259
Shuningdek, neft va gaz uyumlarini ishlatishda qatlam bosimini saqlash va gaz-
neft tutash yuzasi holatining harakatsizligini ta’minlash maqsadida chegara
tashqarisiga suv bostirish imkoniyatlari ham hisobga olinadi.
Neft uyumini chekka suvlar bosimidan
foydalanib ishlatish sistemalari.
Sistema tabiiy
suv bosimli yoki faol tarang-suv bosimli
rejimdagi qatlam tipidagi neft uyumlarida
qo’llaniladi. Bunga ko’ra
ishlatish quduqlari
neftlilikning chegarasi ichiga parallel holda,
uyumning neftli qismida halqasimon qatorlar
shaklida joylashtiriladi. Quduqlar imkon qadar
shaxmat tartibida joylashtiriladi (10.11-rasm).
Quduqlarning suvsiz ishlatish
davrini uzaytirish
maqsadida quduqlar qatori oralig’idagi masofa
quduqlar oralig’idagi masofaga nisbatan kattaroq
qilib olinadi. Shu maqsadda tashqi qatordagi
quduqlarda qatlamning neftga to’yingan pastki
qismi teshilmaydi. Ichki
qatordagi quduqlardagi
neftga to’yingan qatlamlar qalinligi bo’yicha
teshiladi.
Quduqlarning bunday joylashtirilishi va teshilishi uyumga chekka suvlarning
kirib kelishini va undan suyuqlikni chiqarib olishni ta’minlaydi. Uyumning suv-neftli
qismidagi neft suv ta’sirida siqilib, quduq tomon harakatlanadi. Uyumni ishlatish
jarayonida neftlilik chegarasi tortilib,
kichrayib boradi, uyum o’lchami kamayadi.
Shunga ko’ra dastlab quduqlar qatorining tashqi halqasidagi quduqlar suvlanadi va
ishdan chiqadi, ma’lum vaqt o’tgach esa keyingi qatorlardagi quduqlar ham ishdan
chiqadi.
Neft uyumini ostki suvlar bosimidan foydalanib ishlatish sistemalari
.
Sistema
massiv tipidagi (odatda uyumning hamma maydoni ostida ostki suvlar mavjud
bo’lganda) neft uyumlarida qo’llaniladi. Bunday uyumlar suv bosimli yoki faol
tarang-suv bosimli rejim bilan tavsiflanadi. Uyumlar ishlanganda neftning suv
ta’sirida siqilishidan hamma joyda suv-neft tutash yuzasi sathi ko’tariladi, ya’ni bir
xil gipsometrik balandlikda joylashgan uyumlar oralig’i ketma-ket suvlana boshlaydi
va uyumlar o’lchami kichrayadi.
Dostları ilə paylaş: