Geologiyasi



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə199/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

12.5.4. Neft
zaxiralarini to’liq chiqarib olishni tahlil qilish 

Uyumning ishlatish sistemasining samadorligini baholashda neft zaxiralarini


to’liq chiqarib olinishi muhim masala hisoblanadi. Shu boisdan uyumning ishlatishni
tahlil qilish vaqtida uyumning ayrim qismlari, mahsuldor qatlamlar va qatchalar
qanday darajada (ko’lamda) ishlatilayotganligiga birinchi navbatda e’tibor berish
kerak. Bu masalaning muvaffaqiyatli hal etilishi uyumning ishlatish jarayonini
etarlicha samarali nazorat qilish imkonini beradi. Bu masala uyumning zaxiralarini
chiqarib olish holatini sifat va miqdoriy jihatdan baholash uchun ma’lumotlar
to’plash va uyumdan foydalanish jarayonini samarali nazorat qilish orqali hal etilishi
mumkin.
Qamrab olish koeffitsientining
x)
qiymati qatlamdan neftni siqib chiqarilganlik
darajasini va amaldagi suv bostirish sistemasining samaradorligini tavsiflaydi.
Bir qatlamli uyumlardagi zaxiralarni chiqarib olishni nazorat qilish va
qatlamlarni suv bostirish bilan qamrab olinganligini tahlil qilish birmuncha
muvaffaqiyatli bajariladi. Bunday vaqtda qatlamning qalinligi bo’yicha suv bostirish
bilan qay darajada qamrab olinganligini inobatga olmasa ham bo’ladi. Chunki
bunday holda qatlam bosimi qatlamning qalinligi bo’yicha qariyb bir xil qiymatga
ega bo’ladi. Shuning uchun ham maydoniy suv bostirish bilan qatlamning qamrab
olinganlik darajasini tadqiq qilish etarli bo’ladi.
Uyumning ayrim uchastkalaridagi zaxiralarni olish jadalligi va neftni joriy
chiqarib olishni o’zaro taqqoslash orqali qaysi uchastka etarlicha ishlatilmayotganligi
va bu ishni kuchaytirish uchun qanday choralar ko’rish zarurligi to’g’risida fikr
yuritish mumkin.
Haydaladigan suvning qatlamga ta’sirini aniqlash uchun I.P.CHolovskiy va
M.M.Ivanovalar ta’sir etish xaritasini tuzishni taklif qildilar. Rossiyadagi Romashkin
konining markaziy maydonlari uchun shunday xaritalar tuzilgan.
Qatlamlarning suv haydalayotgan qismining xaritasi quyidagicha tuziladi.
Qatlamda joylashgan kollektorlarning xususiyatlarini ifodalovchi xaritaga qazilgan
haydash quduqlarining hammasi tushirilib, haydalayotgan suvning hajmi xaritada



299
raqamda ko’rsatiladi. Hamma ishlatish quduqlari orqali qatlamdan chiqarib


olinayotgan suyuqlikning hajmi va quduqlarning ishlash yo’sini aks ettiriladi.
Suv haydashning qatlamga ta’sir etish darajasini hisoblash uchun quduqni
ishlatish (qamrab olish darajasi) sharoitlariga qarab uch xil uchastkalar ajratiladi:
1) neftning favvora bo’lib chiqishi uchun etarli darajada haydalgan suv ta’sirida
bo’lgan uchastkalar;
2) qatlam bosimi barqarorlashgan sharoitda mexanizatsiyalashgan usulda
suyuqlikni chiqarib olish uchun kifoya qiladigan va haydalgan suv ta’sirida bo’lgan
uchastkalar;
3) haydalgan suv ta’siri sezilmaydigan uchastkalar.
Uchastkalarni u yoki bu tipga mansubligini aniqlashda har bir quduqda
ishlayotgan qatlamlar asos qilib olinadi.
Haydash quduqlaridan suv kirib borayotgan qatlamlarni aniqlash eng muhim
(birinchi darajali) masala hisoblanadi. Buning uchun quyidagi tadqiqot turlaridan
foydalaniladi: radioaktiv izotoplarni qatlamga haydash va ayniqsa quduqlarda
chuqurlik sarf o’lchagichi bilan qatlamlarni suyuqlik qabul qilaolishligini aniqlash;

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin