lum vaqt oralig’ida), agar o’lchov natijalari 10% dan
ko’pga farq qilmasa, qatlam bosimi sodir bo’lgan qayta taqsimlanish natijasida
quduqning ish rejimini barqarorlashgan deb hisoblash mumkin.
Qatlam bosimining qayta taqsimlanish jarayoni qatlam tizimining elastiklik
darajasiga bog’liq. Tog’ jinsi va undagi suyuqlik hamda gaz qancha katta elastiklik
xususiyatiga ega bo’lsa, qatlam bosimining qayta taqsimlanishiga shuncha ko’p vaqt
talab qilinadi va aksincha. Agar qatlam tizimi elastiklik xususiyatiga ega bo’lmasa,
ya’ni jins va undagi suyuqlik va gaz mutlaqo qattiq (siqilmaydigan) bo’lsa, u holda
quduq ishga tushirilganda yoki uni ish rejimi o’zgartirilganda uyumdagi bosim bir
zumda qayta taqsimlangan bo’lardi. Lekin bunday hodisalar amalda kuzatilmaydi,
faqat qatlam tizimining elastikligi va shunga bog’liq holda qatlam bosimining qayta
taqsimlanish tezligi o’zgarishi mumkin.
Qatlam tizimining elastiklik xususiyatlarini miqdoriy baholash uchun
V.N.SHelkachev majmuaviy ko’rsatkich haqidagi tushunchani kiritdi.
Majmuaviy 
ko’rsatkich 

bosim 0,1 MPa ga kamayganda jins va suyuqlikning elastikligi
hisobiga, jinsdan olingan suyuqlik hajmi jins hajmining qancha qismini tashkil
qilishini ko’rsatuvchi
qatlamning taranglik sig’imi koeffisientidir
. Qatlamning
taranglik sig’imi koeffisienti jinsdagi suyuqlikning elastik kengayishini, qatlam
elastikligi tufayli g’ovak hajmining kamayishini hisobga oladi va qatlam tizimining
solishtirma qayishqoqlik zaxirasini tavsiflaydi. Taranglik sig’imi suyuqlikning
siqilish koeffisienti va jins skeleti (g’ovaklar) bilan quydagicha bog’langan:

x
=m

s
+

j
,
(8.17)
bunda m

jinsning g’ovaklilik koeffisienti;

s

suyuqlikning siqiluvchanlik
koeffisienti, m
2
/N;

j

jinsning siqiluvchanlik koeffisienti, m
2
/N.
Taranglik sig’imi koeffisientidan foydalanib, V hajmli qatlamda bosim ma’lum
bir qiymatga

r pasayganda, muhitning elastiklik xususiyatlari hisobiga ajralib



213
chiqqan suyuqlik miqdorini



V
х
aniqlash mumkin, ya’ni bosimning pasayishida
qatlamning qayishqoqlik zaxirasi quyidagicha aniqlanadi:

V
х
=

x
·V·

r bo’ladi.
(8.18)
Qatlamning qayishqoq g’ovakli muhitidagi tug’yonlantiruvchi quduqdan
tarqaluvchi bosimning qayta taqsimlanish tezligini baholash uchun V.N. SHelkachev
tomonidan
kiritilgan
Peyzoo’tkazuvchanlik
koeffisientidan
foydalaniladi.
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti 
χ
qiymati jinsning va undagi suyuqlikning fizik
tavsifiga bog’liq; uning miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:
,
)
β
μ(mβ
k
χ
j
s
t
o'


(8.19)
bunda
χ

Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti, m
2
/s; k
o’t

o’tkazuvchanlik
koeffisienti, m
2
;


qatlam sharoitlarida suyuqlik (neft yoki suv) qovushqoqligi,
MPa

s; m

jinslarning g’ovaklilik koeffisienti;

s

suyuqlik (neft yoki suv)ning
siqiluvchanlik koeffisienti, m
2
/N;

j

jinsning siqiluvchanlik koeffisienti, m
2
/N.
(m

s
+

j
) qiymati qatlamning taranglik sig’imi koeffisienti

x
bo’ladi. Tegishli
almashtirishlardan so’ng Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisientini aniqlash uchun
quyidagi ko’rinishdagi formuladan foydalanamiz:
х
t
o'
μβ
k
χ

.
(8.20)
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti qatlamda bosimning qayta taqsimlanishini
miqdoriy baholash hamda tug’yonlantiruvchi quduqdan ta’sirlanuvchi quduqqacha
bo’lgan masofada bosimning kamayish qiymatini aniqlash imkonini beradi.
SHuningdek, uning yordamida tug’yonlantiruvchi quduqdan ta’sirlanuvchi
quduqqacha bo’lgan masofada bosim pasayishining yoyilishiga va qaror topishiga
ketadigan vaqtni aniqlash mumkin.
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti qiymati qancha katta bo’lsa, qatlamda bosim
shuncha tez tarqaladi va ishlatish quduqlari zonasida energiya zaxiralari shuncha tez
to’ladi. Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisienti past bo’lgan qatlamlarda qatlam bosimi
keskin tushib ketadi va quduq favvoralanishini tez to’xtashiga olib keladi; bu holda
chegara tashqarisiga suv bostirish hisobiga energiyaning to’ldirilishi juda sekin
kechadi.
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisientini yoki qo’shni quduqlar tug’yonlantirilganda
quduqning ta’sirlanishi ustidan kuzatuv olib borish yoki bosimning tiklanish egri
chiziqlari bo’yicha aniqlanadi. Qatlam bo’yicha bu koeffisient miqdorining
o’zgarishini tahlil qilish uchun odatdagi izochiziqlar xaritasini tuzish metodi bilan
teng Peyzoo’tkazuvchanlik xaritalari tuziladi. Bunday xaritalar tarang rejimli
sharoitlarda qatlamning ishlatishni tahlil qilishda qo’l keladi.
Qatlam bosimi o’zgarganda jinslarning siqiluvchanligi deyarli o’zgarmaydi, shu
tufayli amaliy hisoblashlarda ushbu qatlam uchun uning qiymatini shartli ravishda
doimiy deb qabul qilinadi.
Jinslarning siqiluvchanlik koeffisienti taxminan quyidagiga teng:

j
=(1,4

1,7)10
-5



214
Aniqroq hisoblashlar uchun



J
koeffisienti laboratoriyalarda aniqlanadi. Neft va
suvlar uchun siqiluvchanlik koeffisienti 7-bobning mos ravishda 7.2 va 7.3
mavzularida keltirilgan.
Qatlamning elastiklik xususiyatlariga ko’ra uning hajmiy o’zgarishining mutlaq
qiymati juda kam, lekin qatlamning umumiy balansida uning energetik
xususiyatlarini namoyonlanishiga bosim va temperatura sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Bundan tashqari suyuqlik hajmi uni gaz bilan to’yinganligiga qarab o’zgaradi.
Qatlam hajmi va uni to’yintiruvchi suyuqliklar hajmi katta bo’lsa, elastik kuchlar
qatlamning energetik balansi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lishi hamda
qatlamdan neftni quduq tomon siqib chiqarishda sezilarli kuch hisoblanishi mumkin.
Peyzoo’tkazuvchanlik koeffisientidan neft konlarini ishlatishda va ko’pgina
masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin, shuning uchun uni aniqlash va
o’rganish muhim ahamiyatga ega.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin