Geologiyasi


 QUDUQNI VAQTINCHA TO’XTATISH VA TUGATISH



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə233/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

16.4. QUDUQNI VAQTINCHA TO’XTATISH VA TUGATISH 

Quyidagilar vaqtincha to’xtatiladigan quduqlar toifasiga kiradi:


1) razvedka qilingan maydonlarda yoki konning yangi uchastkalarida sanoat
miqyosida neft yoki gaz berayotgan razvedka quduqlari ularni qurish tugallangunga
qadar va sanoat miqyosida yoki sinov tariqasida ishlatish boshlangunga qadar;
2) neftgazlilik chegarasidan tashqarida burg’ilangan razvedka quduqlari, agar
ishlatish paytida ulardan haydash (yoki pezometrik) qudug’i sifatida foydalanish
mumkin bo’lsa;
3) uyumning gazsizlanishi yoki muddatidan avval suvlanishi yuz bermasligi
uchun foydalanish vaqtincha to’xtatilgan neft va gaz quduqlari;
4) mazkur uchastkada debiti cheklanganda sifatsiz neft bera boshlagan quduqlar;
5) yong’inga qarshi va sanitariya muhofazasi talablariga rioya qilish maqsadida
hamda aholi punktlari yaqinida joylashganligi bois foydalanish to’xtatilgan neft va
gaz quduqlari;
6) foydalanish jarayonida suvlangan neft va gaz quduqlari, agar ular konni
keyinchalik ishlatish davom ettirilganda haydash (pezometrik) qudug’i sifatida
ishlatiladigan bo’lsa;
7) yuqori darajada suvlangan va kam debitli, hozirgi paytda foydalanish
samarasiz quduqlar, ularni vaqtinchalik to’xtatish konni ishlatish holatining
yomonlashuviga olib kelmagan sharoitda.



366
Neft va gaz konlarini ishlatishda quyidagi quduqlar tugatiladi:


1) o’z vazifasini bajargan va burg’ilangandan so’ng samarasiz bo’lib qolgan
razvedka va baholash quduqlari;
2) loyihadagi chuqurlikka etkazilmagan va geologik hamda texnik sabablarga
binoan loyihada qayd qilingan intervallarni ochmagan quduqlar;
3) noqulay geologik sharoitlarda burg’ilangan (ya’ni mahsuldor ob’ekti
bo’lmagan yoki yomon kollektorlardan tarkib topgan) ishlatish, haydash va kuzatish
quduqlari;
4) razvedka yoki ishlatish qudug’i sifatida rejalashtirilgan, lekin burg’ilash sifati
pastligi yoki burg’ilash jarayonida falokat yuz berganligi bois texnik sabablarga
binoan tugatiladigan quduqlar;
5) loyihadagi darajada suvlangan yoki neft debiti minimal (loyihadagi)
miqdorgacha pasaygan bo’lib, ulardan boshqa ob’ektda haydash, pezometrik yoki
ishlatish qudug’i sifatida foydalanish mumkin bo’lmaganda;
6) geologik va texnik sabablarga binoan ularni haydash va kuzatish qudug’i
sifatida foydalanish mumkin bo’lmaganda yoki maqsadga muvofiq bo’lmaganda.
Neftgazli intervallarni ochgan bo’lsada texnik sabablarga ko’ra tugatilishi lozim
bo’lgan quduqlar faqat Davlat kon-texnika nazoratining hududiy boshqarmasi bilan
kelishilgan holda tugatiladi.
Quduqlarni tugatishdan avval yer qa’rini muhofaza qilish talablariga rioya etish
maqsadida izolyatsiya ishlarini amalga oshirish lozim. Mahsulsiz razvedka, izlov,
parametrik, tayanch, mustahkamlash quvurlari o’rnatilgan va kesimda suvli
qatlamlarni
ochgan
quduqlardan
tashqari
barcha
toifadagi
quduqlardan
mustahkamlash quvurlari birikmasi chiqarib olinadi (bu texnik jihatdan mumkin
bo’lgan joylarda), so’ng quduq tanasiga sement yoki gil eritma quyiladi, quduq og’zi
esa sementlanadi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin