Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə179/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

10.6.1. Fizik-kimyoviy metodlar 

Kimyoviy reagentlardan foydalanib suv bostirish.
Bu yangi metodlar guruhi
mahsuldor qatlamga quyuqlanishi 0,02-0,2% bo’lgan kimyoviy moddalarning suvli
eritmasini haydashga asoslangan. Haydalayotgan eritmalar uyumdagi bo’shliqlarning
umumiy hajmining 10-30% ni egallaydi va neftni siqib chiqaruvchi hoshiya hosil
qiladi. So’ngra hoshiyani harakatga keltirish uchun qatlamga ishchi omil − suv
yuboriladi. Ushbu metodlar oddiy suv bostirish usulida ishlatiladigan quduqlar
to’rida bajarilishi mumkin. Ular yordamida qatlam nefti qovushqoqligi qiymatini
keskin o’zgartirishi (50-60 mPa·s gacha) mumkin, keyin esa oddiy suv bostirish
metodlari qo’llaniladi. Uyumni ishlatishning dastlabki bosqichida neftni chiqarib
olish koeffitsienti qiymati oddiy suv bostirishga qaraganda birmuncha ortishi (3-10%
ga) mumkin. Quyida eng mashhur va ko’p qo’llaniladigan metodlar tavsifi beriladi.
Polimerlarning suvli eritmalari yordamida neftni siqib chiqarish
. Bu jarayonda
poliakrilamid eritmasini qo’llash yaxshi natija beradi. Poliakrilamidni haydalayotgan
suvga qo’shsa, uning qovushqoqligini orttiradi, qatlam neftining esa nisbiy
qovushqoqligini kamaytiradi (μ
o

n

s
). Bu suv va neft oralig’idagi bo’luvchi
chegara (siqib chiqarish fronti) turg’unligini orttiradi, natijada suvning neftni siqib
chiqarish xususiyati kuchayadi va uyumning to’liq hajmi ishga tushiriladi.
Ushbu metod qatlam nefti qovushqoqligi yuqori −10-50 mPa·s bo’lgan
uyumlarda qo’llaniladi. Haydash quduqlarining suyuqlik qabul qilish imkoniyati
eritma qovushqoqligi ortganda va uyumni ishlatish sur’ati sust bo’lganda pasayishi
mumkin, shu sababli bu usuldan jins-kollektorlarning o’tkazuvchanligi juda yuqori
(0,1 mkm
2
dan katta) bo’lganda foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, g’ovak,
bir xil tarkibli jinslardan tarkib topgan mahsuldor qatlamlarda ham bu metod yaxshi
natija beradi.
Jinslarning g’ovakli muhitida eritma harakatlanganda bo’shliqlar devorida
polimerlarning yutilishi kuzatiladi. Bu jarayonning shiddati qatlamdan eritmaning
birinchi qismi sizib o’tganda hamda qatlam minerallashgan suvga to’yinganda va
jins-kollektorlarda gil fraksiya miqdori yuqoriligida kuchli bo’ladi. Polimerlarning
yutilishi ikki yo’nalishda bir vaqtda sodir bo’layotgan siqib chiqarish jarayonining
samarasiga ta’sir etadi, shunga ko’ra bu jarayon har bir ob’ektda maxsus tadqiqotlar
yordamida o’rganilishi lozim. Shu bilan birga bu metoddan yangi uyumlarni
ishlatishda (qatlamlar suvga nisbatan kam to’yinganda) va kollektorlarda gil miqdori
kam (8-10% gacha) bo’lganda foydalanish mumkin. YUqori temperaturada
polimerlarning suvni quyuqlashtiruvchi xususiyati yo’qoladi, shu sababli bu metodni
qatlam temperaturasi 70-90
o
S gacha bo’lganda qo’llash maqsadga muvofiq.
Sirt-faol moddalarning (SFM) suvli eritmalari yordamida neftni siqib chiqarish
.
OP-10 tipidagi sirt-faol moddalar eritmalari ko’p qo’llaniladi. SFM ni haydalayotgan
suvga qo’shish orqali uning yuvish xususiyatlari yaxshilanadi: neft bilan chegaradosh
zonalardagi suv tarangligi pasayadi, chekka namlanish burchagi kamayadi va b. Bu
metod uyumdagi qatlamlarning suvga to’yinganligi 15% gacha, neft qovushqoqligi
5-30 mPa·s, qatlam o’tkazuvchanligi 0,03-0,04 mkm
2
, qatlam temperaturasi 70
o
S
gacha bo’lganda qo’llaniladi. Ushbu metoddan foydalanib neftning chiqarib olish
koeffitsientini 3-5% ga oshirish mumkin.



264
Mitsellyar eritmalar yordamida neftni siqib chiqarish.


Bu metodda siqib
chiqaruvchi omil sifatida qatlamga mitsellyar eritma haydaladi (uyumdagi
bo’shliqning 10% ga yaqin hajmiga), uning ingichka hoshiyasi bufer suyuqlik –
polimer eritmaning keng hoshiyasi ta’sirida siljiydi, keyingi hoshiya esa ishchi omil
– suv yordamida harakatlanadi.
Mitsellyar eritma engil uglevodorodli suyuqlik, chuchuk suv, sirt-faol moddalar
va barqarorlashtirgichlardan tarkib topgan. Eritma mikroemulsiyadan iborat bo’lib,
suv molekulalari agregatlari (mitsell) va uglevodorodlardan iborat. Bu metod
yordamida qatlam nefti, mitsellyar eritma va bufer suyuqlik qovushqoqligi qiymatlari
bir-biriga yaqinlashtiriladi.
Metod suv bostirilgan qatlamlardagi qoldiq neftni chiqarib olishga
mo’ljallangan. Mitsellyar eritmalarni bir xil tarkibli, karbonat sementi yo’q, g’ovak
tipli terrigen kollektorlardagi neft uyumlarida qo’llash tavsiya etiladi. Ma’lumki,
eritma turli tarkibli kollektorlarda va uning karbonatlar bilan tutashgan joylarida
harakatlanganda strukturasi buziladi. Qatlamning o’rtacha o’tkazuvchanligi 0,1
mkm
2
dan katta bo’lishi darkor. Qatlamning qoldiq neftga to’yinganligi texnologik
jihatdan metodni qo’llashni cheklamaydi, lekin metodni qimmatbaholigi uning
miqdori 25-30% dan ko’p bo’lgandagina qo’llashni taqazo etadi. Qatlam neftining
qovushqoqligi 3 dan 20 mPa·s gacha bo’lganda ushbu metoddan foydalansa bo’ladi,
chunki qovushqoqlik juda yuqori bo’lsa, eritmaning va bufer suyuqligining ham
qovushqoqligi yuqori bo’lishi talab etiladi. Tuzlarning eritma strukturasiga salbiy
ta’sir etishidan ushbu metodni chegara ichra chuchuk suv haydalayotgan ishlatish
ob’ektlari uchun qo’llash maqsadga muvofiqdir. Qatlam temperaturasi 70-90
0
S dan
yuqori bo’lmasligi kerak.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin