Geologiyasi


 NEFT VA GAZ UYUMLARINI CHEGARALASH



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə157/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

9.2. NEFT VA GAZ UYUMLARINI CHEGARALASH 



231
Hozirgi vaqtda neftlilik va gazlilik chegarasini belgilash va neft yoki gazning


sanoatbop zaxiralarini orttirishga etarlicha e’tibor berilmayapti. Buning asosiy
sababi, konni sanoat miqyosida razvedka qilishning yangi, zamonaviy sxemalarini
bunyodga kelishida va razvedka chog’ida bajariladigan vazifalarning bir qismining
ishlatish quduqlarida bajarishga o’tilganligidadir. Ammo konni ishlatishning
asoslangan loyihasini tuzish va uyumni chegaralash masalalarini hozirgi vaqtda kun
tartibidan butunlay olib tashlanishi maqsadga muvofiq emas. Masalan, AQSh va
Yaqin Sharqda ishga tushirilayotgan har bir konda etarli darajada geologik
ma’lumotlar bo’lmaganda burg’ilangan mahsulsiz quduqlar soni 15-35 taga etgan,
agar geologik va geofizik tadqiqotlar asosida kon ishlatishga tayyorlangan bo’lsa,
mahsulsiz quduqlar soni 5-10 tagacha kamaygan. Umuman olganda, AQSh da
uyumlar amalda chegaralanmaydi, o’rta hisobda har bir ochilgan va ishga tushirilgan
uyumga uni chegaralovchi quduqlarning yarmi to’g’ri keladi. Sobiq Ittifoqda esa
ishga tushirilgan bitta neft uyumiga to’rtta va undan ko’p chegaralovchi quduqlar
to’g’ri keladi. Shuning uchun ham konlarni ishlatishga jalb etish samarasi 2-3 marta
yuqori.
Lekin konlarni zudlik bilan o’zlashtirish masalasi uyumlarni chegaralashga
jiddiy e’tibor berishni, burg’ilangan quduqlarni to’liq va har tomonlama o’rganish
orqali chegaralovchi quduqlar sonini keskin qisqartirishni talab qiladi.
Uyumlarni
chegaralash
tajribalaridan
foydalanish
maqsadida
uyumni
chegaralashning hozirgacha neft va gaz sanoatida keng qo’llanilayotgan ba’zi bir
printsip va sxemalarini o’rganish to’g’ri bo’ladi. Konlarni chegaralashni o’tkazishda
odatda quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilinadi:
1) chegaralovchi quduqlar kesmalar (ya’ni
qatorlar) bo’yicha neft uyumining cho’ziq
tomoniga ko’ndalang qilib joylashtiriladi; kesmalar
soni uyumlar o’lchamiga binoan aniqlanadi
(odatda uchtadan ortiq emas); kesmalar sistemasi
orqali birdaniga ikki vazifa hal qilinadi: qatlam
strukturasi aniqlanadi va neft uyumining chegarasi
belgilanadi;
2)
kesmalardagi
quduqlar
ma’lumdan
noma’lumga
printsipi
bo’yicha
ketma-ket
burg’ilanadi; quduqlar fondini orttirish talabiga
ko’ra bu printsipni ayrim quduqlar uchun emas,
balki quduqlar guruhiga qo’llash mumkin;
3) quduqlar kesmalarda loyiha bo’yicha
keyinroq
qaziladigan
ishlatish
quduqlarining
joylashishiga mos keladigan masofada o’rnatiladi.
Neft uyumlarini chegaralashning qat’iy kesma
sxemasi 9.1-rasmda ko’rsatilgan.
Kesmalardagi quduqlar oralig’idagi masofa konning geologik tuzilishi
xususiyatlariga bog’liq holda tanlanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin