Geologiyasi


-rasm. Qatlam flyuidining nisbiy



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə223/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

14.3-rasm. Qatlam flyuidining nisbiy 
fazali diagrammalari:
a – gazsimon; b –
suyuq



343
Qazib olinayotgan yog’li gazdan kondensat ajralishi doimiy temperaturada yoki


sovutish paytida bosimning pasayishi natijasida yuz beradi. Bunda birinchi navbatda
eng og’ir, so’ng esa tobora engilroq komponentlar kondensatsiyalanadi. Eng ko’p
miqdorda kondensat ajraladigan bosim
maksimal kondensatsiyalashuv bosimi 
deyiladi.
Gazkondensat
konlari
mahsulotlaridagi
fazalarning
miqdoriy
nisbati
gazkondensat omili bilan baholanadi. Bu omil qazib olingan gaz miqdorining
(mo’’tadil sharoitlarda m
3
da) separatorlarda va gaz yutuvchi uskunalarda tutib
qolingan kondensat miqdoriga (m
3
yoki tonnada) nisbatini ko’rsatadi.
Gaz kondensatga qancha boy bo’lsa, gazkondensat omili shuncha kam bo’ladi. U
ishlanayotgan gazkondensat konlarida 2000-25000 m
3
/m
3
chegarasida o’zgarib
turadi. Aniqlangan uglevodorod uyumining tabiati uning gazkondensatliligini tadqiq
qilish orqali aniqlanadi. Gazkondensatning asosiy tavsifiga quyidagilar kiradi:
1) kondensatsiyalanishning izotermalarini chizish uchun turli bosim va
temperaturalarda ajralib chiqadigan kondensat miqdori;
2) mazkur temperatura rejimi uchun boshlang’ich va maksimal
kondensatsiyalanish bosimi;
3) kondensatsiyalanishning turli rejimlaridagi kondensat tarkibi;
4) bosim pasayganda qatlamda kondensatning yo’qolishi.
Gaz xossalari berk quduqlardan oz miqdorda olingan gaz namunalaridan
o’rganilmasdan, balki uning kon separatorlari orqali o’tayotgan harakatdagi oqimida
amalga oshirilishi lozim.
Hozirgi vaqtda dunyoda 700 tadan ortiq gaz koni ochilgan, ularning katta qismi
AQSHda. 90 % ga yaqin gazkondensat konlar 1500 m dan ortiq chuqurlikda, qolgan
qismi 2100 m dan ortiq chuqurlikda joylashgan. AQSHda ko’pchilik gazkondensat
konlar Texas va Luiziana shtatlarida joylashgan. CHuqurligi 2500 metrgacha bo’lgan
konlarda qatlam bosimi 30-40 MPa ni tashkil etadi, gazkondensat omili 9000 m
3
/m
3
gacha bo’lganda, gazdagi kondensat miqdori 900 sm
3
/m
3
gacha etadi. Bunday
uyumlarda bosim sun’iy ravishda saqlab turiladi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga kirgan mamlakatlarda, shu jumladan
O’zbekistonda gazkondensat konlari ochilgan. Ular qatoriga Qoratog’, SHebelin,
Orenburg, Oqchelak, Qandim, Qultog’, YAngi Alan, Ko’kdumaloq, Surgil va b.
konlar kiradi.
Gazkondensat konlarini ishlatishda gaz qatlamidagi bosimning pasayishiga ko’ra
teskari kondensatsiyalanish sodir bo’ladi, natijada qatlam gazidagi suyuq
komponentlarning ma’lum miqdori gazga aylanadi. SHu munosabat bilan
gazkondensat konlarini ishlatishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:
1) quduqlar orasidagi masofa kamida 800-1000 m bo’lishi kerak (quduqlar
to’rining zichligi ko’pincha 1,0-2,5 km
2
/quduqqa teng bo’ladi);
2) qatlamdagi bosim teskari kondensatsiyalanish boshlanadigan bosimdan
pasayib ketmasligi lozim; buning uchun uyumni ishlatishda yuqori haroratda
qaynaydigan uglevodorodlardan avvalroq ajrab chiqqan gazni qatlamga qayta
haydash yo’li bilan qatlam bosimini saqlab turish zarur.
Uyumni ishlatish aylanma jarayon sxemasida amalga oshirilishi kerak (saykling-
jarayon), ya’ni gaz qatlamdan kondensatsion qurilmaga o’tadi, bu yerda bosim ostida



344
maksimal kondensatsiyalanish yuz beradi va eng maqbul temperaturada suyuq


komponentlar ajralib chiqadi; so’ng quruq gaz kompressorlarga o’tib, bu yerda u
quduq og’zidagidan 15-20 % yuqori bo’lgan bosimgacha siqiladi va bu bosimda gaz
haydash quduqlari orqali qatlamga haydaladi.
Qatlamlarda kondensat yo’qolishini kamaytirish uchun gaz qatlamlarining
ishlatishni gaz tarkibida benzin va boshqa og’ir uglevodorodlar mavjudligi
aniqlanguncha 10 MPa va undan yuqori bosim bilan boshlamaslik kerak.
Qatlam bosimini saqlab turish uchun katta mablag’ sarflanadi. SHu munosabat
bilan AQShda gazda kamida 200 sm
3
/m
3
kondensat (uning kamida 53 sm
3
/m
3
bo’lishi to’g’risida ko’rsatma ham bor) va 7 mlrd.m
3
dan ortiq gaz zaxirasi mavjud
bo’lgandagina bosimni saqlab turish yo’li bilan uyumni ishlatish samarali
hisoblanadi.
Bosimni saqlab turmasdan gaz qazib olish mumkinligi masalasi har bir aniq
holatda laboratoriyadagi va kondagi tadqiqotlar natijasida olingan dalillar asosida hal
etilishi kerak. Bu dalillar asosida bosim pasayishi mumkin bo’lgan chegara va bosim
pasayishining qatlamda kondensat yo’qolishiga ta’siri aniqlanadi
2
.
Haydash quduqlari haydaladigan ishchi omilning itaruvchi kuchidan yuqori
darajada foydalanish va uning ishlatish quduqlariga muqarrar yorib o’tish vaqtini
kechiktirish sharoitlaridan kelib chiqib joylashtiriladi. Ishlatish va haydash
quduqlarining bir-biriga nisbatan joylashuvi haydaladigan ishchi omilning ishlatish
quduqlari tomon bir me’yorda harakatlanishini ta’minlashi kerak. Oz sonli haydash
quduqlari bilan ishlatish quduqlariga ko’proq ta’sir ko’rsatish maqsadga muvofiq.
Tik yotuvchi antiklinal strukturada haydash va ishlatish quduqlarining o’zaro
joylashuvi ishchi omil ta’siridan yog’li gazning samarali siqib chiqarilishi
ta’minlanishi lozim. Zichligi kam bo’lgan quruq gaz bilan zichligi katta bo’lgan
yog’li gaz siqib chiqarilganda haydash quduqlari burma gumbazi, ishlatish quduqlari
esa burma qanotida joylashtiriladi. Agar ostki suvlar harakati natijasida ishlatish
quduqlarining barvaqt suvlanishi xavfi bo’lsa, quduqlarni teskari tartibda
joylashtirish maqsadga muvofiq.
Ishlatish quduqlarining miqdori reja bo’yicha qazib olinadigan jami kondensat
va gaz miqdoridan hamda bitta namunaviy quduqning sanoat miqyosidagi debitidan
kelib chiqib aniqlanadi. Quduq debiti hisoblash yoki quduqni sinash yo’li bilan
aniqlanadi. Uning miqdori gaz oqimida bosimning haddan tashqari tushib ketishiga,
kollektorning tabiiy strukturasining buzilishiga, kondensatsiyalanishning to’xtashiga
sabab bo’lmasligi, gidrat hosil bo’lishi va boshqa murakkabliklarni keltirib
chiqarmasligi kerak.
Gaz harakatining tezligi hosil bo’lgan kondensatning yuqoriga olib chiqilishini
ta’minlashi lozim.
Qatlamning gazkondensat beraolishlik imkoniyatini o’rta hisobda kondensatga
hisoblaganda 75% gacha; qatlam bosimini saqlab turgan holda 90-92% gacha
etkazish mumkin.
2
Qoida bo’yicha, gazkondensat va gazkondensatli-neftь konlarini qatlam bosimini saqlash yo’li
bilan ishlatish lozim.



345
Qatlam bosimini gazni qatlamga qayta haydash, shuningdek, unga (boshqa gaz


qatlamlaridan) qo’shimcha gaz haydash yo’li bilan saqlash mumkin. Gazdan boshqa
maqsadlarda foydalangan holda uning o’rniga suv haydasa ham bo’ladi. 1 mln

m
3
gazni siqib chiqarish uchun 2000-5000 m
3
suv zarur bo’ladi. Biroq gazni suv bilan
siqqanda qatlamda qoldiq gaz bilan to’yinish kuzatiladi, u kollektorning litologik-
fizik xususiyatlariga ko’ra (T.M.Jedshpa va b.larning ma’lumoti bo’yicha) 15% dan
50% gachani tashkil etadi
3
.
Agar gazda yuqori temperaturada qaynaydigan uglevodorodlar oz bo’lib, gaz
resurslaridan darhol foydalanish zaruriyati tug’ilsa, gazkondensat konidan oddiy gaz
koniday, ya’ni qatlam bosimini pasaytirgan holda foydalaniladi.
Qatlam bosimini saqlamay uyum ishlatilganda gazdan yuqori temperaturada
qaynaydigan uglevodorodlar ajrab chiqishiga e’tibor berish kerak; aks holda ular
isrof bo’libgina qolmay, balki gazuzatgich quvurida ajrab, uning yaxshi ishlashiga
halaqit beradi. Bundan tashqari gazkondensat qatlamlaridagi gazda ancha miqdorda
suv bug’lari bo’lib, bosim va temperatura pasayganda kondensatsiyalashadi. Bunda
hosil bo’lgan gidratlar erusti aloqa yo’llarida tiqin hosil qilishi mumkin. Demak,
qazib olingan gazdan suvni ajratish lozim.
Gazkondensat qatlamlarda tez-tez neft hoshiyalari uchraydi, ular yoki juda
kichik o’lchamda, yoki shunday katta bo’ladiki, undan foydalanish amaliy
ahamiyatga ega bo’ladi. Ba’zan gazkondensat uyumlari neft uyumlarining gaz
qalpog’idan iborat bo’ladi (masalan, Korobkov, Qoratog’, Anastasiev konlarida).
Bunday konlar bosimni saqlab ishlatilmasa, dastlabki davrda uyumdan faqat neft
olganda juda katta miqdorda kondensat yo’qoladi. Ushbu holatda, gazkondensat
qalpog’ida bosimning pasayishi gaz olmasdan sodir bo’lganligi bois, yuqori
temperaturada qaynaydigan qariyb barcha uglevodorodlar yo’qoladi, ayni paytda
gazkondensat uyumidan gaz chiqarib olinganda esa hamma uglevodorodlar ham
yo’qolmaydi, ularning bir qismi qazib olingan gaz tarkibida yuqoriga chiqadi. Bu
yo’qolishlarning nisbiy hajmi gaz tarkibi va qatlam temperaturasiga bog’liq. Biroq
gazning bir qismi uyumni ishlatish paytida neft zonasiga qatlamni yorib kiradi va
gazda qolgan yuqori temperaturada qaynaydigan uglevodorodlar neft zonasida
ajralib, neft tarkibiga kiradi.
Gazkondensat qalpoqli uyumni birinchi navbatda gazni chiqarib olish asosida
ishlatish gaz zonasiga neft kirib kelishiga sabab bo’lishi va buning natijasida (qatlam
bosimi pasayganda) anchagina miqdorda neft yo’qolishi mumkin bo’ladi.
Shu munosabat bilan gazkondensat-neftli konlarni bosimni saqlamagan holda
ishlatganda bir paytning o’zida neft va gazni chiqarib olish yo’li bilan ishlatish kerak,
bunda uyumni ishlatish jarayonida gazlilik chegarasi harakatsiz qolishi lozim.
Neft hoshiyali gazkondensat uyumlarida, gazdagi yuqori temperaturada
qaynovchi uglevodorodlar tarkibi (C
5
+ yuqori) burma gumbazidan gaz-neft tutash
3
Katta chuqurlikda joylashgan va yuqori o’tkazuvchan qatlamlarda joylashgan gazkondensat
uyumlari uchun (yuqori bosimli va katta unumdorlikka ega bo’lgan kompressorlar yo’qligini hisobga olib),
ayrim hollarda suvni chegara tashqarisiga (yoki chegara bo’ylab) haydash yo’li bilan qatlam bosimini
saqlash samarali bo’lishi mumkin.



346
yuzasi tomon o’zgarishi kuzatiladi. Masalan, Qoratog’ konida qatlamni 3800 metr


chuqurlikda ochgan 38-quduqda kondensatning dastlabki tarkibi 280 sm
3
/m
3
ni,
qatlamni 3100 metrda ochgan 70-quduqda 180 sm
3
/m
3
ni tashkil etgan. SHunga
o’xshash hodisalar katta gazlilik qavatiga ega bo’lgan gazkondensat uyumlarida ham
kuzatiladi, ularning yuzaga kelishi qatlamning turli nuqtalaridagi bosim va
temperatura o’rtasidagi katta farq bilan bog’liq.
Gazkondensat konini ishlatishni loyihalash mahsuldor uyumni to’liq
tavsiflaydigan razvedka ishlari ma’lumotlaridan foydalangan holda boshlanadi.
Birinchi navbatda qatlamdagi uglevodorodlar holati va zaxirasini imkon qadar katta
aniqlikda hisoblanadi. SHundan kelib chiqqan holda uyumdan gaz qazib olish, uni
birinchi qayta ishlash sxemasi va mahsulotdan foydalanish yo’llari aniqlanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin