Geologiyasi


-rasm. Uyumni chegara ishra suv bostirib



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə173/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.8-rasm. Uyumni chegara ishra suv bostirib 
ishlatish sxemasi.
a – gumbaz bo’ylab (yoki o’q
bo’ylab) suv haydash; b – markaziy suv bostirish 1 –
uyumning yuqori
chegara
si; 2 – neftlilik
chegara
si;
3 – haydash quduqlari; 4 – ishlatish quduqlari



257
Maydoniy suv bostirish


– o’tkazuvchanligi
yomon, lekin nisbatan bir tarkibli qatlamlarda neft
kamayganda maydon bo’ylab suv bostirish yo’li bilan
neft olish metodi. Bunda haydash va ishlatish
quduqlari maydon bo’ylab bir xil joylashtiriladi.
Odatda bu sistemada quduqlar chiziqli (10.9-rasm),
yohud besh nuqtali, etti nuqtali va b. ko’rinishda
joylashtiriladi (10.10-rasm).
Maydoniy suv bostirishda haydash quduqlari
tubidan qatlamga kirib borayotgan suv g’ovaklar
orasidagi neftni qatlam bosimi past bo’lgan tomonga,
ya’ni ishlatish quduqlari tomonga harakatlantiradi,
ya’ni siqib chiqaradi. Qatlamga maydoniy gaz
haydash usulidan farqli o’laroq, bu metodda ishlatish
quduqlari maydon bo’ylab bir tekis joylashtiriladi,
haydash quduqlari esa ularning atrofini o’rab turadi.
Quduqlarning bunday joylashuvida neft olish
jarayoni jadal kechadi, chunki haydash quduqlari soni
ishlatish quduqlari soniga teng yoki undan ikki-uch
baravar ko’p bo’ladi. Agar qatlam har xil tarkibli
bo’lsa, qatlamning o’tkazuvchan uchastkalaridagi
suvning ishlatish quduqlariga barvaqtroq kirib borishi
kuzatiladi, natijada uning samarasi keskin pasayadi.
Tanlab 
suv 
bostirish

maydoniy
va
o’choqsimon suv bostirishning bir turi bo’lib, bu
metod mahsuldor qatlamning qalinligi keskin
o’zgaruvchan va neft uyumlaridagi kollektorlarning
tarkibi har xil bo’lganda qo’llaniladi. Bunday
hollarda uyum bir maromda joylashgan uchburchak yoki kvadrat to’r bo’yicha
kavlangan quduqlar bilan ochiladi va hamma quduqlar ishga tushiriladi. So’ngra
quduqlarni tajribaviy ishlatish va ularning geologik kesimlarini taqqoslash asosida
burg’ilangan quduqlar orasidan suv haydashga yaroqli qatlamlar tanlab olinadi.
Ushbu haydash quduqlarining geologik kesimida o’tkazuvchan jinslarning qalinligi
katta, o’tkazuvchanligi yuqori va qo’shni quduqlar bilan aloqasi yaxshi bo’lishi va
suv bostirilganda uyumning katta maydoni qamrab olinishi lozim.
Uyumni tanlab suv bostirish sistemasi Tataristondagi quyi karbon davri
yotqiziqlaridagi yuqori qovushqoqlikka (18-20 mPa·s) ega bo’lgan neft konlarida
muvaffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda.
G’ovakli tipdagi, karbonat kollektorli neft qatlamlari o’zining gidrodinamik
tavsifiga ko’ra terrigen kollektorli qatlamlarga juda yaqin turadi, shu sababli bunday
qatlamlarga suv bostirish sistemasi umuman olganda qumli kollektorlar uchun
yuqorida qayd qilingan sistemalardan farq qilmaydi.
Karbonat kollektorlardagi neft uyumlari o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularda
suv bosimli sistema bilan uyum oralig’idagi gidrodinamik bog’liqlik juda qiyin
kechadi, shu sababli karbonat kollektorlardagi uyumlarning chegara tashqarisiga suv

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin