Geologiyasi


 NEFT VA GAZ KONLARINI SANOAT MIQYOSIDA



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə156/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

9.1. NEFT VA GAZ KONLARINI SANOAT MIQYOSIDA 
RAZVEDKA QILISH ASOSLARI 
Neft va gaz konlarini, shuningdek, ayrim neft uyumlarini sanoat miqyosida
razvedka qilish deganda, razvedka quduqlarining joylashtirish sistemasini belgilash,
ularni kerakli miqdorda burg’ilash, uyumlarning mahsuldor maydonlarini belgilash
va ularni chegaralash uchun burg’ilangan quduqlarda geologik, geofizik,
gidrodinamik va boshqa tadqiqotlarni bajarish, neft va gaz zaxiralarini hisoblash,
konni ishlatish loyihasini tuzish uchun qatlam va flyuidlarni geologik tuzilishini,
fizik xossalarini o’rganish tushuniladi.
Mahsuldor qatlamlarni razvedka quduqlari bilan burg’ilab o’tish chog’ida ularni
tester (qatlamni sinash asbobi) yordamida o’rganiladi va qatlam sharoitini saqlagan
holda chuqurlikdan neft namunasi olinadi.
Izlov va razvedka burg’ilashiga tayyorlangan yangi maydonda neft yoki gazning
sanoat miqyosidagi dastlabki oqimi chiqqan vaqtdan boshlab, to konni ishga
tushirishgacha ketgan vaqt konni sanoat miqyosida razvedka qilish davri hisoblanadi.
Ko’p qatlamli konlarni razvedka qilish, odatda eng foydali hisoblangan «pastdan-
yuqori»ga sistemasi bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday sistema bo’yicha razvedka
qilish eng kam quduqlar bilan ochilgan mahsuldor gorizontlarni va umuman konlarni
sanoat miqyosida baholash imkonini beradi.
Kesimni neftgazliligini va tadqiqot olib borilayotgan maydonlardagi ayrim
stratigrafik majmualarni tez o’rganish maqsadida kristall poydevor ustida joylashgan
cho’kindi yotqiziqlarni razvedka quduqlari bilan ochish lozim. Agarda poydevor
burg’ilash dastgohlari bilan etib bo’lmaydigan chuqurlikda joylashgan bo’lsa, u
holda quduqlarni mahsuldor qatlamlarning ostki qismigacha burg’ilash tavsiya
etiladi.
Quduqlarni burg’ilashdan olingan natijalar bo’yicha katta qilinlikdagi mahsuldor
qatlamlarning gazneftliligini, struktura rejalarining farqini o’rganish va, shuningdek,
murakkab tuzilishli gorizontlarning kesimda mavjudligi asosida razvedka qavatlari
ajratiladi, so’ngra ular mustaqil to’rlar asosida burg’ilangan quduqlar yordamida
razvedka qilinadi.
Juda yirik konlar va ayrim yirik uyumlarni razvedka qilishda quduqlar ko’pincha
kesma sistemasi bo’yicha joylashtiriladi. Quduqlarni bunday joylashtirish bir
vaqtning o’zida konning strukturasi, neft uyumining chegaralari to’g’risida va uyum
zaxiralarini hisoblash va konni ishlatish loyihasini tuzish uchun zarur bo’lgan
ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Quduqlarni joylashtirishda kesma sistemasini ishlatish chiziqsimon cho’zilgan
strukturalardagi uyumlarni razvedka qilishda, shu jumladan qatlam parametrlarini
(ayniqsa mahsuldor gorizontlarning qalinligini) burma o’qining cho’zilishiga
ko’ndalang holatda o’zgarishi to’g’risida ma’lumot bo’lganda foydali hisoblanadi.
Ayrim holatlarda quduqlarni bir tekisda joylashtirish sistemasining quduqlarni
kesma sistemasi bo’yicha joylashtirishga nisbatan afzallik tomonlari bo’lishi
mumkin. Bunday holat ayniqsa noto’g’ri shakldagi yirik strukturalarni sanoat
miqyosida razvedka qilishda, mahsuldor gorizontlar qalinligining o’zgarishi burma



228
o’qi bo’ylab sodir bo’lganda va quduqlarning ko’ndalang kesmalari yo’nalishiga mos


kelmagan taqdirda ko’zga yaqqol tashlanadi.
Gaz konlarini va ko’p qatlamli gaz konlarining ayrim uyumlarini razvedka
qilishda, gazni bir qatlamdan ikkinchisiga o’tkazish amalga oshirilganda hamda gaz
zaxirasini hisoblashda qatlam bosimini pasayish metodidan foydalanish yaxshi natija
beradi.
Mahsuldor gorizontlarni jadal sur’atda aniqlash zaruriyati tug’ilganda quduqlarni
burg’ilash jarayonida qatlamlarni sinagich uskunalari bilan o’rganishni amaliyotga
tadbiq qilish zarur. O’zbekiston Respublikasida neftni chiqarib olish va konni
ishlatishga tayyorlash metodlari yil sayin rivojlanib bormoqda. CHunonchi Buxoro-
Xiva neft-gazli regionida yer qa’rining chuqur joylaridan neft va gazkondensat
konlarini izlashda zamonaviy kompressor stantsiyalaridan foydalanilmoqda. Neft
sanoati rivojlanishining hozirgi bosqichida bajariladigan izlanishlar va razvedka
ishlarining muddatini qisqartirish va yangi neft hamda gaz konlarini kam xarajatlar
bilan o’zlashtirish muhim hisoblanadi.
Sobiq Ittifoq va O’zbekiston Respublikasining bir qator regionlarida neftni
chiqarib olish va konni ishlatishga tayyorlash bo’yicha bajarilgan ishlar tajribasidan
ma’lum bo’lishicha, konni sanoat miqyosida o’zlashtirish va uni ishlatishga
tayyorlash muddatini 1,5-2 marta qisqartirish mumkin ekan.
Konni sanoat miqyosida razvedka qilish tugagandan so’ng uyumni sanoat
miqyosida ishlatish ishlarini ketma-ket bajarish sistemasidan foydalanish foydasiz
ekanligi ma’lum bo’ldi. Bu sistema neft chiqarib olish sanoatining rivojlanishini
pasaytirib yuboradi. Ushbu sistemaga muvofiq bajariladigan ishlar quyidagi sxema
bo’yicha amalga oshiriladi:
1) uyum o’lchami va shaklini aniqlash hamda zaxiralarni S
1
toifa bo’yicha
baholash maqsadida bajariladigan dastlabki razvedka ishlari qariyb 2-3 yil davom
etgan;
2) uyumni chegaralash va zaxiralarni yuqoriroq A va V toifalarga o’tkazish
maqsadida mukammal razvedka ishlari bajarilgan. Bunday ishlar konni o’lchami va
geologik tuzilishining murakkabligiga qarab kamida 2-5 yil mobaynida bajarilgan;
3) uyumning ayrim uchastkalarining geologik tuzilishini va uyumning
parametrlarini aniqlash uchun ishlatish razvedka ishlari bajarilgan. Bunday ishlar neft
va gaz uyumlarini ishga tushirish muddatini cho’zib yuborgan.
Uyumlarni razvedka qilish va ishlatishning bunday qat’iy ketma-ketlik sistemasi
ayni paytda, neft va gaz qazib chiqarishni ta’minlay olmaydi. SHu bilan birga
uyumlarni razvedka qilish va ishlatish texnikasining hozirgi darajasi shuningdek, neft
va gaz konlarining geologik tuzilishini ilmiy jihatdan o’rganganlik darajasi konni
o’zlashtirish va uni sanoat miqyosida ishlatishga tayyorlashni mukammal texnologik
sxemalarini qo’llash imkonini beradi.
Chunonchi, oxirgi o’n yilliklar mobaynida ba’zi bir rayonlarda, shu jumladan
Ukraina, G’arbiy Sibir va O’zbekistondagi ayrim neft va gaz konlarida yangi
texnologik sxemalardan, ya’ni konni razvedka qilish va ishlatishning parallel va
kombinatsiyalashgan
sistemalaridan
amalda
foydalanildi.
Bunday
parallel
sistemaning mohiyati shundan iboratki, neft va gazni sanoat miqyosida qazib
chiqarish konni razvedka qilish va ishlatish uchun burg’ilash hamda razvedka va



229
ishlatish quduqlarini burg’ilash razvedkaning mufassal, goho dastlabki bosqichida


olib boriladi. Bunday sharoitda burg’ilash uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqaradi.
Kombinatsiyalashgan sistemaning parallel sistemadan farqi shundaki, bunda
konni razvedka qilishda faqat ishlatish quduqlaridan foydalaniladi. Bunday sharoitda
ishlatish quduqlari ikki asosiy vazifani bajaradi, ya’ni ular orqali kon razvedka
qilinadi va keyinroq ulardan konni ishlatishda foydalaniladi. Binobarin bunday
quduqlar burg’ilash jarayonida razvedka quduqlari vazifasini ham bajaradi va ularda
razvedka jarayoniga xos bo’lgan: kern olish, kon-geofizikasi, gidrogazodinamik va b.
tadqiqotlar bajariladi. Burg’ilash jarayoni tugagandan so’ng bunday quduqlardan
konni ishlatishda va neft va gaz olishda foydalaniladi.
Neft va gaz uyumlarini sanoat miqyosida razvedka qilishning yangi sxemalarini
ishlatishda konlarni o’zlashtirish muddati, unga sarf bo’ladigan xarajatlar keskin
kamayadi. Shu bilan birga razvedka qilishning bunday sxemalari konning geologik
tuzilishi xususiyatlarini inobatga olishi, yangi konlarni tez va samarali o’zlashtirishni
amaliyotda sinab ko’rishni va konni yanada mukammal o’rganishni talab qiladi.
Konni oxirigacha razvedka qilishda odatda ikki asosiy masala ko’ndalang
bo’ladi: 1) mahsuldor bo’lish ehtimoli bor bo’lgan yangi uchastka va maydonlarni
izlab topish; 2) kondagi neft-gaz zaxiralarini hisoblash uchun zarur ma’lumotlarni
olish maqsadida va uyumni ishlatish bilan bog’liq masalalarni hal etish uchun
avvaldan mavjud bo’lgan uyumlar parametrlarini aniqlash.
Yangi aniqlangan maydon va uchastkalarni oxirigacha razvedka qilishda,
qoidaga ko’ra, razvedka quduqlari eng yuqorida joylashgan deb taxmin qilinayotgan
uyumlar uchun loyihalanadi. Uyumlar cho’ziqligiga ko’ndalang yo’nalishda
razvedka ishlari bajarilganda va quduqlar uyum parametrlari ma’lum tomondan
noma’lum tomon yo’nalishi bo’yicha ketma-ket qazilganda eng yaxshi natijaga
erishish mumkin.
Konni oxirigacha razvedka qilish sistemasi va burg’ilanadigan razvedka
quduqlarining o’rni taxmin qilinayotgan neft (yoki gaz) uyumining tipi va shakliga
qarab aniqlanadi. Agar neft (gaz) uyumi buzilish yoki nomuvofiqlik yuzalari bilan
bog’liq bo’lsa, bunday sharoitda razvedka quduqlari buzilish yoki nomuvofiqlik
yo’nalishiga ko’ndalang qilib joylashtiriladi. Yangi aniqlangan maydon va
uchastkalarni oxirigacha razvedka qilishda mahsuldor gorizontning fatsial
o’zgaruvchanligini, shuningdek, uning litologik qiyiqlanishini inobatga olish kerak.
Neft (yoki gaz) uyumining parametrlarini aniqlash uchun burg’ilanadigan
quduqlarni loyihalashtirishda ishlatish quduqlari fondining bir qismidan foydalanish
mumkinligini hamda yangi burg’ilanadigan uchastkalar burg’ilangan uyumga
o’xshash ekanligini inobatga olish zarur. Ochilgan neft va gaz gorizontlarini to’liq
baholash uchun uyumning geologik tuzilishi kon-geofizikasi tadqiqotlari hamda
quduqlarda (qatlam sinagichlari yordamida) bajarilgan sinov natijalari mukammal
o’rganib chiqiladi.
Yangi ochilgan mahsuldor gorizontlarni, ayniqsa razvedka qilinayotgan
rayonlardagilarini sanoat miqyosidagi ahamiyatini qiyosiy baholash uchun quyidagi
ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq:
1) quduqda bajarilgan tajriba ishlari asosida aniqlangan quduq debiti miqdori va
uning barqarorligi;



230
2) kollektorning fizik-litologik tavsifi, qalinligi, g’ovakliligi va o’tkazuvchanligi;


3) struktura o’lchami, uning geologik tuzilishining murakkabligi, neft (gaz)
uyumining struktura bilan o’zaro bog’liqligi va uyumning shakli;
4) gorizontning rejimi, qatlam bosimi va uning razvedka quduqlarini sinash
jarayonida o’zgarishi to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar, neftning gazga to’yinish
bosimi, gaz omili, uning miqdorining quduqni sinash vaqtida o’zgarishi, quduqlarni
o’zaro ta’siri to’g’risidagi ma’lumotlar;
5) ushbu neftgazli oblastdagi mazkur gorizontning avval o’rganilgan boshqa
mahsuldor gorizontlarga nisbatan stratigrafik joylashgan holati;
6) gorizontning joylashgan chuqurligi, joyning relefi, temir yo’l magistrallari va
asfalt yo’llarning yaqinligi va sh.o’.larga bog’liq bo’lgan iqtisodiy omillar.
Qayd etilgan barcha ko’rsatkichlarni birgalikda hisobga olish razvedka
quduqlarini sinashdan olingan ma’lumotlarni to’liq baholashga imkon beradi.
Konning sanoat miqyosidagi ahamiyati to’g’risida xulosa izlov-razvedka burg’ilashi
va geologik, geofizik, gidrodinamik tadqiqotlar majmui ma’lumotlari tahliliga
asoslanadi.
Konni baholashda hozirgacha burg’ilab ochilmagan, chuqurroqda joylashgan
neftli va gazli gorizontlarning bo’lishi mumkinligini nazarda tutish kerak. Ochilgan
neft gorizontlarni baholashda esa neft konlari uchun neft va yo’lakay gazning
tavsifini, tabiiy gaz konlari uchun esa tabiiy gazning qatlam sharoitidagi tavsifini,
shuningdek, neft va gazning tovar sifatini hisobga olish lozim.
Kon maydonlarida bajarilgan razvedka ishlari jarayonida jinslarning kesimini
belgilash uchun tadqiqotlar olib borish, neftli va gazli gorizontlarni aniqlash,
shuningdek, neft qatlamlarida neft va yo’lakay gazlar zaxirasini, gazli gorizontlarda
esa gazning zaxirasini aniqlash uchun keng ko’lamda muhim tadqiqotlar o’tkaziladi.
Razvedka ishlaridan olingan ma’lumotlar puxta ishlanib, sistemaga solinadi.
Natijada konning geologik tuzilishi, mahsuldor qatlamlar va qatlam suyuqliklarining
fizik va kollektorlik xususiyatlari aniqlanadi.
Razvedka ishlarining piravordida ba’zi bir konlarda neft hoshiyasining
mavjudligi belgilanadi. SHuning uchun razvedka quduqlarida, ayniqsa qatlamning
chegara tashqarisi zonasiga tushgan quduqlarda qatlam bosimi miqdorini o’lchash va
statik sathni belgilash uchun sinash ishlarini bajarish lozim. Bular asosida suvning
regionda harakatlanishini va past bosimli zonalarda bo’lishi ehtimol qilingan neft
hoshiyalarini topish mumkin.
Nihoyat, razvedka quduqlarida uyumni tajribaviy ishlatish vaqtida gidrorazvedka
(gidroeshitish) ishlarini amalga oshirish lozim. Bunday ishlar natijasida to’silgan neft
uyumlari va mahsuldor qatlamlarning litologik tarkibini har xilligini aniqlash
mumkin bo’ladi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin