Geologiyasi


Quduqlarni to’xtatishda shuni nazarda tutish kerakki



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə215/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

Quduqlarni to’xtatishda shuni nazarda tutish kerakki,
ya’ni ta’mirlash tugagandan so’ng gazni
filьtratsiyalanishi uchun mo’’tadil sharoit yuzaga kelishi lozim.
2)
Quduqni ishlatish koeffitsienti deb
uning yil davomida ishlagan kunlariga (ishlamagan kunlari hisobga
olinmaydi) aytiladi va birlik ulushlarida ifodalanadi.



325


13.4. KAM DEBITLI QUDUQLAR FONDIDAN FOYDALANISH 
Quduqlarning debitining kamayishi, odatda cho’kindilar hosil bo’lishidagi
maxsus sharoitlar va neft uyumlarining shakllanishi, cho’kindilarning zichlashishi va
ularni keyinroq metamorfizm jarayoniga uchrashi bilan bog’liq. Qayd etilgan va
boshqa tabiiy omillar quduqlarning ishlatishni dastlabki davridayoq ularning
unumdorligining past bo’lishini belgilaydi. SHuningdek, quduqlar debitining
kamayishiga ularni ishlatish davrida sodir bo’ladigan murakkab jarayonlar yoki neftli
qatlamda neftning tabiiy kamayishi ham sabab bo’ladi.
Quduqlar unumdorligining kamayishiga olib keladigan omillarga jinslarning
metamorflashuvidan tashqari, boshqa tabiiy omillarni ham kiritish mumkin:
1) neft uyumidan yer yuzasi tomon yo’nalgan diz’yunktiv buzilishlarning
mavjudligi. Bunday buzilishlarning mavjudligi sababli yer yuzasida juda ko’p neft
belgilari kuzatiladi, chuqurlikda esa neft uyumining tugay boshlashi va gazsizlanishi
sodir bo’ladi;
2) cho’kindilarning hosil bo’lish sharoitlari: zarralar yomon saralangan,
qirralangan, gillangan, ohaklangan bo’ladi va sh.o’.;
3) diagenetik jarayonlar

bunday jarayonlarda eritmalardan alyuminiy va temir
oksidi hamda kremniy kislotasi kolloidlar holida ajralib chiqadi, shuningdek,
eritmadan kaltsiy bikarbonati ajralib chiqib, karbonat, seritsit va sh.o’.larni hosil
qiladi va cho’kindilarning ikkinchi marta sementlanishiga sabab bo’ladi.
Diagenetik jarayonlar ma’lum bir kon chegarasida regional miqyosda va lokal
ko’rinishda tarqalishi mumkin. Ular neftli qatlam chegarasida deyarli nefti
bo’lmagan «taqir» uchastkalarni hosil qiladi.
Kam debitliligi tabiiy omillar orqali belgilanadigan qatlamlarni ishlatishda
quduqlar unumdorligini oshirish uchun turli tadbirlar qo’llaniladi. Bunday sharoitda
qatlamni ochish metodiga alohida e’tibor berilishi kerak. Qatlamni ochishda uning
gillanib qolishining oldini olish uchun u dastlab neftli eritma bilan yuvilib, so’ng
ochiladi yoki suvli qatlamning yotish chuqurligiga qarab neftli qatlam ostidan 10-30
m chuqurlikda quduq (zumpf hosil qilib) qaziladi. Neft og’irlik kuchi ta’sirida
qatlamdan qazilgan zumpfga sizib kiradi va keyinroq zumpfdan nasos yordamida yer
yuzasiga chiqariladi. Ayrim paytlarda quduqning unumdorligini oshirish uchun bir
necha qatlam birgalikda ishlatiladi.
Qatlamning o’tkazuvchanligini oshirish va shunga muvofiq ravishda quduqning
joriy debitini ko’paytirishda qatlam tubi zonasiga ta’sir etish metodini qo’llash
muhim hisoblanadi. Bunday metodlarga quduqqa sovuq va qizdirilgan kislotalar
bilan ishlov berish, quvurni perforatsiyalash va torpedalash, qatlamni gidravlik yorish
va b.
x)
kiradi. Qayd etilgan metodlar mustaqil ravishda yoki boshqa metodlar bilan
birgalikda qo’llanilishi mumkin. Masalan, quvurni perforatsiyalash yoki
torpedalashni quduqqa kislotali ishlov berish bilan birgalikda bajarish va sh.o’.
Karbonatli jinslardan, shuningdek, karbonat sementli qumtoshlardan tarkib
topgan qatlamlarni ishlatishda kislotali ishlov berish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bunday holatda mahsuldor qatlamni ochgan quduq tubi zonasiga turli



326
kontsentratsiyadagi xlorid kislotasining suvli eritmasi bilan ishlov beriladi. Quduq


tubiga ishlov berishdan avval u qumli tiqindan, loydan, gilli eritmadan, parafin va tuz
qoldiqlaridan tozalanadi.
Quduqqa birinchi marta kislota bilan ishlov berishda qatlamni 1 m qalinligi
uchun 0,4-1,5 m
3
hajmda kislota sarf bo’ladi. G’ovakli jinslarga ikkinchi marotaba
ishlov berishda esa kislotali eritmaning hajmi birinchi marta ishlov bergandagidan
30-40% ortiq bo’ladi.
Tog’ jinslarining tuzilishi, holati va kollektorlik xususiyatlariga qarab
foydalaniladigan xlorid kislotali eritmalar hajmi va kontsentratsiyasi belgilanadi.
Odatda kontsentratsiyasi 10-15% li eritmalar ishlatiladi. Karbonat sementli
qumtoshlarga kislotali ishlov berishda eritmadagi xlorid kislotasining miqdorini 8%
gacha kamaytirish mumkin.
Xlorid kislota bilan ishlov berishda haydashga tayyorlangan eritmaning
hammasini qatlamga yuborish muhim ahamiyatga ega. Bunday ishlov berishni
boshlashdan oldin quduqning debiti va mahsuldorlik koeffitsienti belgilanadi, Ushbu
parametrlardan foydalanib keyinroq beriladigan ishlovlar samaradorligi aniqlanadi.
Quduq tubida karbonatli jinslar mavjud bo’lganda, ularga xlorid kislotasining
qay darajada ta’sir etishini aniqlash muhim rol o’ynaydi.
Dolomit, dolomitlashgan ohaktosh yoki karbonat sementli qumtoshlardan tarkib
topgan qatlamga qazilgan quduq tubiga xlorid kislotali ishlov berish etarli bo’lmasa,
u holda kislotaning karbonatli jinslar bilan reaktsiyaga kirishishini kuchaytirish
uchun quduq tubiga qizdirilgan kislota bilan ishlov beriladi
x)
, natijada quduq tanasi
devoriga yopishgan parafin qoldiqlari erib, xlorid kislotani haydash osonlashadi.
Quduqlarda bajariladigan torpedalash va perforatsiyalash ishlari kon-geofizik
Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin