Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə142/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

8.3. IZOBARALAR XARITALARI 

Konni ishlatish mobaynida qatlamda yuz beradigan o’zgarishlarni kuzatib turish


uchun qatlam bosimining o’zgarish va taqsimlanish jarayonini o’rganish lozim.
Buning uchun izobaralar xaritasi, ya’ni qatlamning teng bosimlari xaritasi tuziladi.
Bu xaritani tuzishda quduqdagi bosim o’lchamlari ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Qatlamning bosimini o’lchashda quduqqa chuqurlik monometri tushirilib, tubida
ma’lum bir vaqt ushlab turiladi, natijada qatlam-quduq, jinslarning fizik xususiyatlari
va flyuidlarning o’zaro ta’siri o’rganiladi. SHuning uchun har bir quduqda chuqurlik
monometrini ushlab turishning shunday vaqtini tanlash kerakki, toki bu vaqt
mobaynida quduq tubidagi bosim uning atrofidagi hudud yoki unga tutash
maydondagi qatlamda ishlayotgan quduqlardagi bosimning o’rtacha qiymatiga teng
bo’lsin.
Quduqlardagi bosim bo’yicha ma’lumotlar mavjud bo’lsa, izobaralar xaritasini
tuzish oson kechadi va u struktura xaritalarini tuzish metodikasiga o’xshash usulda
tuziladi. Izobaralar xaritasini tuzishda qatlamning keltirilgan yotish chuqurligi
o’rniga quduqlar bo’yicha aniqlangan qatlamning statik (amalda dinamik quduq tubi)
bosimlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Amaliyotda qatlamning dinamik bosimini
o’lchash shu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan tayanch quduqlarda, tanlab olingan
ishlatilayotgan quduqlarda va maydon bo’ylab bir tekis joylashgan quduqlarda
amalga oshiriladi.
Izobaralar xaritasini tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
1) turli sanalarda o’lchangan boshlang’ich bosim ma’lumotlarining mavjudligi
va ularni izobaralar xaritasini tuzish sanasiga keltirish zarurligi;
2) bosimni qatlamning yotish chuqurligiga bog’liqligi (bosimning qiymati tog’
jinsining yotish burchagiga bog’liq) va ularni tanlangan shartli yuzaga keltirish
zarurligi;
3) qatlamda statik muvozanatning yo’qligi va shu sababli interpolyatsiyaning va
ayniqsa bosim ekstropolyatsiyasi (o’lchov natijalarini maydonning boshqa qismiga
yoyish)ning tegishli usullarini qo’llash zarurligi.
Izobaralar xaritasini tuzishning o’ziga xos xususiyatlarini batafsil ko’rib
chiqamiz. Quduqlarda qatlam bosimini izobaralar xaritasini tuzish sanasiga
keltirishning (taxminiy hisoblar uchun) eng oson yo’li

bu grafik usulidir. Bu
usulning mohiyati quyida keltirilgan.



206
Qatlam bosimining turli sanalardagi o’lchov


natijalari grafikda nuqtalarda belgilanadi (8.8-rasm).
Hosil bo’lgan nuqtalardan («pashsha» nuqtalar
diagrammasi)
bosimning o’rtacha (xronologik)
pasayish egri chizig’i tuziladi. So’ngra bu egri chiziq
bosimning pasayish sur’atini butun uyum uchun
tavsiflaydi, degan faraz bilan, zarur sanada har
qanday quduq uchun taqribiy bosim qiymatini
aniqlash mumkin. Masalan, izobaralar xaritasi tuzish
kuniga (joriy yilning yanvar oyi uchun) 1 va 2
quduqdagi bosimni aniqlash talab etiladi. Bunday
holatda quduqlar bosimiga mos keluvchi nuqta orqali
bosimning o’rtacha pasayish egri chizig’iga parallel
chiziq o’tkaziladi va talab qilingan bosim aniqlanadi.
Ravshanki, tavsiya etilgan usul taqribiydir.
Shuning uchun bosimni izobaralar xaritasini tuzish
sanasiga keltirish maqsadida bir-biriga yaqin bo’lgan
quduqlar ma’lumotidan foydalanish kerak. Agar
ma’lumotlar xarita tuzish sanasidan ancha avval
(mas., 6 oy oldin) olingan bo’lsa, ulardan
foydalanilmagani ma’qul. Quduqlarda qatlam bosimi
notekis o’lchangan va to’plangan dalillarga
asoslangan ma’lumotlar qatlamning alohida mahalliy uchastkalariga tegishli bo’lsa, u
holda bosimni bir sanaga keltirishda ijobiy natijaga erishish uchun har bir quduqda
o’lchangan qatlam bosimining o’zgarish egri chizig’idan foydalaniladi. Ayrim
quduqlarning egri chiziqlari bo’yicha bosimni aniqlanayotgan sanaga keltirish usuli
yuqorida keltirilgan usulga o’xshash.
Ayrim quduqlarda bosimning notekis o’zgarishini ma’lum sanaga keltirish
uchun qatlam bosimini o’rtacha pasayish egri chizig’idan foydalanish noto’g’ri
natijaga olib kelishi mumkin. Chunki quduqlardan suyuqlikning bir maromda
chiqarib olinmasligi va kollektorlarning litologik-fizik xususiyatlari (asosan uning
o’tkazuvchanligi)ning har xilligi ayrim quduqlarda bosimning pasayish sur’atining
turlicha bo’lishiga sabab bo’ladi.
Qatlamning yotish chuqurligi (tog’ jinsining qiyalik burchagi) quduq tubi
bosimiga ta’sir etadi (8.9-rasm). Bundan ko’rinib turibdiki, pezometrik yuza
gorizontal holatda bo’lsa ham, ayrim quduqlar tubidagi bosim qiymati tog’
jinslarining qiyalik burchagi ta’sirida turlicha bo’ladi. Bosimning taqsimlanish
tafsilotini aniqlash uchun uni shartli yuza sifatida qabul qilingan dengiz sathiga
keltiramiz. Bunday holatda pezometrik yuza gorizontal bo’lsa, barcha quduqlardagi
keltirilgan bosim qiymatiga

teng bo’ladi va keltirilgan bosimdagi har qanday,
hattoki juda oz miqdordagi nome’yorlikni ham oson aniqlash mumkin.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin