221
so’nish lahzasida va gravitatsion rejim boshlanishida neft beraolishlik 23% ni tashkil
qilgan; qatlamning yuqori kollektorlik xususiyatlari va gravitatsion rejimning qulay
sharoitlari tufayli yakuniy neft beraolishlik deyarli 50% ga etgan, ya’ni gravitatsion
rejim hisobiga neftning sanoat zaxiralaridan 27% olingan.
Neftning erkin yuzali gravitatsion rejimi odatda bir
oz qiyalanib yotuvchi va
yomon kollektorlik xususiyatli qatlamlarda kuzatiladi. Bu holda quduqlardagi neft
sathi odatda qatlamning ustki qismidan pastda bo’ladi.
Neft faqat ushbu quduq
joylashgan zonadagi maydonlardangina oqib keladi, natijada tabiiy «qiyalik» chizig’i
bilan aniqlanadigan neftning erkin yuzasi hosil bo’ladi. Gravitatsion rejimda neft
beraolishlik qiymati odatda 0,1-0,2 intervallarda o’zgaradi.
Chekka suvlar bosimi (suvlar yo’qligida) etarli bo’lmagan
neftli qatlamlarda
uyumni ishlatishning oxirgi bosqichlarida neftni qatlam bo’ylab quduq tubiga
harakatlantiruvchi yagona omil og’irlik kuchi hisoblanadi, ya’ni qatlamni ishlatishda
gravitatsion rejimga o’tish kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: