219
Qatlamdan neftni chiqarib olgan sari va neftli
zonada bosimning pasayishi mobaynida gaz
shapkasi kengayadi va gaz neftni qatlamning
pasaygan qismlariga, ya’ni quduq tubiga haydaydi.
Hattoki qatlamning
pasaygan qismlarida chekka
suvlarning borligida ham, gaz energiya manbai
sifatida ishlatishning birinchi
bosqichida ustunlik
qiladi.
Lekin gaz qalpog’ida bosimning pasayishi
mobaynida chekka suvlarning ma’lum bir bosimi
ta’sirida qatlamning
neftli zonasidagi neft-gaz
qalpog’i tomon siljishi mumkin. Buning natijasida
neft gaz qalpog’idagi quruq qumlarni namlashi
oqibatida neft butunlay yo’qolishi mumkin.
SHuning uchun gaz qalpog’idan gazni chiqarish
hamda gaz bosimli
rejimda yuqori gaz omilli
quduqlarni ishlatish mumkin emas; gaz qalpog’idagi gazni har tomonlama asrash,
zarur hollarda esa qatlamning neftli zonasidan neftni gaz qalpog’iga siljishining
oldini olish uchun gaz qalpog’iga gaz haydash kerak. Ayrim hollarda gaz qalpog’iga
qatlamdan neft siljishining oldini olish uchun uyumni ishlatish bo’yicha
tegishli
tadbirlarga rioya qilib gaz qalpog’idan gaz chiqarib olish mumkin.
Gaz bosimli rejimda suyuqlikdan bo’shagan g’ovak va bo’shliqlar qatlamning
foydali qismiga kirib kelayotgan qatlam suvi bilan to’la egallanmaydi. Gaz bosimli
rejim odatda kuchsiz o’tkazuvchan samarador qatlam qiya holatda
yotganida paydo
bo’ladi.
Gaz bosimli rejimda neft beraolishlik koeffisienti 0,4-0,5 intervallarda o’zgaradi,
ayrim hollarda 0,6 ga etishi mumkin.
Neft beraolishlikning yuqori koeffisientiga erishish uchun uyumni ishlatishning
maxsus, jumladan uning neftli va gazli qismlarini ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan
tizimlarini qo’llash kerak.
Dostları ilə paylaş: