236
5) qatlamning boshlang’ich statik bosimini chuqurlik manometri bilan o’lchash,
statik bosimning o’zgarish dinamikasini,
shuningdek, qatlamning ishlatish rejimini
belgilash maqsadida gaz omilining o’zgarish dinamikasini aniqlash;
6) neftli yoki gazli gorizontning unumdorligi
quduqlar mahsuldorligini (shu
jumladan mahsuldorlik koeffitsientini) tajriba-sinash yo’li
bilan belgilash, chiqarib
olinayotgan neft, gaz va suv miqdorini va qatlam sharoitidagi xususiyatlarini
aniqlash; qatlam tabaqalangan bo’lsa, qatlam debiti chuqurlik miqdor o’lchagich
bilan o’rganiladi;
7) uyumning ichki va tashqi neftlilik (va gazlilik) chegaralarini aniqlash; imkoni
boricha suv-bosimli sistemani belgilash zarur;
8) geotermik bosqichni aniqlash uchun elektr termometri bilan o’lchangan
qatlam temperaturasi; quduqning mumkin bo’lgan qiyshayishi (azumit
va burchak
qiyshayishi), quduq tubining loyihada ko’rsatilganidan og’ishi;
9) mahsuldor qatlamning mufassal gidrodinamik tavsifiga, shuningdek, tog’
jinsining
qayishqoqlik
va p’ezoo’tkazuvchanlik koeffitsienti to’g’risidagi
ma’lumotlarga ega bo’lish uchun qatlamning faqat neftga to’yinganliginigina emas,
balki uning o’rab turgan qismining suvga to’yinganligini ham bilish uchun hamma
chegara quduqlarning holatini o’rganish;
10) neftni suv bilan siqib chiqarilishi
shu maqsadda kern laboratoriyada tahlil
qilinadi, siqib chiqarish koeffitsienti
aniqlanadi;
11) neft (gaz)ning boshlang’ich balans zaxiralari va qazib olinishi mumkin
bo’lgan zaxiralari.
Yuqorida qayd etilgan hamma geologik ma’lumotlarni puxta va to’liq o’rganish
mahsuldor qatlam va uni to’yintiruvchi suyuqliklar xususiyatlari to’g’risida yaxshi
tasavvurga ega bo’lishga imkon beradi va bu o’z navbatida,
ishlatishning oqilona
sistemasini loyihalashga va qatlamga ta’sir etish uchun tadbirlar belgilashga va
ishlatish jarayonini boshqarishga sharoit yaratadi.