275
III
davr 1961 yildan boshlandi. Bunda o’lchami o’rtacha va nisbatan kichik
bo’lgan, o’tkazuvchanligi past, tarkibi har xil va chegara
orti zonasi bilan yaxshi
bog’lanmagan qatlamlardagi neft uyumlarining chegarasi ichiga suv haydaldi.
Shunday qilib, neft uyumlarini ishlatishni jadallashtirish maqsadida chegara
ichra suv bostirish qo’shimcha ravishda chegara tashqarisiga
suv haydashni talab
etmaydigan mustaqil sistemaga aylandi (Uzen, Pravdin, Samotlor va b. neft
konlarida). Bu davrda ilgari chegara ortiga suv bostirish yo’li bilan ishga tushirilgan
ko’pgina konlarda ishlatish samaradorligini oshirish uchun chegara ichiga suv
haydash boshlandi (Muxanov, Magion va b. neft konlarida).
Keyingi yillarda bir qator rayonlarda geologik tuzilishi yaxshi o’rganilmagan,
neft qovushqoqligi yuqori bo’lgan uyumlarning ishga
tushirilishi sababli suv
bostirishning yangi sistemasi
maydoniy va tanlanma suv bostirish amalga oshirildi.
Bunda ishlatish quduqlari uch qator qilib joylashtirildi. Ishlatish sistemasini
jadallashtirish uchun boshqa tadbirlar ham qo’llanila boshlandi. CHunonchi, uyumni
kesuvchi quduq qatorlari oralig’idagi masofani hamda
haydash quduqlari qatorlari
oralig’idagi masofani va ishlatish quduqlarining birinchi qatori oralig’idagi masofani
qisqartirish uyumni suv bostirish orqali to’liq qamrab olish imkonini berdi (Osin
konida 2000 m dan 1000-1300 m gacha va hattoki 600 m gacha), haydash quduqlari
va suyuqlik chiqarib olish zonasi oralig’idagi bosimning farqini 5,0-6,0 dan 14,0-
17,5 MPa ga oshirish mumkin bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: