Geologiyasi


-bob  NEFT VA GAZ KONLARINI HAMDA ATROF



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə229/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

16-bob 
NEFT VA GAZ KONLARINI HAMDA ATROF 
MUHITNI MUHOFAZA QILISH,
KORXONALARDA BAJARILADIGAN GEOLOGIK XIZMAT 

16.1. YER QA’RI VA ATROF MUHITNI MUHOFAZA
QILISH TO’G’RISIDA UMUMIY QOIDALAR 
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 55-moddasida shunday so’zlarni
o’qiymiz: «Erosti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir».
Davlatimizning asosiy Qonunidagi bu moddadan shunday xulosa chiqarish
mumkinki, barcha fuqarolar atrof muhitga va uning resurslariga alohida ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo’lishlari hamda ularga hozir va kelajakda odamlar uchun
normal hayot sharoiti yaratib berish va uni saqlashga qaratilgan tadbirlarni muntazam
o’tkazishni talab qiladigan bebaho xalq mulki sifatida qarashlari kerak. Ko’rsatib
o’tilgan nuqtai nazardan kelib chiqib so’z yuritganda, inson va atrof muhit
muammosiga uning resurslaridan omilkorlik bilan foydalanishni qo’shgan holda
shunchaki tabiatni muhofaza qilish sifatidagina emas, balki keng biosfera miqyosida
insonning o’zini asrash uchun tabiiy muhitni saqlashi ma’nosida qaralishi kerak.
Zamonaviy yuksak taraqqiy etgan industrlashgan jamiyat sharoitida erni va atrof
muhitni asrash muammosi inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, tog’
konchiligi ishlab chiqarishiga, uning ajralmas qismi bo’lgan neft-gaz qazib olish
sanoatiga ham kirib boradi. Bu shu bilan bog’liqki, geologik muhit inson
yashaydigan muhit bilan yagona, ajralmas birlikni tashkil etadi, sababi, litosfera
biosferaning mineral asosi hisoblanadi.
Aynan shuning uchun ham u, butun tabiat singari, muhofazaga muhtojdir.
Istalgan xildagi kon ishlari, shu jumladan, neft va gaz qazib olish ham atrof
muhitning kon ishlab chiqarishi chiqindilari va foydali qazilmalarning isrof bo’lishi
natijasida ifloslanishi tuproq, suv, atmosferaning tanazulli va yuzaga kelgan biologik
va geokimyoviy aloqalarning buzilishi bilan bog’liqdir.
Bundan yer qa’rini keng ma’noda muhofaza qilish tushunchasining quyidagi
ta’rifi kelib chiqadi: yer qa’rini keng ma’noda muhofaza qilish

bu yer qobig’idan
va undagi foydali qazilmalardan ilmiy asoslangan holda, omilkorlik bilan
foydalanishdan, texnik mumkin bo’lgan va iqtisodiy maqsadga muvofiq sharoitda
ularni yer qa’ridan chiqarib olishdan, kondan va qazib olingan xom ashyodan uni
qayta ishlashning barcha bosqichlarida kompleks foydalanishdan; bu xalq xo’jaligida
mineral resurslarni omilkorlik bilan ishlatishdan va ishlab chiqarish chiqindilaridan
foydali narsalar olib, mineral xom ashyo va yoqilg’ining isrof bo’lishining,
shuningdek, ularning atrof muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etishdan iboratdir.



359
Yer qa’rini muhofaza qilishning ulkan ahamiyatidan kelib chiqqan holda,


mamlakatimizda u bilan bog’liq masalalar davlat tomonidan boshqariladi va nazorat
qilinadi. Foydali qazilmalardan foydalanish va yer qa’rini muhofaza qilish sohasida
ijtimoiy munosabatlarni boshqarish turli huquqiy normalar va nizomlarni hayotga
tadbiq qilish orqali amalga oshiriladiki, bu birinchi navbatda O’zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashi 1994 yil 23 sentyabrda qabul qilgan O’zbekiston
Respublikasining «Erosti boyliklari to’g’risida» gi qonunida o’z ifodasini topgan.
Ushbu hujjatda quyidagi talablar qayd etilgan:
Yerosti boyliklaridan foydalanuvchilar:
Yer qa’ridan belgilangan maqsadda foydalanishni;
ishlar yer qa’ridan foydalanish loyihasiga muvofiq olib borilishini;
Yer qa’ri geologik jihatdan to’la-to’kis o’rganilishini, yer osti boyliklaridan
oqilona, kompleks foydalanishni va muhofaza etilishini;
konlarning foydali qazilmalarga mo’l uchastkalarini tanlab ishlatishga, mineral
xom ashyo qazib olish va uni qayta ishlashda foydali qazilmalarning me’yoridagidan
ortiq nobudgarchiligiga yo’l qo’yilmasligini;
zaxiralar holati va ulardagi o’zgarishlar, foydali qazilmalarning nobudgarchiligi
va kamayishi hisobga olib borilishini, shuningdek, zaxiralarning o’z vaqtida qayta
hisoblab chiqilishi, qayta tasdiqlanishi va chegirib tashlanishini;
qazib olinayotganda qo’shilib chiqadigan, lekin vaqtincha foydalanilmayotgan
foydali qazilmalarning saqlanishi va hisobga olib borilishini;
suv chiqarib olish inshootlari va ularning atrofidagi hududda joylashgan yer osti
suvlari holati kuzatib borilishini;
Yerosti suvlari holatidagi o’zgarishlar to’g’risida yer osti suvlarini muhofaza
qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tashkilotlarni zudlik bilan xabardor
qilinishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq ishlar xavfsiz olib borilishini,
falokatlarni tugatish rejalari ishlab chiqilishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish bilan bog’liq ishlarning zararli ta’siridan atrof,
tabiiy muhit, binolar va inshootlarning muhofaza qilinishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish jarayonida geologik, markesheyderlik
hujjatlari va o’zga hujjatlarning yuritilishini hamda ularning asralishini;
geologiya va mineral resurslar Davlat qo’mitasi huzuridagi Davlat geologiya
fondiga (matnda bundan buyon Davlat geologiya fondi deb yuritiladi) yer qa’riga oid
axborotlar, shuningdek, foydali qazilma zaxiralarining holati va o’zgarishi hamda
ularning tarkibidagi komponentlar to’g’risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish chog’ida buzilgan yer uchastkalari ulardan
keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini;
Yerosti boyliklaridan foydalanish uchun to’lovlar o’z vaqtida to’lab borilishini
ta’minlashlari shart.
XX asr

atom asri, katta texnologik o’zgarishlar asri bo’ldi. Ishlab chiqarish
keng miqyosda rivojlanib, uning atrof muhitga

yerga, suvga, hayvonot va nabotot
olamiga salbiy ta’siri kuchaydi. Jumladan, sobiq Ittifoqda ishlab chiqarishning atrof



360
muhitga ta’sirini hisobga olmaslik O’zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolarni


keltirib chiqardi.
Shundan keyin dunyodagi ko’pgina taraqqiy etgan mamlakatlarda bo’lganidek,
O’zbekistonda ham 1988 yilda tabiat muhofazasini amalga oshiradigan maxsus
davlat qo’mitasi tuzildi. Bu qo’mita respublikada tabiatni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini
amalga oshiruvchi maxsus vakolatli tashkilotdir. Respublikaning barcha viloyatlarida
qo’mitaning bo’limlari, laboratoriya va inspektsiyalari mavjud.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni
muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunni qabul qildi. Mazkur qonunda insonning
yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo’lish huquqi va bu muhitni saqlab
qolish borasidagi burchi belgilab berilgan.
Bundan tashqari 1996 yil 27 dekabrda «Atmosfera havosini muhofaza qilish
to’g’risida»gi, 1998 yil 28 avgustda «Davlat yer kadastri to’g’risida»gi qonun qabul
qilindi.
Tegishli vazirliklar yuqorida tilga olingan qonunlar va me’yoriy hujjatlarga
tayangan holda muhitdan foydalanishda ma’lum tartibni belgilovchi qator hujjatlar
chiqarishdi.
Shuni ta’kidlash kerakki, garchi rasmiy hujjatlarda foliyati yer osti boyliklaridan
foydalanish bilan bog’liq tashkilotlar va korxonalarning ma’suliyati haqida so’z
borsada, biroq bu ma’suliyat zimmasida bo’lganlar ma’lum ma’muriy lavozimda
ishlovchi aniq shaxslar va ishlarning bevosita ijrochilaridir. SHu boisdan har bir
inson − u xoh mutaxassis, xoh oddiy fuqaro, jamiyat a’zosi bo’lsin qonunlarni, yer
osti boyliklari va atrof muhitdan foydalanish va asrash bo’yicha talab va qoidalarni
bilishi va unga amal qilishi kerak.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin