Geologiyasi


 QUDUQ BURG’ILASHDA YER QA’RINI MUHOFAZA QILISH



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə230/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

16.2. QUDUQ BURG’ILASHDA YER QA’RINI MUHOFAZA QILISH 

Yer qa’rining umumiy fizik-kimyoviy holatiga, shuningdek, yer qa’ridan


foydalanish sharoitiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan zararli hodisalarga
burg’ilash jarayonida quduqda ochiladigan tog’ jinslari massivlarining yaxlitligining
buzilishi; burg’ilash chog’ida qatlamga begona va agressiv xususiyatlarga ega
bo’lgan materiallardan foydalanish; falokatli holatlarning yuzaga kelishi va ishlarni
sifatsiz (texnologik talablarni buzib) bajarish; burg’ilangan quduqlarda tadqiqotlarni
to’liq bajarmaslik va karotajlarni sifatsiz talqin qilinishi sabab bo’ladi.
Qayd qilingan sabablar bir qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinki,
buning uchun birinchi navbatda geolog mas’uliyatli hisoblanadi.
Tog’ jinslari massivlari yaxlitligining buzilishi 
neftgazli, suvli gorizontlar va
qatlamlarning bir-biridan tabiiy ajralganligining va izolyatsiyalanganligining
o’zgarishiga sabab bo’ladi hamda chuqur yer qa’rining atmosfera bilan aloqasi
boshlanishiga sharoit yaratadi. Mustahkamlash quvurlari tushirilmagan quduq tanasi
orqali qatlamlarning o’zaro ta’siri yuzaga keladi, mustahkamlash quvurlari
tushirilganlarida esa quvur tashqarisidagi bo’shliq bo’ylab ularning sifatsiz
sementlanganligi va nogermetikligi sababli qatlamlarning o’zaro ta’siri xavfi
tug’iladi.



361
Bunday o’zaro ta’sir natijasida suvli qatlamlarga uglevodorodlar kirib kelishi,


neftgazli qatlamlar esa nazorat qilib bo’lmaydigan suvlanishga duchor bo’lishi
mumkin. Quduq tanasida flyuidlarning erkin harakati neft va gaz konlari kesimida
uchraydigan boshqa foydali qazilmalarning uyumlariga (masalan, kaliy tuzlari,
chuchuk va shifobaxsh mineral suvlar va b.) zarar etkazishi mumkin.
Atmosfera bilan yer qa’rining chuqur qismining erkin aloqada bo’lishi neft yoki
gazning quduqlardan favvora bo’lib otilishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu o’z
navbatida uglevodorodlarning katta miqdorda yo’qolishiga va atrof muhitning
ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari, ochiq favvora bo’lib otilish, neft va
gazning boshqa qatlamlarga oqib o’tishiga olib keladi, natijada uyumlarda qatlam
bosimining pasayib ketishiga, neftda erigan gaz yoki kondensatning qatlamdan ajrab
chiqishiga sharoit tug’iladi. Bularning hammasi neft va gaz qazib olish jarayonini
murakkablashtiradi va yer osti boyliklarining isrof bo’lishiga, ya’ni neft, gaz va
kondensat beraolish koeffitsientining pasayishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari
quduqqa yer osti gorizontlaridan suv oqib kelishi natijasida favvora yuz berib,
chuchuk suv va qimmatli mineral suvlarning behuda isrof bo’lishiga olib kelishi
mumkin.
Yuvish suyuqligining qatlamga katta miqdorda singishi, ochiq favvoralanish yuz
berishi va burg’ilash chog’ida quduq tanasining o’pirilishi yer osti boyliklariga katta
zarar etkazadi. Bunday holatlar, odatda, burg’ilash texnologiyasiga amal qilmaslik,
sifati geologik sharoitga to’g’ri kelmaydigan yuvish suyuqligidan foydalanish
oqibatida yuzaga keladi.
Yuvish suyuqligining qatlamga falokatli ravishda singishi natijasida yer qa’riga
burg’ilash eritmalari tayyorlashda qo’llaniladigan organik moddalar, jumladan,
gumat
kukuni,
neft,
grafit,
polifenolli
yog’och-kimyo
reagenti,
karboksilmetiltsellyuloza, sulfit-spirtli quyqa va b., shuningdek, mineral moddalar

barit, kaustik soda, kaltsiylashgan soda, ohak va b. tushadi. Bu moddalar yer qa’rida
mikrobiologik vaziyatning o’zgarishiga, chuchuk suvlarning zaxarlanishiga va b.ga
sabab bo’lishi mumkin.
Sifatsiz yuvish suyuqligini (masalan, suv berishi yuqori bo’lganlarni) qo’llash
neftgazli qatlamlarga bu suyuqlikning zardobining shimilishiga, kollektorlarning loy
bosishiga va natijada chiqarish va haydash quduqlarini o’zlashtirish sharoitining
keskin yomonlashib, ba’zida to’la muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga sabab bo’ladi.
Burg’ilangan quduqlarda tadqiqotlarni to’liq bajarmaslik va ular natijalari talqini
sifatining pastligi ko’pincha ilgari noma’lum bo’lgan neftgazli qatlamlarni aniqlash
imkonini bermaydi, shu sababli ochilmagan uyumlarda neft va gazning ko’plab
yo’qolishi kuzatiladi.
Karotajlarning sifatsiz talqini neftgazli qatlamlar parametrlari qiymatini, suv-neft
tutash yuzasi va gaz-suv tutash yuzasi, gaz-neft tutash yuzasi holatlarini, shuningdek,
neft va gaz uyumlari o’lchamlarining noto’g’ri belgilanishiga sabab bo’ladi. Bu o’z
navbatida zaxiralarni noto’g’ri baholashga, uyumni ishlatish loyihalarining sifatsiz
tuzilishiga va pirovardida

uyumlarning xalq xo’jaligi uchun ahamiyatini xato
baholashga, yer ostidagi neft va gazning ko’plab yo’qolishiga olib keladi.



362


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin