Geologiyasi


-rasm. Neft uyumini ushburshakli (a) va xalqali (b) chegaralash sxemalari



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə159/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

9.2-rasm. Neft uyumini ushburshakli (a) va xalqali (b) chegaralash sxemalari.
Shartli
belgilarni 9.1 rasmdan qarang



233
sistemalaridan ham foydalanilgan (9.2-rasm). Geologik nuqtai nazardan qaralganda,


qayd etilgan chegaralash sistemalari kesma metodiga nisbatan kam foyda keltiradi.
Kesma metodida uyumni chegaralash bilan bir vaqtda konning strukturasini
o’rganish ham mumkin. Bu metod chegaralashning boshqa sistemalaridan ustun
turadi.
Keng va yassi struktura (ko’tarilma)larda joylashgan neft uyumlarini halqasimon
sistema bilan ham chegaralash mumkin. Bunda uyumning chekka qismida
quduqlarning yangi halqalari ketma-ket ko’paytirib boriladi. Uyumni bunday
chegaralash sistemasidan Volga-Ural neft-gazli provintsiyasidagi ba’zi bir konlarda
foydalanilgan. Ammo konlardagi tog’ jinslarining litologik tarkibi va qalinligini keng
miqyosda o’zgarib turishi o’lchami katta konlarda ham uyum chegarasini ko’p sonli
quduqlar bilan chegaralashni taqazo etadi. Quduqlar oralig’idagi masofa kam bo’ladi.
Yirik konlarni razvedka qilish tajribasi uyumlarning chegaralashni ikki
bosqichda bajarish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi. Birinchi bosqichda
chegaralash quduqlari faqat katta uyumlarni chegaralash uchun qazilib, bir-biridan
uzoq masofada joylashadi, bunda uyumning umumiy o’lchami va neftlilikning ichki
va tashqi chegaralarining holati taqriban aniqlanadi va, shuningdek, neft zaxirasi
baholanadi. Olingan ma’lumotlar asosida uyumni ishlatishning boshlang’ich loyihasi
tuziladi va konlar jihozlanadi.
Ikkinchi bosqichda neftlilik chegarasini, shuningdek, mahsuldor qatlamning
kollektorlik xususiyatlari va qalinligining o’zgaruvchanligini aniqlash maqsadida
chegaralovchi quduqlar oralig’idagi masofa avval qazilgan quduqlarni inobatga olgan
holda bir-biridan kam masofada joylashtiriladi. Uyumlarni chegaralashda
bajariladigan ishlar sur’ati shunday tanlanishi kerakki, toki u ikki-uch yil keyin
burg’ilanadigan ishlatish quduqlar fondini ta’minlasin.
Shunday qilib, konni chegaralashda faqat yuqorida qayd etilgan umumiy
tamoyillarga rioya qilibgina qolmay, balki neftli gorizontlarning litologik tarkibini,
qalinligini, mahsuldor gorizontlarning linzasimon yotishining o’zgaruvchanligini,
quduqlar fondiga bo’lgan talablarga binoan tanlangan ish sur’atini ham hisobga olish
zarur.
Ma’lum neft uyumi uchun burg’ilanadigan ishlatish quduqlari fondini orttirish
uchun bajariladigan chegaralash ishlari va yangi neftli maydonlarni yoki
gorizontlarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan qo’shimcha razvedka
izlanishlarining muvaffaqiyati mavjud geologik ma’lumotlarni hisobga olgandagina
ko’rinadi.
Konni tasdiqlangan ishlatish sistemasiga ko’ra burg’ilashga tayyorlangan
ishlatish quduqlari soni bo’yicha maydonning neftliligi baholanadi. Tayyorlangan
quduqlar fondining sifati bo’yicha quduqlarning quyidagi shartli turkumlari
farqlanadi:
1) yuqori debitli quduqlar

neftning sutka mobaynidagi boshlang’ich debiti har
bitta quduq uchun 25 tonnadan ortiq;
2) o’rtacha debitli quduqlar

debiti bir sutkada 7-25 tonna;
3) kam debitli quduqlar

debiti sutkada 7 tonnadan kamroq.



234
Quduqlar fondlari razvedka qilinganlik darajasiga qarab zaxiralar bo’yicha


Davlat komissiyasi qo’llanmasiga binoan quyidagi toifalarga bo’linadi:
A

konni ishlatish va undan foydalanish bo’yicha qamrab olingan uchastkalar
fondlari. Bularga ishlatilayotgan quduqlar, shuningdek, razvedka qilinib, ishlatish
maqsadidagi burg’ilashga tayyorlangan uchastkalardagi fondlar mansub;
V

razvedka burg’ilashi bilan chegaralanmagan, ammo ularning sanoat
miqyosidagi gaz-neftliligi razvedka quduqlaridagi sinash ishlari bilan yoinki
uyumning geologik tuzilishi aks ettirilgan karotaj diagrammalari ma’lumotlari
asosida aniqlangan uchastkalar fondlari;
S
1

fondi yuqori toifali maydonlarga yondoshgan uchastkalar fondlari.
Bularning sanoat miqyosidagi gaz-neftliligi geologik jihatdan o’xshash maydonlarga
qarab yoki bitta quduqdan sanoat miqyosida neft chiqarib olinishiga qarab
tasdiqlanadi.
Gaz konlaridagi sanoat razvedkasi metodlari asosan neft konlaridagi singaridir.
Ammo bunda gaz uyumlarining xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Bunday
xususiyatlarga gaz qovushqoqligining neft qovushqoqligiga nisbatan juda kamligi,
zichligining ozligi va tarangliligining yuqoriligi kiradi. Gazning bunday xususiyatlari
uyumlarni kam sonli quduqlar bilan qisqa vaqtda razvedka qilish imkoniyatini beradi.
Gaz uyumlarini ochish uchun burg’ilanayotgan quduqlar oralig’idagi masofa
neft uyumlarini ochish uchun qazilayotgan quduqlar oralig’idagi masofadan qariyb
1,5 marta ortiq bo’ladi. Faqat tarkibi bir xil bo’lmagan qatlamlar va uzilishlar bilan
murakkablashgan strukturalarni burg’ilashda gaz quduqlari oralig’idagi masofa neft
uyumlari uchun belgilangan miqdorga teng qilib olinadi.
Gaz uyumlarini razvedka qilishda gaz qovushqoqligining eng yuqori emasligi va
harakatlanishining tezligi sababli uyumning chegaraorti va chegaraoldi qismlari
atroflicha razvedka qilinmaydi.
Gaz uyumlari mavjud maydonlarda (shu jumladan chegaraoldi zonalarida ham)
atroflicha bajarish shart emas, chunki gazning qovushqoqligi va tarangligi kam
bo’lganligi bois u uzoq uchastkalardan ishlatish quduqlari tomon harakatida qatlam
energiyasini ozroq yo’qotishi mumkin. SHu sababdan gaz uchun sanoat miqyosida
razvedka qilishni loyihalashtirishda va bajarishda gaz berish ehtimoli bor razvedka
quduqlari soni uyumdan foydalanish uchun zarur bo’lgan ishlatish quduqlari sonidan
ortib ketmasligi kerak.
Gazni yuqorida qayd etilgan o’ziga xos xususiyatlarini nazarda tutgan holda,
razvedka quduqlaridan olingan ma’lumotlarni uyumdagi qisqa muddatli tajriba
tariqasidagi ishlatishdan olingan dalillar bilan to’ldirish lozim. Bunday ishlar
uyumning holatini dastlabki baholash va bosimni pasaytirish metodi vositasida gaz
zaxirasini aniqlash uchun bajariladi.
Gaz uyumini tajriba tariqasidagi ishlatish asosida boshlang’ich bosimdan
uyumning ishlatish zonasidagi qatlam bosimi faqat 0,1-0,2 MPa ga pasayganda
hisoblangan zaxirasi miqdori har doim ham natija berolmaydi. SHunday yo’l bilan
hisoblangan gaz zaxirasining miqdori faqat uyumning o’lchami kichik, kollektor-
qatlam bir tarkibli bo’lganda zaxiraning haqiqiy miqdoriga to’g’ri keladi.



235
Kollektorining tarkibi har xil bo’lgan yirik gaz uyumlarida shunday yo’l bilan


aniqlangan zaxiralar miqdori haqiqiy zaxiralardan keskin farqlanishi mumkin.
Gaz uyumini chegaralashda gaz-suv tutash yuzasi holatini ortiqcha chegaralash
quduqlarini burg’ilamasdan hisoblash yo’li bilan aniqlash kerak (8 bob, 2-§ ga
qarang).

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin