Geologiyasi


-bob  NEFT, GAZ VA KONDENSAT ZAXIRALARI TO’G’RISIDA UMUMIY



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə236/273
tarix07.09.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#141898
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   273
«O’zbеknеftgaz» Milliy Xolding Kompaniyasi-www.hozir.org

17-bob 
NEFT, GAZ VA KONDENSAT ZAXIRALARI TO’G’RISIDA UMUMIY 
MA’LUMOT 

Geologik kesimning o’rganilgan chegarasidagi jinslar − kollektorlardagi neft,


gaz, kondensat va tabiiy bitumlar manbalari miqdoriga
zaxiralar
deb ataladi. SHunga
ko’ra, ayrim qat, qatlam, zona, bloklardagi hamda uyum, kon, konlar guruhi, neftli
qatlam va sh.k.lar chegarasida qayd qilingan har qanday geologik jismdagi zaxiralar
miqdori aniqlanishi lozim. Uglevodorodlar miqdorini aniqlash tadbirlari
zaxiralarni 
hisoblash
deb ataladi. Zaxiralari aniqlanayotgan ob’ekt
hisoblash ob’ekti
deyiladi.
Uyum, kon, rayon va sh.k.lardagi neft, gaz va kondensat zaxiralari xalq
xo’jaligida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli burg’ilash ma’lumotlari asosida
uglevodorod
manbalari
mikdorini
aniqlash
va
ular
tarkibidagi
foydali
komponentlarni sanoat miqyosida olishga yaroqliligini baholash maqsadida
O’zbekiston Respublikasida hamda MDH da zaxiralar tasnifi va ularni qo’llash
bo’yicha yo’riqnomalar (1983, 1984 y.) ishlab chiqilgan. Zaxiralar tasnifi neft, gaz va
kondensatlarning miqdorini, sifatini o’rganilganlik darajasini, zaxiralarni sanoat
miqyosida o’zlashtirilganligini davlat miqyosida hisobga olinganligiga asoslanadi.
Shuningdek, ularni jami qazib chiqarilgan va ushbu jarayonda isrof bo’lgan miqdori
to’g’risidagi ma’lumotlar ham zarur bo’ladi.
Zaxiralarni hisoblash uchun neft va gaz uyumlari bilan bog’liq konlarni har
tomonlama geologik o’rganish va ularning yotish sharoitlarini o’ziga xos
xususiyatlarini bilish zarur. Neft va gaz uyumlarini mukammal va har tomonlama
geologik o’rgangandan so’ng zaxiralarni hisoblash ancha soddalashadi va to’g’ri
bajarilgan bo’lishi mumkin.
Neft zaxiralarini hisoblash bo’yicha dastlabki ishlar 1922 yilda geolog S.I.
Charnotskiy tomonidan nashr ettirilgan (zaxiralarni hisoblashni o’zi esa 1916-1917
y.y.da bajarilgan). SHu davrga kelib neft zaxirasi Kuban hududi bo’yicha hajmiy
metod va Groznen hududi bo’yicha statistik metod bilan hisoblangan edi.
Neft zaxiralarini hisoblash bo’yicha muntazam ishlar MDH ning asosan neftli
hududlarida 1924 yildan, ya’ni neft sanoati tiklangandan va texnik rekonstruktsiya
qilingandan so’ng boshlandi. 1925 yilda umuman MDH bo’yicha neft zaxiralarini
hisoblashda birinchi urinish qilingan edi.
1927 yilda Boku hududidagi neft zaxiralarini hisoblash bo’yicha maxsus guruh
tashkil qilindi, 1928 yil boshida esa hukumat qarori bilan Davlat Geologiya
qo’mitasining neft sektori qoshida MDH hududlari bo’yicha neft zaxiralarini birinchi
marotaba hisoblash uchun maxsus komissiya tuzildi.
Ko’rsatilgan ishlarni bajarish uchun qator neft hududlarida zaxiralarni hisoblash
bo’yicha yacheykalar tashkil qilindi.
1928-1932 yillar mobaynida S.I.Mironov rahbarligida ayrim neft hududlaridagi
zaxiralarni hisoblash metodlarini takomillashtirish masalalariga bag’ishlab har yili
konferentsiyalar o’tkazib turildi.



371
Natijada zaxiralarni hisoblashning hajmiy metodiga aniqlik kiritilib, uning


hajmiy-statistik varianti ishlab chiqildi. V.V. Bilibin neft zaxiralarini hisoblashda
matematik statistika asoslaridan foydalanishni taklif etdi.
XVII Xalqaro Geologik kongressda (XGK) (Moskva, 1937 y.) I.M.Gubkin
rahabarligida sobiq Ittifoqdagi neft zaxiralarini hisoblash bo’yicha juda katta
metodik, ilmiy va amaliy ahamiyatga molik ishlar bajarildi.
Neft zaxiralarini hisoblash metodlari rivojlanishi bilan birga gaz zaxiralarini
hisoblash metodikasi ham takomillashtirildi. Ilmiy Akademiyaning Energetika
instituti tashabbusi bilan 1937 y.da M.A.Jdanov va S.V. SHumilinlar tomonidan
sobiq Ittifoq bo’yicha gaz zaxiralari birinchi marta hisoblab chiqildi. Gaz zaxiralarini
hisoblashda hajmiy metoddan tashqari bosim pasayish metodi ham keng qo’llanila
boshlandi.
Neft zaxiralarini statistik metod bilan hisoblashda boshlang’ich debitlarni
aniqlash muhimdir. Boshlang’ich debitlarni aniqlashda ishlab turgan qo’shni
quduqlar ma’lumotlaridan yoki qo’shni o’xshash qatlamlarda burg’ilangan quduqlar
bo’yicha to’plangan ma’lumotlardan foydalanish taklif etildi. SHuningdek,
quduqning ehtimoliy unumdorlik egri chizig’ini tuzish metodikasiga ham ayrim
aniqliklar kiritildi.
Keyinchalik, yangi neft hududlarida zaxiralarni hisoblashning hajmiy metodi
kengroq qo’llanila boshlandi. Bu metodni takomillashtirish ishlari asosan hisob-kitob
qilish uchun dastlabki ma’lumotlarni aniqlash, ularga ishlov berish va o’rtacha
qiymatni hisoblash metodikasiga aniqlik kiritish yo’nalishlarida olib borildi. 1949
yilda M.A.Jdanov tomonidan material balans metodining asosiy holatlari chop etildi,
lekin bu metoddan etarli darajada foydalanilmadi.
1959 yilda M.A.Jdanov neft va gazning istiqbolli (bashorat) zaxiralarini sifat
jihatdan va miqdoriy baholash metodikasi bo’yicha to’plangan ma’lumotlarni
umumlashtirib nashr etdi.
Zaxiralar bo’yicha tuzilgan sobiq Ittifoq Markaziy komissiyasi, so’ngra zaxiralar
bo’yicha tuzilgan Umumittifoq komissiyasi va keyinchalik qayta nomlangan foydali
qazilmalar zaxiralari bo’yicha Davlat komissiyasi 1960-80 yillarda neft va gaz
zaxiralarini hisoblash metodikasining takomillashuviga yordam berdi.
Hozirgi vaqtda sobiq Ittifoqda va O’zbekiston Respublikasida 1983 yilda qabul
qilingan «Konlar, neft va yonuvchi gaz manbalarining istiqbolli va bashorat
zaxiralari tasnifi» qo’llanilmoqda.
Zaxiralar tasnifi yer qa’ridagi neft va gaz zaxiralarini ularni geologik jihatdan
o’rganilganlik darajasiga va sanoat miqyosida o’zlashtirishga tayyorlanganligiga
ko’ra umumiy printsiplarga asoslanib hisoblash imkonini beradi. Zaxiralarni u yoki
bu toifaga kiritish ularning aniqlanganligining ishonchligiga, geologik sharoitlarni va
hisoblash ob’ektini o’rganilganlik darajasiga bog’liqdir.
1984 yilda sobiq Ittifoqda zaxiralar tasnifini qo’llash bo’yicha ishlab chiqilgan
yo’riqnoma talablarida neft va gaz konlarini razvedka qilish va ishlatishda, ularni
qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarini loyihalashda hamda neft va gaz konlari
zaxiralarini hisoblash va Davlat Zaxiralar Komissiyasiga (DZK) taqdim etishda unga
rioya qilish majburiy deb belgilandi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin