363
Har bir quduqqa mustahkamlash quvurlari birikmasi tushirilgandan va
sementlangandan so’ng uning germetikligi tegishli qoidalar va normalar bo’yicha
sinab ko’rilishi lozim. Ishlatish quvurlari birikmasining
germetikligi qatlam bosimi
yuqori bo’lgan yoki quduqdagi suyuqlik sathi pasaytirilgan sharoitda sinab ko’riladi.
Agar sinash natijalari qoniqarsiz bo’lsa, quduq yoki ajratish-ta’mirlash, yoki
ajratish-bartaraflash ishlariga o’tkazilishi lozim.
Burg’ilash chog’ida yoki quvurlar birikmasining bartaraf etib bo’lmaydigan
nogermetikligi oqibatida falokat holatiga kelib qolgan quduqlar yer osti boyliklariga
va yer yuzasidagi atrof muhitga xavf solishi mumkin. Ba’zan bunday quduqlar
tanasining ma’lum bir qismi yoki butkul quvurlar bilan yaxshi qotirilmagan bo’lsa, u
holda ularni bartaraf etish ancha qiyinchilik tug’diradi. Falokat holatidagi quduqlarni
tugatish
murakkab jarayon, shu boisdan falokatsiz ishlashga harakat qilish kerak.
Bunday ishlarni ham sifatli, ham belgilangan barcha qonun-qoidalarga amal qilib
bajarish kerak. Ayniqsa neftli, gazli va suvli qatlamlarni
ochgan falokat holatidagi
quduqlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’linadi. Bunday quduqlarda
ko’rsatilgan qatlamlarni izolyatsiyalash bo’yicha belgilangan ishlar albatta amalga
oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: