Geologiyasi


 KONNI ISHLATISH MOBAYNIDA YER QA’RINI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə232/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

16.3. KONNI ISHLATISH MOBAYNIDA YER QA’RINI 
MUHOFAZA QILISH 

Neft, gaz yoki gazkondensat konlarini va uning ayrim ob’ektlarini to’liq ishlatish


tasdiqlangan texnologik sxemaga yoki loyihaga binoan amalga oshiriladi. Neft
konlarini ishlatishda neft bilan birga qazib olinayotgan gaz va suvdan foydalanish
uchun tadbirlar belgilanadi.
Neft hoshiyasi bo’lgan gaz uyumining gazli qismida burg’ilash ishlari, qoida
bo’yicha, hoshiyadan neft to’liq olib bo’lingandan so’ng amalga oshiriladi, bunda
uyumning gazli qismi bilan neftning aralashib ketishining oldini olish zarur. Neft
hoshiyasi bo’lgan uyumning neft va gaz qismlarini bir paytda ishlatish loyihada
asoslanishi kerak.
Gazkondensat konini ishlatishda kondensatni to’liq chiqarib olish imkonini
beradigan, uning qatlamda yo’qolishiga yo’l qo’ymaydigan sharoitni ta’minlash
lozim.
Konni ishlatish jarayonida uyum tomon suvning harakatlanishi (suv-neft, gaz-
neft yoki gaz-suv tutash yuzalarning harakatlanishi) va bosimning taqsimlanishi
nazorat qilinishi zarur. Qatlamga ta’sir ko’rsatish (suv bostirish, gaz haydash) uchun
qatlam suvi (gazi)dan foydalanishga e’tibor berish kerak. Neft va gazning
yo’qolishiga va kon hududining ifloslanishiga qarshi kurashish uchun neft, suv va
gazning isrof qilmasdan yig’ilishini ta’minlash juda muhim.
Ishlatish va haydash quduqlarining ish rejimini belgilashda har bir quduqdan
olinadigan neft, gaz va suv debitining (suv, gaz qabul qilaolishligining), quduq
og’zidagi bosimning qatlamga beriladigan depressiya va b.ning eng maqbul
miqdorini o’rnatish kerak. Quduqdan chiqarib olinadigan suyuqlik va gaz miqdori
hamda qatlamga beriladigan depressiya shunday tanlanishi kerakki, toki ular ta’sirida



364
qatlam skeletining tabiiy tuzilishi buzilmasin, suvlanish tili va suvlanish konusi


quduq tubi tomon tortilmasin.
Foydalanish va haydash quduqlari og’zidan neft otilishi yoki ochiq
favvoralanishining (haydalayotgan suvning yo’qolishining) oldini olish maqsadida
ularni tegishli uskunalar bilan jihozlash lozim.
Nuqsonli quduqlardan foydalanishga (ishlatish quvurlari birikmasining, flanetsli
tutashmalarning, mustahkamlash quvurlari birikmasi ortidagi sement halqaning
germetikligi buzilganda) yo’l qo’yilmaydi va bundan faqat yer qa’rini muhofaza
qilish qoidalari buzilmagan ayrim hollargina mustasnodir. Nuqsonli quduqlarni
ishlatishga ruxsat berilganda ularning Davlat kon-texnika nazorati hududiy
boshqarmasi bilan kelishilgan maxsus ish rejimi tasdiqlanadi. Boshqa barcha
nuqsonli quduqlarda quvurlar birikmasining nima uchun germetik emasligi
sabablarini hamda suvlanish manbalarini aniqlash uchun tadqiqotlar o’tkazish va
ta’mirlash-izolyatsiya ishlarini amalga oshirish zarur.
Gaz quduqlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
murakkabliklarni aniqlashga alohida e’tibor berish lozim.
Gaz quduqlaridan foydalanish jarayonida gaz bir qatlamdan ikkinchisiga jadal
sur’atda oqib yoki sizib o’tsa, u holda quduqqa suv yoki gilli eritma haydaladi va
lozim bo’lgan izolyatsiya ishlari amalga oshiriladi. Bu nuqsonlarni bartaraf etish
mumkin bo’lmagan hollarda quduqni tugatish, gazli ob’ektlarni esa izolyatsiyalash
kerak. Agar gaz yoki gazkondensat konlarini ishlatish jarayonida yuqorida
joylashgan qatlamlarda pastdagi qatlamdan gazning sizib yoki oqib o’tishi sodir
bo’lib, ikkilamchi gaz to’plami yuzaga kelsa, u holda gaz chiqib kelayotgan manbani
aniqlab, gazning yo’qolishiga chek qo’yish zarur.
Ishlatilayotgan konlarda to’plangan ikkilamchi gazlar maxsus burg’ilangan
nazorat-drenaj gazsizlantirish quduqlari vositasida yer yuzasiga chiqarib yuboriladi.
Bunda chiqarib yuborilayotgan gazdan omilkorlik bilan foydalanish bo’yicha
tadbirlar belgilanadi. Gazning yer ostidan sizishini va qatlamlararo oqib o’tishini o’z
vaqtida aniqlash uchun yuqori qatlam bosimiga ega bo’lgan yirik gaz va
gazkondensat konlarini ishlatish boshlanishi bilan bir vaqtda maxsus quduqlarda
muntazam kuzatishni yo’lga qo’yish lozim. Bundan tashqari gaz ajralishini aniqlash
uchun konning butun maydoni bo’ylab muntazam kuzatish ishlari yo’lga quyiladi.
Gaz ajralishi aniqlansa, gazning yer ostidan sizishini va qatlamlararo oqib o’tishini
bartaraf etish choralari ko’riladi.
Ishlatilayotgan gaz quduqlarining mustahkamlash quvurlari birikmasi ortida gaz
oqimi vujudga kelsa va nosoz gaz quduqlarida gaz namoyonlanishi kuzatilsa,
ularning shiddatini pasaytirish uchun yaqin masofada yangi quduqlar qaziladi va
katta miqdorda gaz chiqarib olinadi. Qatlamlararo gaz oqimi shiddati pasaygandan
so’ng yangi qazilgan quduqlar jadallashtirilgan rejimdan maqbul rejimga o’tkaziladi
yoki vaqtincha to’xtatib qo’yiladi.
Quduqning suvlanishi yoki ishdan chiqish darajasiga qarab, shuningdek, texnik
va geologik sabablarga binoan quduqni boshqa ob’ektlarga o’tkazish zaruriyati
tug’iladi.



365
Quduqlarni boshqa ob’ektlarga o’tkazish ulardan ushbu ob’ektda haydash,


pezometrik, nazorat qilish, kuzatish quduqlari sifatida foydalanish mumkin bo’lganda
(yoki texnik jihatdan yaroqsiz bo’lganda) amalga oshiriladi.
Mahsulotning yuqori darajada suvlanganligi va quduqning unumdorligini
pastligi uni boshqa ob’ektga o’tkazishni taqazo etadigan asosiy texnologik sabablar
hisoblanadi. Agar mahsulot loyihada ko’rsatilgan eng yuqori darajada suvlangan
bo’lsa yoki neft debiti loyihadagi eng kam rentabellik darajasigacha pasaygan bo’lsa,
ishlatilayotgan quduq ushbu ob’ekt uchun o’zining loyihadagi vazifasini bajargan
hisoblanadi. Qatlamga haydalayotgan suv geologik-texnik sabablarga ko’ra unga
ta’sir ko’rsatolmasa, u holda haydash qudug’i boshqa ob’ektga ko’chiriladi. Gaz
omili ushbu ob’ekt uchun belgilangan me’yordan yuqori bo’lganda ham quduqlar
boshqa gorizontlarga ko’chiriladi.
Quyidagi hollarda quduqlar texnik sabablarga binoan boshqa ob’ektlarga
ko’chiriladi: 1) quduqlarga «begona» suvlarning oqib kirishini to’xtatish maqsadida
izolyatsiya ishlarini amalga oshirish imkoniyati bo’lmaganda; 2) mustahkamlash
quvurlari birikmasining shikastlanganligi (ularni tuzatish uchun texnik imkoniyatlar
yo’qligi) sababli quduqni ishlatish mumkin bo’lmay qolganda; 3) quduqda
murakkab, bartaraf etib bo’lmaydigan (nasos-kompressor quvurlarining sinishi,
qisilib qolishi va b.) texnik falokatlar yuz berganda.
Quduq Davlat kon-texnika nazoratining mutassadi tashkilotlari bilan
kelishilganidan so’ng boshqa ob’ektga ko’chiriladi. Quduqni yuqorida joylashgan
ob’ektga ko’chirishda, pastdagi shu paytgacha ishlatilgan ob’ekt sement stakan
(tiqin) qo’yish yo’li bilan izolyatsiya qilinadi.


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin