261
Qatlamga suv(Q
c
) va gaz(Q
g
) haydab chiqarib olinadigan neft(%)
V
n
/V
g
Q
c
Q
g
3/1
1/3
1/7
74,3
51,2
33,5
15,5
38,5
56,5
Uyumning neftli qismining hajmi gaz qalpog’inikiga nisbatan katta bo’lsa, suv
bosimining ta’siri samaraliroq bo’ladi, gaz qalpog’idagi
gaz bosimining kamayishi
esa qatlamlarning yotish burchagi va uyumning neftli qismining balandligi katta,
qatlam bosimi va jinslarning o’tkazuvchanligi
qiymati yuqori hamda jins-
kollektorlarning suv singdirishi kuchli bo’lganda kuzatiladi. Bunday sharoitlarda
uyumni ishlatish suv va gaz konuslarining hosil bo’lishi bilan murakkablashadi.
Gaz-neft tutash yuzasi holati qo’zg’almas bo’lganda qatlam suvi bosimidan
foydalanib uyumni ishlatish sistemalari.
Sistema neft-gaz uyumidan (aralash tabiiy
rejimda) neftni gaz qalpog’i hajmi o’zgarmas bo’lganda qatlamga suv haydash orqali
chiqarib olishga mo’ljallangan. Gaz-neft tutash yuzasini uning boshlang’ich holatida
barqarorlashuvini ta’minlash uchun gaz qalpog’idagi
bosim boshqariladi, undan
maxsus qazilgan quduqlar orqali ma’lum bir
hajmdagi gaz chiqarib olinadi, uning
miqdori uyumning neftli qismidagi bosimni pasayish sur’atiga mos kelishi kerak.
Uyumni ishlatishning bunday sistemasida quduqlarni perforatsiyalash oralig’i
gaz-neft tutash yuzasiga yaqinroq bo’lishi mumkin. Lekin perforatsiyalash oralig’ini
tanlashda suv va gaz konusining hosil bo’lish imkoniyatini hisobga olish hamda suv-
neft tutash yuzasi sathining ko’tarilish sharoitida ishlatish
quduqlarining suvsiz
ishlaydigan davrini uzaytirishga harakat qilish lozim. Gaz-neftli uyumlarning neftli
qismini ishlatishda eng qulay perforatsiyalash intervallarini
asoslash metodi tegishli
bobda berilgan.
Gaz qalpog’i energiyasi ta’sirini yo’qotib, uyumni ishlatish sistemasi uyumning
neftli qismi balandligi katta,
neft qovushqoqligi past, qatlamning o’tkazuvchanligi
yuqori va qatlam kesimida suyuqlik o’tkazmaydigan qatchalar mavjud bo’lganda
muvaffaqiyatli qo’llaniladi.